16.2-rasm. Naflik funksiyasini maksimallashtirish.
Monopolistik mehnat bozori. Amalda kasaba uyushmalarini monopolist deb qarash mumkin. Ular ishchilarga o’z ta’sirini o’tkazib, mehnat taklifini qisqartirib, ish haqini oshirishga harakat qiladilar.
Faraz qilaylik, kasaba uyushmalari sof monopolist. Ushbu holat 16.3-rasmda keltirilgan.
16.3-rasm. Sof monopol mehnat bozorida monopolistning ish haqiga va bandlikka ta’siri.
Ish haqi stavkalari differensiasiyasi (tabaqalashuvi). Biz yuqoridagi mulohazalardan ish haqini o’zgarmas deb qaradik. Amalda o’rtacha ish haqi mutaxassisliklar bo’yicha ham, tarmoqlar bo’yicha ham, hattoki bir xil ishni bajaruvchi ishchilar bo’yicha ham farq qiladi. Masalan, avtomobilsozlik tarmog’ida ishlaydigan ishchilarning o’rtacha ish haqi, qurilish sohasida ishlaydigan ishchilarning o’rtacha ish haqlaridan farq qiladi, xuddi shunday kimyo tarmog’idagi o’rtacha ish haqi ham yengil va oziq-ovqat sanoatidagi o’rtacha ish haqidan farq qiladi. Poliklinikada ishlovchi har xil kategoriyadagi vrachlarning ish haqi ham bir xil emas. Yuqori kategoriyali vrach past kategoriyali vrachga qaraganda ko’proq maosh oladi.
Nominal va real daromadlar. Nominal daromad - bu soliq va narxlarning o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan daromad darajasi. Real daromad - bu narxlarni va boshqa to’lovlarning o’zgarishini hisobga olgandagi daromad. Real daromadni aniqlashda umumiy daromaddan soliq va boshqa to’lovlarni ayirib, uni narxlar o’zgarishiga (inflyasiyaga) ko’ra qayta hisoblaydi.
Ish haqi - ishchi kuchidan foydalanganligi uchun to’lanadigan qiymat. Ish haqi stavkasi ham ish haqining bir turi bo’lib, ishchi kuchi mehnatidan foydalangan bir birlik vaqt uchun to’lanadigan ish haqi (bir soatlik, bir kunlik, bir oylik).
Iqtisodiy renta - cheklangan resursdan foydalangani uchun to’lanadigan narx.
Kapitalga daromad - bu foiz deyiladi. Amalda kapitalga daromad ikki xil bo’ladi. Agar kapital pul shaklida bo’lsa, pul beruvchilar ssuda foizi bo’yicha daromad oladi. Agar kapital buyumlashgan shaklda bo’lsa, u kapitalga ko’ra umumiy daromaddan ulush oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |