14-mavzu: islom qadriyatlari reja
Download 226.54 Kb. Pdf ko'rish
|
14-mavzu islom qadriyatlari reja
Hadislar. Qur’on ilk islomda yakka-yu yagona manba edi. Ammo arab
istilolari natijasida vujudga kelgan xalifalik hududlarida yashayotgan turli xalqlar talab-extiyojlariga Qur’on to’la javob bera olmas edi. SHu tariqa o’zgargan tarixiy sharoitdagi talab va extiyojlarga javob beradigan yangi manbalar vujudga kelishi zarur bo’ldi. Islom olimlari Muhammad payg’ambarning hayot yo’li, u aytgan hikmatlari, ibratli xabarlar, qo’rsatgan yo’l-yo’riqlari, uning va saqobalarining yaxshi ishlari o’g’it va nasihatlarini bilgan shaxslardan eshitib to’play boshlaganlar. Bu yangima’lumotlarni «hadis», ya’ni «hikoya», «xabar», «hikmat» deb aytish mumkin. hadislar to’plami- Sunna deb yuritiladi. Sunniy yo’nalishdagi musulmonlar tan olgan, hadislargina sunna hisoblanib, u Qur’ondagi keyindagi ikkinchi manba qisoblanadi. qadislarning dastlab Muhammadning’ qarindoshlari, xalifalar, saqobalar ishlatgan, ya’ni ular biron-bir ko’rsatmani (avvalo huquqiy xarakterdagi ko’rsatmani) qonunlashtirish uchun o’zlari Muhammadning so’zidan eshitgan so’zlarni dalil qilib keltirganlar. UI-1X asrlarda ming-minglab hadis to’plangan yoki to’qilgan. hadisshunoslik savob ish hisoblangan, hadislarni to’plash mustaqil bilimga aylangan, bu ishga ixtisoslashgan ilohiyot peshvolari esa muxaddislar, deb atalganlar. hadislarning aksariyati huquqiy va ahloqiy normalarni, marosim va urf- odatlar, oilaviy munosabatlar, kasb-kor, savdo-sotiq, ilm, ota-ona, farzand, qarindosh-urug’, do’stlik, yaxshilik yoki yomonlikka oid bo’lgan. Ammo tarxiy mazmunga ega bo’lgan. Muhammad tarjimai-holini, xalifalar, saqobalar faoliyatini bayon etgan qadislar qam bo’lgan. Islomda taniqli va nufuzli hisoblangan kishilar tomonidan yetkazilgan hadislar (saqih) deb e’tirof qilingan. Hadislarni yetkazgan kishilar ishonchli bo’lsa, bu hadis yaxshi (xasan) deb atalgan. Ishonchli bo’lmagan shaxslar yetkazgan hadislar bo’sh (zaif) deb atalgan. Haqiqiy rost, chin hadislarni sohta hadisdan ajratish eng muxim ish hisoblangan. Bu ishda ham qiyoslash, taqqoslash usulidan foydalanilgan. Masalan, biron hadis turli shaxslardan, turli, bir-biridan uzoq joylarda solishtirilgan ular aynan tug’ri kelsa o’shanday hadis saxiq, ya’ni chin hadis hisoblangan, agar bir-biriga bironta so’zda, ma’noda to’g’ri kelmasa unday hadis sohta yoki zaif hisoblangan va tashlab yuborilgan. Payg’ambarimiz alayhissalom hadislarining asliyatini ilmiy asosda aniqlash va jamlash masalasida imom al-Buxoriyning xizmatlari beqiyosdir. Bu yo’nalishda buyuk muhaddis birinchilardan bo’lib ishlab chiqqan talab va qonun- qoidalar hadis ilmida «Imom al-Buxoriy shartlari» («SHurut al-imom al-Buxoriy») yoki «Sahih al-Buxoriy shartlari» («SHurut «Sahih al-Buxoriy»«) deb atalib, undan keyingi barcha muhaddislar tayanib asarlar yaratadigan asosiy dasturulamal vazifasini o’tagan. Download 226.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling