14-maruza. Yoqilg’I Yoqilg’ining umumiy xossalari


Qattiq va suyuq yoqilg‘ining va yonuvchan gazning asosiy tavsiflari


Download 118.39 Kb.
bet2/8
Sana31.01.2024
Hajmi118.39 Kb.
#1819693
1   2   3   4   5   6   7   8
Qattiq va suyuq yoqilg‘ining va yonuvchan gazning asosiy tavsiflari
2-jadval

Yoqilg‘i turi

Yoqilg‘ining yonuvchan massasi %

Cyo

Hyo

Oyo

Syo

Q , kJ/kg

Yog‘och

50

6

43

0

1,05-1,47

Torf

53-62

52,62

32,37

0,1-03

0,84-1,05

Qo‘ng‘ir ko‘mir

62-72

4,4-6,2

18-27

0,5-6,0

0,62-1,09

Toshko‘mir

75-90

4,5-5,5

4-15

0,6,-6,0

2,10—3,00

Antratsit

90,96

1,02,0

1-2

0,5-7,0

2,70-3,10

Neft

83-86

11-13

1-3

0,2-4,0

4,30-4,60

Slanets

72-76

8-10

10-12

-

0,73-1,50

Mazut

84-87

9-11

1

3-3,5

4,00-4,55

Qattiq va suyuq yoqilg‘ining va yonuvchan gazning asosiy tavsiflari 2 va 3-jadvallarda keltirilgan. Qattiq va suyuq yoqilg‘ining asosiy xossasi uglerod yoqilg‘ining asosiy tarkibiy qismidir. 1 kg sof uglerod to‘la yonganda 33900 kJ issiqlik chiqadi. 1 kg vodorod yonganda 125600 kJ issiqlik chiqadi. Yoqilg‘i tarkibiga kiruvchi vodorodning bir qismi yoqilg‘idagi kislorod bilan birikkan bo‘ladi va yonishda ishtirok etmaydi. Yoqilg‘i yonganda oltingugurt sulfid angidrid SO2 ga aylanadi va suv bug‘lari bilan birikib sulfid kislota H2SO3 hosil qiladi.


Tabiiy gazlarning xossalari 3-jadval

Gaz magistrali

Gazning tarkibi, hajmga nisbatan, %

CH4

C2H2

C3H8

C4H10

C5H12

N2

CO2

kJ/kg

Gazli – Kogon

95,4

2,6

0,3

0,2

0,2

1,1

0,2

3,66

Jarkax-Toshkent

95,5

2,7

0,4

0,2

0,1

1,0

1,0

3,67

Buxoro-Ural

94,9

3,2

0,4

0,1

0,1

0,9

0,4

3,67

Saratov-Moskva

91,9

2,1

1,3

0,4

0,1

3,0

1,2

3,61

Oltingugurtning yonishidan hosil bo‘lgan suyuq va gaz mahsulotlari ichki yonuv dvigatellari hamda qozon agregatlari metal qismlarining zanglashiga sabab bo‘ladi, havoni va o‘simliklarni zaharlaydi va ularni nobud qiladi, qurilish inshootlarini yemirilishini tezlashtiradi. Oltingugurtning zararli xossalarini etiborga olib, uni ballast qatoriga kiritish mumkin. Kislorod va azot shartli ravishda yonuvchan massa tarkibiga kiritilgan. Ular ichki ballast hisoblanadi, chunki yonuvchan massaning foiz miqdorini kamaytiradi va yonish sohasini sovitadi. Bundan tashqari yoqilg‘ida kislorod miqdori ko‘p bo‘lsa, u yonish sohasida vodorod bilan birikib, suv hosil qiladi.


Yoqilg‘i namligi. Yoqilg‘ini qazib olish, tashish, saqlash va shu kabilarga bog‘liq ravishda yoqilg‘ining namligi o‘zgarib turadi. Masalan, torf uchun 50%, slanetslar uchun 13-17%, tosh-ko‘mir uchun 5-14%, va antratsit uchun 5-8%. Yoqilg‘idagi namlik yoqilg‘i foydali qismi hajmini kamaytirishi jihatidangina emas, balki yonish sohasida bug‘ga aylanishi jihatidan ham zararlidir. Issiqlikning anchagina miqdori bug‘ hosil bo‘lishiga sarflangani holda, chiqib ketayotgan gazlar bilan birga chiqadi. Namlik qattiq yoqilg‘ida saqlanganda uning o‘z-o‘zidan yonib va uvalanib ketishiga sabab bo‘ladi.
Yoqilg‘i kuli. Yoqilg‘i tarkibida kulning bo‘lishi yonish vaqtida ajralib chiqayotgan issiqlik miqdorini kamaytiradi, uskunalarning metall qismlarini yemiradi, o‘txonalarning ishlashini qiyinlashtiradi. Kul tarkibiga asosan ishqoriy metallar tuzlari, temir va alyuminiy oksidlari hamda oltingugurt sulfati kiradi. Bundan tashqari kulda CaCO3, MgCO3 bo‘lishi mumkin. Yoqilg‘ilar tarkibida kulning miqdori xar xil bo‘ladi. Masalan quruq yoqilg‘ilar uchun Aq ning qiymati quyidagicha bo‘ladi, %: yog‘och uchun 1, torf uchun  10, toshko‘mir uchun 10-20, qo‘ng‘ir ko‘mir uchun 30, slanetslar uchun 60. Suyuq yoqilg‘i (mazut) tarkibida ham oz miqdorda (0,2-1%) mineral aralashma bo‘ladi.
Uchuvchan moddalar va koks. Qattiq yoqilg‘i havosiz fazoda 870-1070 K haroratgacha qizdirilganda undan uchuvchan moddalar ajralib chiqadi. Uchuvchan moddalar tarkibiga azot N2, vodorod H2, kislorod O2, uglerod oksidi CO, uglevodorod gazlari CH4, C2 H4 va shu kabilar hamda namlikdan hosil bo‘lgan suv bug‘lari kiradi. Uchuvchan moddalar tarkibi yoqilg‘ini qizdirish jarayoniga bog‘liq bo‘ladi. Uchuvchan moddalar yig‘indisi VU xarfi bilan belgilanadi va faqat yonuvchan massaga ta’luqli bo‘ladi. Uchuvchan moddalar slanetsda (VU=90%) va torfda (VU=75%) eng ko‘p bo‘ladi. Qo‘ng‘ir ko‘mirda 40-50%, antratsitda esa 4-6% bo‘ladi.
Chala kokslash jarayoni maxsus pechlarda (havosiz muhitda) amalga oshiriladi, bunda qayta ishlanadigan yoqilg‘i 770-830 K haroratga qodir bir me’yorda qizdiriladi. Yuqori harorat ta’sirida yoqilg‘ining organik qismi parchalanadi, parchalanish mahsulotlari esa, o‘zaro yana kimyoviy reaktsiyaga kirishadi. 770-830 K haroratda yoqilg‘ining parchalanishi to‘xtaydi va pechda uglerodga aylangan qattiq qoldiq – chala kokslanishning asosiy mahsuloti bo‘lgan chala koks qoladi. Chala koksda ko‘pgina uchuvchan moddalar qoladi. Undan sanoatda va energetika maqsadlarida ishlatiladigan yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. Chala kokslanishda hosil bo‘ladigan gazlar – qimmatli yoqilg‘i va keyingi kimyoviy qayta ishlash uchun xom-ashyodir. Masalan, yog‘och va torfni quruq haydashda olingan suv yana kimyoviy qayta ishlansa, atseton, sirka kislota, metil spirti, formalin va boshqa qimmatli mahsulotlar hosil bo‘ladi. Yoqilg‘ini havosiz muhitda 1275-1375 K haroratda qizdirib, qayta ishlash jarayoni kokslash deyiladi. Kokslash natijasida 70-80% metallurgiya koksi olinadi, qolgani esa koks gazi, smola va suv bo‘ladi. Koks gazi qayta ishlanib, undan ammiak va boshqa kimyoviy mahsulotlar olinadi. Kokslashda hosil bo‘lgan smola va suv yana qayta kimyoviy ishlanadi.

Download 118.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling