14-Ma’ruza. Tilshunoslik tarixi (2-soat) Reja: Yevropada uyg’onish davridagi tilshunoslik
Qiyosiy-tarixiy metod yaratilishidan to yosh grammatiklar maktabigacha bo‘lgan davr (XIX asrning 1-choragi). 2
Download 95.85 Kb. Pdf ko'rish
|
1.
Qiyosiy-tarixiy metod yaratilishidan to yosh grammatiklar maktabigacha bo‘lgan davr (XIX asrning 1-choragi). 2. Yosh grammatiklar maktabi davri (1870-1890). 3. Yosh grammatiklardan F. De Sossyurgacha bo‘lgan davr. 4. Sossyur ta‘limotidan bugungi kungacha bo‘lgan davr. Birinchi davrning o‘zi 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqichda qiyosiy- tarixiy metod yaratilgan bo‘lsa, 2-bosqichda umumiy tilshunoslik faniga asos solindi. XVII asr tilshunoslari ratsionistlaming ―aql inson faoliyatida yetakchi rol o‘ynaydi‖, degan fikrini olib, uni tilga tadbiq qilganlar, ya‘ni aqlga, mantiqqa aloqador bo‘lgan qonuniyatlarni tilga nisbatan qo‘llaganlar. Shuning uchun Por- Royal tadqiqotchilari tadqiqot ishlarini fransuz tilini tavsiflashdan boshlagan bo‘lsalar ham, o‘z fikrlarini dalillashda grek, lotin, hatto qadimgi yahudiy tili dalillariga ham murojaat qilganlar. XVII-XVIII asrlar davomida ―ratsional va ―universal grammatikalarning bir necha variantlari yaratilgan bo‘lib, ular falsafiy, mantiqiy grammatika deb ham yuritilgan. Ularning fikricha, gap mantig‘ida universal grammatikaning falsafiy asosi bo‘lgan ratsionalizm mavjud. Birinchi bosqichning asosiy namoyondaiari: Frans Bopp (1791-1867) - buyuk nemis tilshunosi, Berlin un-ti professori, qiyosiy- tarixiy metod asoschisi. Asarlari: ―Sanskrit tilining tuslanish sistemasi va uni grek, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish sistemasiga qiyoslash‖ (1816), ―Sanskrit, zend, arman, grek, lotin, eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi‖ (3 tom, 1833-1852). F.Bopp tillarning morfologiyasini qiyoslash asosida qarindoshligini isbotlashga harakat qilgan, hind-yevropa tillari atamasini olib kirgan. U yaratgan aggiyutinatsiya nazariyasiga ko‘ra, so‘z o‘zartiruvchilar ilgari mustaqil qo‘llanib kelgan o‘zaklaming keyinchalik asosiy o‘zakka birikishidan, ya‘ni agglyutinatsiyasidan kelib chiqadi. Masalan, shaxs-son affikslari olmosh o‘zaklaridan kelib chiqqan. Biroq u fonetikaga e‘tibor qaratmadi, malay, polineziya va janubiy kavkaz tillarini ham Hind-Yevropa tillariga kiritib jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi. Rasmus Xristian Rask (1787-1832) - daniyalik tilshunos, Asarlari: ―Island tili bo‘yicha qo‘llanma‖ (1811), ―Island tilining kelib chiqishi‖ (1818), ―Frakiy tili haqida‖ (1822). Tillarni leksik jihatdan qiyosladi, germanistikaga asos soldi, slavyan tillari mustaqil tarmoq ekanligini isbotladi. Yakob Grimm (1785-1863) - nemis tilshunosi. Asarlari: ―Nemis grammatikasi ‖ (4 tom, 1819-1837), ―Nemis tili tarixi‖ (1848). U german tillarining tarixiy fonetikasini yaratdi, tildagi o‘zgarish va taraqqiyotni tovushlarning o‘zgarishida ko‘rdi, jumladan, buyuk ko‘chish qonuni asosida undoshlarning siljiganini isbotlab berdi. Xalq tarixini o‘rganishda tilning taraqqiyotini asosiy deb bildi. Tilshunoslik metodologiyasiga tarixiylik tushunchasini kiritgani uchun u tarixiy grammatikaning asoschisi hisoblanadi. ―Nemis tili tarixi‖ asarida: ―Bizning tilimiz bizning tariximizdir. Xalqlar haqida suyaklar, qurollar va mozorlarga qaraganda jonliroq bo‘lgan guvoh bor. Bu - ularning tilidir. Til - inson ruhining guvohidir‖, - deb yozgan edi. Aleksandr Xristoforoyich Vostokov (1781-1864) - rus tilshunosi. Asarlari: ―Slavyan tili haqida mulohazalar‖ (1820), ―Rus grammatikasi‖ (1831), ―Rumyansev muzeyidagi rus va slavyan qo‘lyozmalarining tasviri‖, ―Cherkov slavyan tili lug‘ati‖ (1858-1861). U slavyan tillari tarixiy taraqqiyotini davrlashtirgan, shu oilaga mansub tillarni tarixiylik nuqtai nazaridan o‘rganishni boshlab bergan olimdir. Xulosa qilib aytganda, bu davrda ijod qilgan olimlar juda katta amaliy ish bajardilar. R. Rask skandinaviya tillarini, F. Bopp Yevropa tillari va qadimgi hind tilini, Ya. Grimm esa got-german tillarini tadqiq qilib, bu tillarning yagona oilaga mansubligini o‘rganadi. Ushbu olimlar olib borgan tadqiqotlar kamparativistika - qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning vujudga kelishiga va tilshunoslik fanini mustaqil fan sifatida shakllanishiga zamin yaratdi. Download 95.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling