Chervyakning turlarini keltiring.
Chervyak va chervyak g’ildiragi qanday materialdan tayyorlanadi?
O’z-o’zidan tormozlanish qanday bo’ladi?
VI. Mаtn
Umumiy hоlаtlаr.
Chervyakli uzatmalar vallarining o’qlari ayqash bo’lgan tishli uzatmalardir (14.1-rasm).
14.1-rasm. Chervyakli uzatma.
Odatda, ayqashlik burchagi 90° bo’ladi va ushbu uzatmalar rezbali val -chervyak va chervyak g’ildiragidan tuzilgan bo’ladi. Chervyakli uzatmaning ishlash prinsipi vintli juftning ishlash prinsipi kabidir.
Afzalligi.
1. Tuzilishi oddiy, o’zi ixcham bo’lib, bir pog’onaning o’zida uzatish nisbati katta bo’ladi (kuch va moment uzatishda va kinematik zanjirlarda 300 gacha va undan yuqori);
2. Ravon va shovqinsiz ishlaydi;
3. O’zi tormozlanuvchi qilib tayyorlanishi mumkin;
4. Ishonchli ishlaydi.
Кamchiligi.
Foydali ish koeffisienti nisbatan kichik (η=0,7…0,92);
G’ildirak tishlarining tez yeyilishi;
G’ildirak uchun qimmatbaho metall (bronza) ishlatish zarurligi.
Chervyakli uzatmalar chervyak tanasining tuzilishiga qarab, silindrik va globoid (14.2-rasm); chervyak o’ramlarining rasmiga qarab, arximed, evolventa (14.3-rasm); chervyakning g’ildirakka nisbatan egallagan o’rniga qarab, chervyagi pastda, yonida, tepada joylashgan; o’rab turadigan korpusi bor-yo’qligiga qarab, ochiq va yopiq; vazifasiga qarab kuch va moment uzatadigan yoki kinematik jihatdan foydalaniladigan turlarga bo’linadi.
14.2-rasm. Chervyak turlari. 14.3-rasm. Chervyak rasmi va geometrik o’lchamlari.
Agar chervyak o’z o’qiga tik tekislik bilan kesilganda hosil bo’lgan rasmning izi Arximed spiraliga o’xshash bo’lsa, bu chervyak Arximed chervyagi deb, agar hosil bo’lgan iz evolventaga o’xshash bo’lsa, evolventaviy chervyak deb ataladi.
Hozirgi paytda mashinasozlikda, asosan, arximed chervyaklaridan foydalaniladi. Bunday chervyaklar odatdagi tokarlik chervyaklarida tayyorlanishi mumkin. Chervyak g’ildiragi, ko’pincha chervyak rasmidagi freza bilan tayyorlanadi. Chervyak po’latdan, g’ildirak esa cho’yan va bronzadan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |