Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 320-guruh talabasi Sayibnazarov Alimuhammadning Investetsiyalar tahlili fanidan mustaqil ishi


Download 1.16 Mb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1496324
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sayibnazarov ALimuhammad I - 320

Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 320-guruh talabasi Sayibnazarov Alimuhammadning Investetsiyalar tahlili fanidan MUSTAQIL ISHI

Topshirdi : Sayibnazarov.a

Qabul qildi : Xayitmurodov.a

Mintaqaviy iqtisodiyot

Reja:

  • Mintaqalarning mehnat resurslari
  • Mintaqalarda sanoat tarmog’ini rivojlanish xususiyatlari
  • Qishloq xo’jaligining hududiy ixtisoslashuvi
  • Transport va axborot kommunikatsiya infratuzilmasining mintaqaviy rivojlanish xususiyatlari
  • O’zbekistonning respublika, mintaqa va mahalliy boshqaruv organlari o’rtasidagi vakolatlarni taqsimlash mexanizmi

Mintaqalarning mehnat resurslari

Mehnat bozori — ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldi-sotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldi-sotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi oʻrtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidir.


Mehnatga talab uning narxi boʻlmish ish haqi miqdoriga nisbatan teskari mutanosiblikda, yaʼni ish haqi oshsa mehnatga talab qisqaradi, agar u pasaysa, mehnatga talab oshadi. Mehnat bozoridagi mehnat taklifi ish haqiga nisbatan toʻgʻri mutanosiblikda boʻladi. Moddiy muhtojlik sharoitida koʻp ishlab, koʻp pul topishga intilish mehnat taklifini oshiradi.
Mehnat bozorida mehnatga talab taklifdan oshib ketsa ish kuchi taqchilligi, mehnat taklifi talabdan koʻp boʻlsa ishsizlik paydo boʻladi.
Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: ishchi kuchiga talab va uning taklifi, qiymati, bahosi va yollashdagi raqobat. “Mehnat bozori” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va uni tarkibiy qismlarining tizimtik tadqiqoti mazkur bozorni o’tish davrida bajariladigan asosiy vazifalarni ham aniqlashga imkon beradi:
  • ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish;
  • bozor uslubida xo’jalik yuritishining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;

  • mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir ko’rsatish;

  • ishsizlar ish topishiga, ularning malakasi va raqobat qobiliyatini oshirishga ko’maklashish;

  • ishlab chiqarish harajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini o’zgartirish.


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling