14-Ma’ruza. Tilshunoslik tarixi (2-soat) Reja: Yevropada uyg’onish davridagi tilshunoslik
• Til - ijtimoiy, umumiy, nutq esa individual hodisa •
Download 348.69 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari va topshiriq
•
Til - ijtimoiy, umumiy, nutq esa individual hodisa • Til sistem, nutq esa asistem hodisa • Til potensial (yashirin imkoniyat), nutq esa real voqelik • Til sinxron, nutq esa diaxron, tarixiy hodisa • Til - mohiyat, nutq - hodisa 7. Sossyur til va nutq birliklari orasidagi o‘zaro bog‘lanishni paradigmatik va sintagmatik munosabatga ajratadi. Paradigmatik munosabat til birliklarining bir paradigmaga, masalan, so‘zlarning vertikal yo‘nalishda turlanish yoki tuslanish qatoriga birlashishi va bosh, asosiga ko‘ra farqlanishidir. Masalan, kitob, kitobni, kitobning, kitobda, kitobdan so‘zlarining ma‘nosi bosh kelishik shakliga ko‘ra olinadi. Sintagmatik munosabatda esa til birliklarining o‘zaro semantik-sintaktik munosabatga kirishishi va gorizontal planda birikmalar hosil qilishi tushuniladi: kitobning qadri, kitobni o ‘qish kabi. Paradigmatik munosabat til birliklarining nutqqacha bo‘lgan til hodisasi bo‘lsa, sintagmatik munosabat til birliklarining nutq jarayonidagi mantiqiy munosabatidir va u nutq hodisasi sifatida qaraladi. Xulosa qilib aytganda, XX asr tilshunoslik fanida keskin burilishlar sodir bo‘lgan davr bo‘ldi. Yuqorida qayd etilgan oqimlar, mashhur tilshunos olimlarning qarashlari va faoliyatlari tilshunoslik fanining keng miqyosda rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Albatta, bu o‘rinda ayniqsa tilning sistemaliligi, til va nutq dialektikasi, tilning ijtimoiyligi g‘oyalarini ilgari surgan Sossyur ta‘limotining ahamiyati beqiyos. Sossyur ta‘limoti tilshunoslikda nafaqat sotsiologik lingvistikaning yuzaga kelishida, balki bir qator lingvistik maktablar va struktural lingvistikaning vujudga kelishida ham muhim omillardan biri bo‘ldi. Nazorat savollari va topshiriq 1. Qadimgi Hind tilshunosligi haqida ma’lumot bering 2. Qadimgi Gretsiya va Rim tilshunosligi haqida ma’lumot bering 3. Platon va Arastu grammatikasini izohlang 4. “Yosh grammatikachilar” maktabining maqsadi nimalardan iborat edi? 5. Moskva va Qozon maktabi haqida nimalarni bilasiz? Mavzuga oid adabiyotlar 1. Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. - T., 2009. 2. Yo‘ldoshev I., Muhamedova S., Sharipova O‘., Madjidova R. Tilshunoslik asoslari. - T., 2013. 3. Nurmonov A., Iskandarova Sh. Umumiy tilshunoslik. - T., 2007. 4. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. - T., 2010. 5. Шарафутдинова Н.С. Теория и история лингвистической науки. - M., 2007 Download 348.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling