14-mavzu: islom qadriyatlari reja
Download 226.54 Kb. Pdf ko'rish
|
14-mavzu islom qadriyatlari reja
Tasavvuf tariqatlari. Movarounnahrga sufiylik Xuroson orqali kirib
keldi. Keyingi davr sufiylarining talqiniga ko’ra, Movarounnahrda sufiylik oqimi aqoid olimi shayx Abu YA’qub YUsuf al-Hamadoniy (v. 1140-41 y.) shaxsidan boshlanadi. Unga ko’ra, YUsuf al-Hamadoniy maktabi ikki tarmoqqa ajratiladi. Kalom falsafasi. Kalom falsafadan bir necha jihatlari bilan ajralib turadi. Falsafa borliq tuzilishi, olamning paydo boiishi masalalarini fizik jarayonlar tahlili asosida o‘rganadi. Bunga metafizik yondashuv deyiladi. Metafizika boriiqning eng umumiy qonuniyatlarini, moddiy va ruhoniy mavjudotlarni, materiyadan tashqaridagi olam (g‘ayb olami) sir-sinoatlari yechimini mantiqiy tushuntirishga harakat qiladi. Kalom esa fizik jarayonlarni tahlil qilmaydi. Uning predmeti Alloh zoti va sifatlari, inson amallari, illat va fazilatlarining ilohiy manbalaridir. Shu yo'nalishda kalom ilmi falsafaga tegishli boigan boriiq tuzilishi, narsa va jismlaming yaratilishi muammolariga ham murojaat etadi. Biroq kalom ularni mistik dunyoqarash vositasida o‘rganadi. Mistika ruh tajribasini bayon etadi, uning kechinmalariga, mushohadalariga mantiqiy javob berishga harakat qiladi. Faylasuf falsafiy asoslarga suyansa, mutakallim diniy hujjatlarga asoslanadi. Kalom o‘z farazini mantiqiy mazmun va islom tamoyillariga muvofiq hujjatlar asosida ishlab chiqadi Download 226.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling