14-Mavzu : Kam tarqalgan sabzavotlar navlari va ularning ahamiyati Kam tarqalgan sabzavоt ekinlari
Download 0.87 Mb.
|
Kam tarqalgan sabzavotlr
SABZAVOTLARNI EKISH
Ertagi piyoz 2-3 marta, dastlab o‘simliklarning bo‘yi 6-8 smga yetganda, ikkinchi marta bog‘lab chiqariladigan tovar holiga kelganda o‘toq va yagana qilinadi. Qator oralarini yumshatish va begona o‘tlarni yo‘qotish maqsadida 15-16 sm chuqurlikda ishlov beriladi. Parvarishlash jarayonidagi eng muhim masalalardan biri bu – nihollarni bir tekis undirib olish hisoblanadi. Namlik maromida bo‘lganda nihollar 10-12 kunda unib chiqadi. Nihollar unib chiqishi bilan darhol begona o‘tlarni o‘tash va yaganalashga kirishish lozim. Sabzi ikki marta o‘taladi: dastlabkisi sabzi bitta chinbarg chiqarganda, keyingisi esa 3-4 ta barg chiqarganda. Har o‘toq davomida yagana ham qilib boriladi. Begona o‘tlarni yo‘qotish uchun gerbitsidlardan foydalanish qo‘l keladi. Pomidor, shirinqalampir va baqlajonni urug‘idan yetishtirish uchun urug‘larini ochiq maydonlarga ekish ishlari ob-havo sharoitiga qarab mart oyining 3-dekadasida amalga oshiriladi. Buning uchun maydonlarni tayyorlash ishlari o‘ta sifatli bajarilishi lozim. Kuz oylarida 30-40 sm chuqurlikda shudgor qilingan maydonlar mart oyida ikki marta chizellanadi va molalanadi. Shundan so‘ng 70 sm oralig‘ida kultivatorlar yordamida egat olinadi. Egat olingandan so‘ng uning ustiga chirindi va fosfor-kaliy o‘g‘itlari aralashmasi lenta usulida to‘shab chiqiladi. Bu aralashma egat to‘g‘rilanganda tuproq bilan qorishib ketadi. Egatlar eni 50 sm kenglikdagi qora polietilen plyonka bilan mulchalanadi. Plyonkaning har ikki tarafidan 10 sm qismi tuproq bilan yopiladi. Plyonkaning eng yuzasidagi ochiq qismini simmetriyasidan har 25-30 sm oraliqda 2-2,5 sm kenglikda teshilib 1,5-2 sm chuqurlikda pomidor, shirinqalampir va baqlajon urug‘lari ekiladi. Qora plyonka ostiga ekilgan urug‘lar erta va to‘liq unib chiqadi. Plyonka ostida bir yillik begona o‘tlarning unib chiqishi va o‘sib-rivojlanishi to‘xtaydi, tuproq yumshoq va nam holda saqlanadi. Ushbu usul qo‘llanilganda o‘simliklarning ildiz qismi baquvvat bo‘lib rivojlanadi, tuproqning chuqurroq qatlamigacha o‘sib borishi ta’minlanadi. Erta kartoshkadan yaxshi hosil olish uchun kerakli miqdorda mahalliy go‘ng, azot, fosfor o‘g‘iti sof holda solinadi. Bunda organik o‘g‘itning hammasi va fosforli, kaliyli o‘g‘itlarning 70 foizi haydovda berish, fosfor, kaliy o‘g‘itlarining qolgan qismi hamda azotning 50 foizi kartoshka unib chiqqandan so‘ng birinchi ishlovda, azotning qolgan qismi gullashdan oldin beriladi. O‘suv davrida sizot suvlari chuqur joylashgan yerlarda 7-8 marta sug‘oriladi. Sug‘orish har haftada bir marta, hosil tuganaklari paydo bo‘lishi bilan 5-6 kunda gektariga 400-500 m3 hisobida amalga oshiriladi. Har ikki sug‘orish oralig‘ida qator oralari 10-12 sm chuqurlikda yumshatiladi. Bu tadbir kultivator bilan kartoshka shonalaguncha amalga oshiriladi. Ertagi muddatda barvaqt ekilib, o‘suv davridagi barcha agrotexnika tadbirlari o‘z vaqtida amalga oshirilgan maydonlardagi kartoshka hosili ham erta yetilib, yig‘ishtirib olinadi. Ushbu maydonlarni o‘z vaqtida qayta ekishga tayyorlab, takroriy sabzavot ekinlarini qulay muddatlarda ekib, ulardan mo‘l hosil yetishtirishga erishiladi. Fizalis (Physalis), paqpaq — ituzumdoshlar oilasiga mansub bir yoki koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; sabzavot ekini. Yovvoyi holda 100 dan ortiq turi tropik va subtropik mintaqalarda, koʻproq Markaziy Amerikada tarqalgan. Ayrim turlari Afrikaning jan.sharqida uchraydi. F. Yevropaga 18-asrda, keyinchalik Osiyoga keltirilgan. Asosan, Meksika F.si yoki Meksika pomidori (P. ixocarpa); tukli F. (P. pubescens) va peru F.si (peru olchasi) (P. peruviana) yetishtiriladi. Meksika F.si koʻp tarqalgan. Tarkibida 8—9% quruq modda, 33,133,6% yogʻ, 18,4 19,5% oqsil, 17,6— 18,1% kletchatka, 4,48,3% kul, 3—4% qand, 5— 10% pektin, 20– 30 mg % S vitamini hamda karotin, organik kislotalar, achchiq moddalardan fizalin va alkaloidlar (0,260,4%) bor. Shifobaxsh. Mevasi nordonshirin, tuyey ochsariq, koʻkish; ya n gil i gida, qayta ishlangan holda isteʼmol qilinadi. Peru F.si (5—12 g) yumaloq oval, sariq, toʻq sariq, nordonshirin. Mazasi qulupnay taʼmini beradi. Yetishtirish agrotexnikasi pomidordan farqqilmaydi. Konserva sanoatida, souslar, murabbo, tuzlamalar tayyorlashda ishlatiladi. Pishgan mevalaridan limon kislota olinadi Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling