Fonetik hodisalarning tildagi ahamiyati va turlari
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
43-46
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Volume 1, Issue 3. 2022. June. ISSN-2181-3426 www.re-search.uz | 43 FONETIK HODISALARNING TILDAGI AHAMIYATI VA TURLARI Maxmudova Kumushxon Andijon davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Annotatsiya: Fonetik o‘zgarishlar, tovush o‘zgarishlari – nutq jarayonida so‘zning fonetik tuzilishida, tarkibida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar. Nutq jarayonida, talaffuzda tovushlar boshqacha aytilishi, tushib qolishi, ba’zan esa tovush orttirilishi, bir tovushning ikkinchisi tomonidan moslashtirilishi mumkin. Bu holatlarni quyida batafsil ko‘rib o‘tamiz. Kalit so‘zlar: fonetik o‘zgarishlar, kombinator o‘zgarishlar, pozitsion o‘zgarishlar, assimilatsiya, akkomodatsiya,dissimilatsiya. Annotation: Phonetic changes, sound changes – changes that occur in the phonetic structure and structure of a word during speech. In the process of speech, in pronunciation, sounds can be pronounced differently, dropped, and sometimes the sound can be increased, one sound can be adjusted by another. We will discuss these cases in detail bellow. Keywords: phonetic changes, combinatorial changes, positional changes, assimilation, accommodation, dissimilation. Аннотация: Фонетические изменения, звуковые изменения – изменения, происходящие в фонетическом строе и структуре слова во время речи. В процессе речи, при произношении звуки могут произноситься по-разному, опускаться, а иногда звук может приспосабливаться к другому. Ниже мы подробно обсудим эти случаи. Ключевые слова: фонетические изменения, комбинаторные изменение, позиционные изменение, ассимиляция, аккомодация, диссимиляция. Kirish. Fonetika (yun. Phonetike – tovushga oid ) nutq tovushlari va tovush vositalari haqidagi tilshunoslik sohasidir. Fonetika quyidagi masalalarni o‘rganadi: -nutq tovushlarining akustik va artikulatsion xususiyatlarini; -bo‘g‘in, uning tur va tiplarini; -fonetik hodisalarni; -ohang va uning vazifalarini. Fonetikaning o‘rganilish sohasi va maqsadiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: a) umumiy fonetika - jahondagi barcha tillarga xos talaffuz xususiyatlarini o‘rganadi; b) tasviriy fonetika – biror tilga xos talaffuz alomatlarini o‘rganadi. Fonetika morfologiya va sintaksis, leksikologiya va uslubiyat bilan uzviy bog‘liq, chunki tildagi barcha birliklar (so‘z , so‘z shakli, so‘z birikmalari va frazalar) tovushlar vositasida namoyon bo‘ladi. Fonetika artikulatsion – akustik xusisiyatlarini, ularning hosil bo‘lishida nutq organlarinining xizmati va fizik tebranishlarni o‘rganishda biologiya, fiziologiya, fizika va akustika fanlari bilan ham bog‘lanadi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling