14-mavzu: islom qadriyatlari reja
Tasavvuf ta’limoti mohiyati
Download 226.54 Kb. Pdf ko'rish
|
14-mavzu islom qadriyatlari reja
Tasavvuf ta’limoti mohiyati. Tasavvuf – islomdagi mistik¬asketik
oqimdir. Mistitsizm, mistika so’zlari qadimiy yunon tilidagi mystikos – «yashirin», «sirli» so’zidan olingan bo’lib, ilohiyat bilan bevosita muloqot qilish mumkinligi haqidagi ta’limot. Bu ta’limot insonning Xudo bilan aql va hissiyotdan yuqori bo’lgan sirli aloqasi bo’lib, uning natijasida insonda Xudoni bilish hosil bo’ladi. Qadimiy SHarq va yunon dinlarida ham insonni g’ayritabiiy kuchlar bilan bog’laydigan urf-odatlar (misteriyalar) – mistitsizm elementlari bor edi. YAkkaxudolik dinlarining barchasida mistitsizmga xos unsurlar mavjud. Hayotning barcha sohalari diniy e’tiqod bilan bog’liq bo’lgan o’rta asrlarda uning roli katta bo’ldi. Tasavvuf, sufiy yoki mutasavvif so’zlarining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Sufiylik mualliflari ko’pincha uning kelib chiqishini «svf» («sof bo’lmoq») o’zagidan yoki «ahl as¬suffa» (Payg’ambarning Madinadagi uyi yaqinidagi suffaga yig’iluvchi zohid kishilar)ga tegishli deb ta’kidlaydilar. G’arbiy yevropa tadqiqotchilari to XX asrga qadar uning kelib chiqishini yunoncha – «hikmat» (sophia) so’zidan kelib chiqqan degan fikrga moyil bo’lishgan. Umar Farid Kam (1861-1944) «Vahdati vujud» asarida, SHamsiddin Somiy (1850-1905) esa «Qomusi turkiy» asarining «tasavvuf» va «sufiy» moddalarida ushbu fikrni yoqlaydilar. SHayx Saffet yetkin ham shu nuqtai nazarni himoya qiladi. Ismoil Xaqqiy Izmirlik esa bu fikrni rad etib, zohidlik yo’liga suluk solgan kishilarning «sufiya» ismi bilan mashhur bo’lishi, yunoncha asarlarning tarjima qilinishi va falsafaning musulmonlar orasida tarqalishidan avval sodir bo’lgan, degan dalillarni ilgari suradi va «sufiy» so’zining yunon tilidan olinganligiga qarshi chiqadi. Endilikda bu so’zning «suf» (jun chopon) so’zidan kelib chiqqanligi haqidagi o’rta asr musulmon olimlari ta’kidlagan fikr umumqabul qilingan fikr hisoblanadi. CHunki sufiylarning asosiy belgilari ularning dag’al jundan kiyim kiyishlari edi. SHimoliy Arabiston va Suriyada xristianlikning turli sektalariga mansub jahongashta monax va anaxoretlar «sufiy» deb atalar edi, degan ma’lumotlar ham bor. Tasavvufga asos bo’lgan tarkidunyochilik kayfiyati deyarli islom bilan bir davrda yuzaga keldi. Sufiylikning ilk namoyandalari deb Payg’ambarning Abu¬d¬Dardo, Abu Zarr, Huzayfa (vafotlari VII asrning ikkinchi yarmi) kabi sahobalari hisoblanadi. Ammo islomdagi mistik-asketik oqimning shakllanishi VIII asrning o’rtalari-IX asrning boshlariga tegishli. Bu davrda sufiylar qatoriga muhaddislar, qorilar, qussoslar, Vizantiya bilan chegara urushlarida qatnashgan jangchilar, kosiblar, tijoratchilar, jumladan, islomni qabul qilgan xristianlar kirganlar. Bu davrda sufiy yoki at¬tasavvuf terminlari hali keng tarqalmagan edi: uning o’rniga zuhd (tarkidunyochilik) yoki zohid, obid so’zlari ishlatilar edi. Islomdagi bu mistik¬asketik oqimning paydo bo’lishi va taraqqiy etishiga musulmon jamiyatidagi ilk ikki asr davomidagi siyosiy¬ijtimoiy beqarorlik, diniy hayotning murakkabligi, uning natijasida kelib chiqqan ma’naviy-g’oyaviy izlanishlar va boshqa dinlarning, xususan, xristianlikning ta’sirini ko’rsatish mumkin. Ilk davr sufiylari, aniqrog’i, zohid va obidlariga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat edi: Qur’oni karim oyatlari ustida chuqur fikr yuritish, Qur’on va Payg’ambar sunnatlariga qat’iy amal qilish, kechalarini nafl ibodatlar bilan bedor o’tkazish, kunduzlari ro’za tutish, hayot lazzatlaridan voz kechish, gunohdan saqlanish, hokim va harbiylardan o’zini yiroq tutish, halol va harom orasini juda uzoq tutish (vara’), o’zini Olloh ixtiyoriga topshirish (tavakkul) va h.k. Download 226.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling