14-mavzu: islom qadriyatlari reja
Download 226.54 Kb. Pdf ko'rish
|
14-mavzu islom qadriyatlari reja
14-MAVZU: ISLOM QADRIYATLARI REJA: 1.Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik, adolat va tolerantlik g’oyalari. 2. Islomda axloqiy qadriyatlar. 3. Islom dinining jahon sivilizatsiyasi rivojidagi o‘rni. Tayanch so’z va iboralar: Islom dini, Muhammad payg'ambar(s.a.v), Qur'on, Hadislar, Kalom falsafasi, tasavvuf, huquq falsafasi, tasavvuf Qur’on va hadis — islom ta’limotining asosiy manbalari. «Qur’on» arabcha «qara’»-o’qimoq, oddiy o’qish ham shuningdek, ma’lum matnni ohang bilan o’qish, ya’ni «qiroat qilish», «Tilovat qilish» mazmunidagi fe’ldan, «o’quv», «o’qiladigan kitob» ma’nosini beradi. Qur’oni karim – Olloh tarafidan 23 yilga yaqin muddat mobaynida Muhammad payg’ambarga oyatma-oyat, sura-sura tarzida nozil qilingan ilohiy (sakral) kitobdir. Bu kitob islom dinining muqaddas manbasi hisoblanadi. Islom ilohiyot maktablaridan biri ahl as-sunna va-l-jamoa ta’limotiga ko’ra, Qur’on Olloh taoloning so’zi va uning azaliy ilmidir. Arab tarixchilarining xabar berishlaricha, xalifa Usmon Qur’onni mutolaa qilib o’tirganida fitnachi musulmonlar tomonidan o’ldirilgan. U kishining qoni Qur’on sahifasiga to’kilgan, degan naql xalq orasida keng tarqalgan. Bundan Kufadagi kitob savdogarlari foydalanib, ko’p nusxada «qonli» Qur’on nusxalari tayyorlab sotganlar. Hozirgi paytda jahon muzey va kutubxonalarida bunday nusxalar saqlanadi. Ulardan biri Toshkent shahrida O’zbekiston musulmonlar idorasida saqlanadi. Unda ham qon izlari bo’lib, shu nusxa aynan xalifa Usmonga tegishli degan fikrlar mavjud. Mazkur Qur’on 353 varaqdan iborat bo’lib, varaqlar o’lchami 68x53 sm., matn yozilgan qism hajmi 50x44 sm. Sahifalar kiyik terisidan ishlangan bo’lib, har biriga 12 qatordan chiroyli kufiy xatida yozuv bitilgan. Ko’p varaqlari yo’qolgan va keyinchalik qog’oz sahifalar bilan to’latilgan. Download 226.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling