14-maruza. Yoqilg’I Yoqilg’ining umumiy xossalari
Download 118.39 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- YOQILG’I ISSIQLIGI. HAVONING ORTIQCHALIK KOEFFITSIENTI Yoqilg’i issiqligi.
Gaz yoqilg‘isi. Tabiiy gaz yer kurrasining juda ko‘p joylarida uchraydi. U faqat maxsus gaz quduqlaridangina emas, balki neft qazib chiqarishda qo‘shimcha mahsulot sifatida ham olinadi. Neft bilan birga chiqadigan tabiiy gaz yo‘ldosh gaz deyiladi. Tabiiy gazning asosiy tarkibiy qismini metan CN4 (98% gacha) tashkil etadi.
Bundan tashqari uning tarkibida etan C2H6, propan C3H8, butan C4H10, etilen C2H4 va propilen C3H8 bo‘ladi. O2 va N2 lar odatda oz miqdorni tashkil etadi. Gaz sanoati – yoqilg‘i – energetika majmuasining eng rivojlangan tarmog‘i. Uning Respublikada qazib olinayotgan yoqilg‘i balansidagi hissasi 87,2 % ni tashkil etadi. 1955 yilda Jarqoq, 1956 yilda Gazli neft konlarining ochilishi natijasida gaz sanoatining moddiy bazasi yaratildi. 1995 yili Respublika gaz sanoatida 48,6 mlrd m3 tabiiy gaz, 7600,6 ming tonna neft va gaz kondensati olishga erishildi, 3053, 7 ming tonna ko‘mir qazib olindi YOQILG’I ISSIQLIGI. HAVONING ORTIQCHALIK KOEFFITSIENTI Yoqilg’i issiqligi. 1 kg yoki 1 m3 yoqilg‘i to‘liq yonganda chiqadigan issiqlik miqdori yoqilg‘ining issiqlik ajratishi (yonish issiqligi) deyiladi (Qi, kJ/kg yoki Qi kJ/m3). Yoqilg‘ining issiqlik ajratishi ikki xil: yuqori yonish issiqligi Qiyu va quyi yonish issiqligi Qiq bo‘ladi. Yoqilg‘ining massa birligi to‘liq yonganda chiqqan issiqlik miqdori yoqilg‘ining yuqori yonish issiqligi deyiladi, bunda namlikning bug‘lanishiga sarflangan issiqlik hisobga olinmaydi. Yoqilgining birlik massasi yonganda uning tarkibidagi namlik hamda vodorodning kislorod bilan reaksiyaga kirishish jarayonida hosil bo‘lgan namlik hisobga olingan xolatda ajralgan issiqlik miqdori quyi yonish issiqligi deyiladi. 1 kg suv bug‘ining atmosfera bosimida kondensatsiyalanish issiqligi taxminan 2500 kJ/kg ga teng. Ishchi yoqilg‘i tarkibidagi suv bug‘lari miqdori Wi/100 ga teng. 1 kg vodorod yonganda 9 kg suv bug‘i hosil bo‘ladi (2H2+0,5O2=2H2O). Demak, suv bug‘ining kondensatsiyalanish issiqligi quyidagi formuladan aniqlanadi: 2500( )=25Wi+225Hi, (9) u holda = -225Hi- 25Wi = -25(9Hi+Wi) (10) ya’ni yoqilg‘ining quyi yonish issiqligi uning yuqori yonish issiqligidan bug‘ hosil bo‘lish issiqligini ayirib tashlanganiga teng. Yoqilg‘ining yonish issiqligi laboratoriya sharoitida kalorimetrik bomba yordamida aniqlanadi (1-rasm). Download 118.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling