14-maruza. Yoqilg’I Yoqilg’ining umumiy xossalari
YOQILG’INI YOQISH. YOQILG’INING QUYUQSIMON
Download 118.39 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoqilg‘i o‘t olish haroratsining koeffitsientga bog‘liqligi.
YOQILG’INI YOQISH. YOQILG’INING QUYUQSIMON
QATLAMLARDA YONISHI Yoqilg’ini yoqish. Gaz va suyuq yoqilg‘ining yonishi bir – biridan kam farq qiladi, chunki suyuq yoqilg‘i yonishidan oldin bug‘lanadi. Yoqilg‘i yonganda uning tarkibidagi yonuvchan elementlarning kimyoviy oksidlash jarayoni ro‘y beradi va natijada jadal issiqlik ajralib, yonish mahsulotlari harorati keskin ko‘tariladi. Yonish gomogen (ya’ni, yoqilg‘i va oksidlovchi modda bir xil agregat holatida bo‘ladi) yoki geterogen (ya’ni, yoqilg‘i va oksidlovchi modda turli agregat holatida bo‘ladi) bo‘lishi mumkin. Suyuq yoqilg‘ida ballast deyarli bo‘lmaydi, shuning uchun u faqat mash’ala qilib yoqiladi. Yoqish paytida yoqilg‘ini butunlay purkab yuborish kerak. Yoqilg‘i yaxshi purkalmasa, yonish mahsulotlari ichida ko‘p miqdorda yonmagan sof uglerod C, uglerod (II) – oksid CO va uglevodorodlar CmHn qolishi mumkin. Gaz yoqilg‘isini suyuq va qattiq yoqilg‘iga qaraganda mash’ala usulida oson va samarali yoqish mumkin. Lekin barcha yoqilg‘ini yoqishdagi singari uni ham havo bilan yaxshi aralashtirish lozim. Gaz yoqilg‘isining yonish jarayoni gomogen bo‘ladi. Yoqilg‘i o‘t olish haroratining koeffitsientga bog‘liqligi 4 – jadvalda keltirilgan. Yoqilg‘i o‘t olish haroratsining koeffitsientga bog‘liqligi. 4 – jadval.
Yonish jarayoni boshlanishi uchun gaz va oksidlovchi modda bir – biriga tegib (tutashib) turishi va yetarli shart – sharoitlar bo‘lishi lozim. Yonuvchan elementlar nisbatan past haroratlarda ham oksidlanishi mumkin. Bunday sharoitda kimyoviy reaktsiyalar tezligi kichik bo‘ladi, harorat ortishi bilan reaksiya tezligi oshadi. Ma’lum bir haroratga yetganda esa, gaz – havo aralashmasi alangalanadi (o‘t oladi), reaksiyalar tezligi ortadi va ajralib chiqayotgan issiqliq miqdori yoqilg‘ini o‘z – o‘zidan yonishini ta’minlash uchun yetarli bo‘ladi. Aralashma alangalanadigan (o‘t oladigan) eng past haroratga alangalanish (o‘t olish) harorati deyiladi. Bu kattalik yoqilg‘ining fizik xossalariga, yondirish usuliga, aralashmadagi yoqilg‘i miqdoriga va shu kabilarga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, vodorodning o‘t olish harorati 820–870K, uglerod oksidi va metanniki mos ravishda 1020–930 va 120-1070K. Ba’zi yoqilg‘ilarning o‘t olish haroratlari 4 –jadvalda keltirilgan. Download 118.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling