Fonetik hodisalarning tildagi ahamiyati va turlari


Volume 1, Issue 3. 2022. June. ISSN-2181-3426


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana27.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1131661
1   2   3
Bog'liq
43-46

Volume 1, Issue 3. 2022. June. ISSN-2181-3426 
 
www.re-search.uz | 44 
Tildagi fonetik hodisalarning tarixiy aspektda o‘rganuvchi soha – tarixiy (yoki 
diaxronik) fonetika deb ataladi. Bunda tildagi tovushlar sistemasining taraqqiyoti, qadimiy 
obidalar va qo‘lyozmalar hamda tarixiy dalillar asosida tadqiq etiladi. 
Hozirgi davr tilshunosligida jahon tillarining o‘xshash va farqli alomatlarini o‘rganish 
tillar tipologiyasi deb atalib, bu sohaning fonetikaga oid bo‘limi qiyosiy – tipologik fonetika deb 
ataladi. 
Tovushlarning hosil bo‘lishida ishtrok etuvchi nutq a’zolari harakatining yig‘indisi 
artikulyatsiya deb ataladi. Nutqdagi turli omillar natijasida tovushlar bir-biriga ta’sir qiladi. 
Bunday omillardan biri tovushning o‘rni, unga qo‘shni tovushlar ta’siri, tovushlarning birikuvi 
va urg‘uning holatiga bog‘liq.
Talaffuzda yengillik va soddalikka intilish, nutq tovushlarining o‘zaro ta’siri natijasida 
yuzaga keladigan o‘zgarishlar fonetik hodisalar deyiladi. Fonetik hodisalarning quyidagi turlari 
mavjud: 1) tovush orttirilishi; 2) tovush tushishi; 3) tovush almashishi; 4) tovush o‘zgarishi. 
Yuqoridagi hodisalar og‘zaki va yozma holatda keltiriladi.
Quyida esa faqat og‘zaki holatda uchraydigan fonetik hodisalarni keltirib o‘tamiz. 
Tilshunoslikda tovushlarning pozitsion va kombinator o‘zgarishlari farqlanadi. 
I. Kombinator omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan fonetik hodisalarga assimilatsiya
akkomodatsiya, dissimilatsiya, natsionalizatsiya kabi hodisalarni kiritamiz.
1.Assimilatsiya hodisasi bir xil kategoriyadagi tovushlarning o‘zaro moslashuvidir. 
Bunday moslashuvning quyidagi turlari bor: a) progressiv assimilatsiya – oldingi tovushning 
keyingi tovushni o‘ziga moslashtirishi: ketdi- ketti (td-tt), ekgan-ekkan(kg-kk); b)regressiv 
assimilatsiya – keyingi tovushning oldingi tovushni o‘ziga moslashtirishi: tuzsiz-tussiz(zs-ss), 
birta-bitta(rt-tt); d) to‘liq assimilatsiya – bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir-
biriga aynan moslashadi: nonvoy-novvoy(nv-vv), terakga-terakka(kg-kk); e) to‘liqsiz 
assimilatsiya – bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir-biriga qisman moslashadi: 
tanbur-tambur(nb-mb), shanba-shamba(nb-mb). 
2.Akkomodatsiya – turli kategoriyadagi tovushlarning masalan, unli bilan undoshning 
o‘zaro ta’siri tufayli yuzaga keladigan moslashuv. Lab-tish “f” undoshi “u” unlisi ta’sirida lab-
lab “f” ga aylanadi. Qiyoslang: faqat (“f”- lab-tish), nufuz(“f”- lab-lab). Akkomodatsiya hodisasi 
ikki turli bo‘ladi: a) progressiv akkomodatsiya – bunda oldingi tovush keyingi tovushga ta’sir 
qiladi; b) regressiv akkomodatsiya – bunda keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir qiladi. 
3.Dissimilatsiya – so‘z tarkibidagi bir xil tovushlardan birining boshqa tovushga 
ko‘chishi: birorta- bironta(ror-ron). Dissimilatsiya hodisasi yo‘nalishiga qarab ikki xil bo‘ladi:
a) progressiv dissimilatsiya – bunda keyingi tovush o‘zgaradi: zarur-zaril; b) regressiv 
dissimilatsiya – bunda oldingi tovush o‘zgaradi: maqtanchoq- maxtanchoq. Tovushninng 
o‘zgarilish darajasiga ko‘ra dissimilatsiya iki turga bo‘linadi:
a)to‘liq dissimilatsiya – ikkita bir xil tovushdan biri noo‘xshash tovushga aylanadi: 
kissa-kista(ss-st);
b) to‘liqsiz dissimilatsiya – tovushlarning artikulatsion xususiyatlaridan ayrimlarigina 
o‘zgaradi: uchta-ushta(cht-sht). 
II. Pozitsion omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan hodisalar: 



Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling