14-Ma’ruza. Tilshunoslik tarixi (2-soat) Reja: Yevropada uyg’onish davridagi tilshunoslik


Download 348.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana11.05.2023
Hajmi348.69 Kb.
#1452137
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 
 
Tilshunoslikda psixologizm ta’limoti 
Geyman Shteyntal (1823-1899) - Berlin universiteti professori, V.Gumboldt va 
psixolog Iogann Gerbertning shogirdi, psixologizm ta‘limotining asosiy 
namoyandasi. Asarlari: ―Tillarning tasnifi til g‘oyasining taraqqiyoti sifatida‖ 
(1850), ―Grammatika, mantiq va psixologiya‖ (1851), ―Til qurilishining eng 
muhim tiplari xarakteristikasi‖(1860), ―Psixologiya va tilshunoslikka 
kirish‖(1875), ―Falsafa, tarix, psixologiya va ularning o‘zaro munosabati‖ (1863). 
Tilshunoslikdaga psixologizm oqimi naturalizmni qattiq tanqid ostiga oladi, ular 
tilning taraqqiyotini shaxs tafakkuri, ruhiyatidagi taraqqiyot bilan bog‘liq deb 
hisobladilar. Shteyntal ta‘limotidagi eng muhim g‘oya nutq, tilni tafakkur quroli, 
fikr ifodalash vositasi, deb qaralganligi, biroq psixologizm tilning ijtimoiy hodisa 
ekanligini inkor qiladi.
Aleksandr Afanas‗yevich Potebnya (1835-1891)- rus va ukrain filologi, Rossiyada 
psixologizm oqimi vakili, Xarkov universiteti professori, Rossiya FA muxbir 
a‘zosi. Asosiy asarlari: ―Fikr va til‖ (1862), ―Rus grammatikasidan lavhalar‖ (4 
tom, 1874) . Potebnya tilshunoslikning umumfalsafiy masalalari, sintaksis
semantika, etimologiya, fonetika, dialektologiya, folklor, etnografiya bilan 
shug‘ullangan. U tilni xalq ijodi, mahsuli deb hisoblaydi. Til o‘z ob‘ektiv 
qonuniyatlariga egaligini ta‘kidlaydi, til hodisalarining sababini psixologiyadan 
emas, balki tilning o‘zidan qidiradi. Uning fikricha, til doimiy faoliyatdir, 
so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi umumiylik har ikkovining bir xalqqa, millatga 
tegishliligi bilan belgilanadi. Har qanday so‘z 3 elementdan: tovush, tushuncha va 
ma‘nodan tashkil topadi. Potebnya so‘zning haqiqiy hayoti nutqda amalga 


oshishini, so‘zning ma‘nosi esa faqat nutqda reallashishini ta‘kidlaydi va so‘zning 
nutqda har gal turlicha ma‘no ifodalashini qayd etadi.

Download 348.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling