14-Ma’ruza. Tilshunoslik tarixi (2-soat) Reja: Yevropada uyg’onish davridagi tilshunoslik
Yosh grammatiklar maktabi qarashlari
Download 348.69 Kb. Pdf ko'rish
|
Yosh grammatiklar maktabi qarashlari
XIX asrning oxirgi choragida qiyosiy-tarixiy tilshunoslikda bir guruh yosh tilshunoslarning ―Yosh grammatiklar‖ deb atalgan yangi bir oqimi paydo bo‘ldi va ular keksa avlod tilshunoslarini tanqid qila boshladilar. Ular klassik va bobo tillarni o‘rganishni tanqid qilib, ya‘ni til tarixini tan olmasdan, jonli tillarni o‘rganishga chaqirdilar. A.Leskin (1840-1915), K.Brugman (1849-1919), G.Ostgof (18421907), G. Paul (1846-1921), B.Delbryuk (1842-1912) kabi Leypsig universiteti olimlari, shuningdek, F. de Sossyur (1857-1913), F.F.Fortunatov (1848-1914), V.Tomson (18421927) singari mashhur tilshunoslar ham yosh grammatiklarga biroz yondashganlar. Yosh grammatiklar fikricha, til individual psixofiziologik faoliyat, tildagi barcha o‘zgarishlar ayrim shaxslarning kundalik nutq faoliyatida vujudga keladi. Yosh grammatikachilar tilning ikki xil faoliyati borligini uqtirar edilar. Bulardan biri tilning yakka (individual) faoliyati bo‘lib, u tilda paydo bo‘ladigan yangi hodisalarning analogiyaga asoslanishidan iboratdir. Analogiya (o‘xshashlik) esa assotsiatsiya (uyushma) orqali yuz beradigan psixik hodisalardan kelib chiqadi. Tilning ikkinchi tomoni - bu tilning fiziologik faoliyati va uni tildagi fonetik o‘zgarishlarda ko‘rinishidir. Shuning uchun yosh grammatikachilar tilshunoslikda yangi fonetik qonunlarni kashf qilish va tasvirlashga katta e‘tibor berganlar. Yosh grammatikachilar til hodisalarini chuqur va mukammal o‘rganish uchun tildagi ayrim hodisalarni boshqa jarayonlardan ajralgan holda o‘rganishni tavsiya qilganlar. Shuning uchun ham ularning ta‘limotida ―atomizm‖ degan atama ishlatilgan. Yosh grammatikachilar hind-yevropa tillari sohasida, ayniqsa, fonetika sohasida katta kashfiyotlar qilishdi. Ular aniq tillarning tarixiy fonetikasi va grammatikasida hamda dialektologik tadqiqotlarda o‘z ta‘sirini ko‘rsatib kelgan. Yosh grammatikachilarning fikricha, Hind-Yevropa tillarining naturalistik va mantiqiy tadqiqida juda ko‘p tillararo hodisalar o‘rganilgan, ammo so‘zlovchiga - inson omiliga e‘tibor kam berilgan. Yosh grammatiklar to‘garagi faoliyati orqali qiyosiy- tarixiy tahlil metodlari, funksional-semantik grammatikaning muammolari o‘rganildi. Tilni nafaqat individual psixologik, balki, madaniy-tarixiy jarayon ekanligiga aniqlik kiritildi. Download 348.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling