14-mavzu. Chervyakli uzatmalar. Uzatmaning geometrik parametrlari va ularni tayyor­­lash usullari. Uzatmalarning kinematik parametrlari. Chervyakli uzatmaning foydali ish koeffitsiyenti. Uzatmadagi kuchlar


Uzatmani baholash va uning ishlatilishi


Download 233.77 Kb.
bet4/4
Sana03.12.2023
Hajmi233.77 Kb.
#1800243
1   2   3   4
Bog'liq
14-MAVZU. CHERVYAKLI UZATMALAR. UZATMANING GEOMETRIK PARAMETRLARI VA ULARNI TAYYOR¬¬LASH USULLARI.

Uzatmani baholash va uning ishlatilishi
Yuqorida keltirilganlarga asoslangan holda chervyakli uzatmalarning quyidagi afzalliklarini ta’kidlash mumkin: bir pog‘onada (juftlikda) katta uzatishlar nisbatini olish imkoniyati; ravon va shovqinsiz ishlashi; yuqori kinematik aniqligi; o‘zini- o‘zi to‘htatish qobilyati (FIK pastligida); ixchamligi va nisbatan yengilligi.
Kamchiliklari esa: FIK nisbatan kichikligida; yuqori yeyilish va qadalishga moyilligida; chervyak g‘ildiragi uchun qimmatbaho ishqalanishga chidamli materiallarning ishlatilishida; yig‘ish aniqligiga bo‘lgan yuqori talablarda (aniq , chervyak o‘qining g‘ildirak o‘rta tekisligida joylashuvi) ko‘rinadi.
Chervyakli uzatmalar tishli uzatmalarga qaraganda qimmatroq va konstruktsiyasi murakkabroq bo‘lib, ular val o‘qlari ayqash bo‘lganda harakatni uzatish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari katta uzatishlar nisbati va yuqori kinematik aniqlik zarur bo‘lganda, masalan, bo‘luvchi qurilmalarda, yo‘naltirish mexanizmlarida ko‘plab ishlatiladi. Dastgoh­sozlikda, avtomobilsozlikda, ko‘tarish-tashish mashinalarida qo‘llan­ila­di.
FIK kichikligi va qadalishga moyillik chervyakli uzatmalarni past va o‘rta quvvatlarda davriy qisqamuddatli ish sharoitlarida qo‘llashni chegaralaydi. Chervyakli uzatmalarning quvvati odatda dan oshmaydi. Katta quvvatlar va davomli ishlatishda chervyakli uzatmalardagi isrof katta qiymatga ega bo‘lganligi tufayli ularni qo‘llash o‘zini oqlamaydi.
Download 233.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling