14-mavzu; Detallarning sifati va tuzilishini nazorat qilish usullari. Metallar uchun davlat, tarmoq va boshqa standartlar. Reja
Download 26.02 Kb.
|
14-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sifatni boshqarish sistemasida ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar. Detallar sifatini nazorat qilish usullari.
14-mavzu; Detallarning sifati va tuzilishini nazorat qilish usullari. Metallar uchun davlat, tarmoq va boshqa standartlar. Reja: Detallar sifatini nazorat qilish usullari. Maxsulot sifatini nazorat qilish. Standart kategoriyalari va turlari. Sifatni boshqarish sistemasida ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar. Detallar sifatini nazorat qilish usullari. Ҳozirgi kunda mashinasozlik va qishloq xo’jaligini rivojlanish etaplari sistematik tarzda maҳsulot sifatini oshishi yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Ishni tezlashtirish iqtisodiy tomondan tejash va rastional tarzda maҳsulotlardan, yoqilg’i maҳsulotlaridan, yoqilg’i energetikasidan va boshqa ҳar turli materiallardan unumli foydalanish, maҳsulotlarni brak bo’lishini kamaytirish va unga yo’l qo’ymaslik, mashina detallari va mexanizmlarining ishlash resurslarini oshirish iqtisodiy va sostial tomondan katta aҳamiyatga ega. Bizning mamlakatimizda meҳnat va ish unumdorligini oshirish, umumiy jamiyat bo’yicha uni iqtisodiy taraflama tejash xalq xo’jaligi uchun foydaliligi maҳsulot sifatini oshirish kriteriyalari bilan belgilanadi. Buyum yoki detallarni nazorat qilish usullari quyidagilardan iborat: tashqi tuzilishini tekshirish; tashqi sifatini tekshirish; chizma bo’yicha razmerlarini tekshirish; otversiyalarini tekshirish; qaysi usulda quyib olingan yoki tayyorlangan ҳolatini tekshirish; kimyoviy tarkibi va mexanik xossalarini tekshirish; texnik tavsiyasi va texnik talabini tekshirish va boshqa ҳar xil usullari kiradi. Maҳsulot sifati deganda kengroq mahnoda ularni sotib oluvchi talabiga mos kelishi miqdori va belgilangan qathiy talabga to’g’ri kelishi tushuniladi. Buyumlarni belgilanishi bo’yicha bitta yoki ҳar xil korxonalarda tayyorlanadigan maҳsulotlar, aytaylik ҳar xil vaqtda, ularning sifatini talabga mos kelishi ҳar tomonlama farq qiladi. Maҳsulot sifati chizmada berilishi bo’yicha texnik tavsiyasi va texnik talabi bilan ishlab chiqarishdagi texnologiya tashkiliy tomondan maҳsulot sifatini belgilangan tartibda nazorat qilib aniqlanadi. Maҳsulot sifati ishlab chiqarishning ҳam stikllari bo’yicha ҳosil qilinadi va optimal sifat darajasiga etkaziladi. Davlat standarti 15467-89 bo’yicha maҳsulot sifatini boshqarish, maҳsulot talabi yoki ekspluatastiyasi va yaratilish ҳarakati, qo’llab-quvvatlash, tahminlash va o’rnatish maqsadi bilan maҳsulot sifatini belgilangan miqdorga etkazish tushiniladi. Buyumlar yoki detallarni yuzaviy taҳlilini aniqlanishi shuni ko’rsatadiki, faqat nazorat natijasida yaratilishi emas, balki ishlatilishi kerak. Metallurgiya va metallshunoslik nuqtai nazardan mashinasozlikda ishlatiladigan detallar sifati asosan tayyorlanadigan detallarning umumiy sifat miqdori, yahni material va zagatovka uchun boshlang’ich sifatidan boshlab, toki oxirgi operastiya termik taxlil va mexanik ishlov berish sifatigacha bo’lgan ҳolati tushiniladi. Buyumlarning sifat muammosi odatda, juda keng mahnoda tushiniladi. U ҳamma tomonlama qishloq xo’jalik va xo’jalik faoliyatini o’z ichiga oladi. Keng fikr va mahno bilan qaralsa, bu ishonchlilik, estetikalik, texnologiyalik, ekologiya va boshqalar bo’lishi mumkin. Po’lat buyumlar uchun eng asosiysi ekspluatastiya ishonchlilik va mustaҳkamlik talablari tushiniladi. Download 26.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling