Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 320-guruh talabasi Sayibnazarov Alimuhammadning Investetsiyalar tahlili fanidan mustaqil ishi


Transport va axborot kommunikatsiya infratuzilmasining mintaqaviy rivojlanish xususiyatlari


Download 1.16 Mb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1496324
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sayibnazarov ALimuhammad I - 320

Transport va axborot kommunikatsiya infratuzilmasining mintaqaviy rivojlanish xususiyatlari
Transport kommunikatsiya va infratuzilmalarini rivojlantirish savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishida, mamlakatlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu soha taraqqiyoti iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari rivojida katta ta'sir kuchiga ega. Аyni shu jihatlarni inobatga olib mazkur yo’nalishda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, bugun mamlakatimiz oldida xalqaro savdo va transport logistikasi tizimini shakllantirish, tovarlar va xizmatlarni yetkazib berishning global bozoriga kirib borish, hamda u yerdagi kuchli raqobatga bardosh bera olishdek dolzarb vazifalar turibdi.
Аvtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida “O’zbekistonda transport logistika infratuzilmalari imkoniyatlarini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida bo’lib o’tgan davra suhbatida ayni shu yo’nalishda o’z yechimini kutayotgan muammolar, soha rivojini ortga tortayotgan omillar va kamchiliklar ularni bartaraf etish yo’llari hususida so’z bordi. Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo’mitasi vakillari, Transport vazirligi, Davlat bojxona qo’mitasi xodimlari, yuk va yo’lovchi tashish bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda transport logistikasini rivojlantirish, undagi xizmat turlarini zamonaviylashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, “2017 - 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da transport sohasini rivojlantirish bo’yicha bir qancha vazifalar belgilangan. Bu iqtisodiyotni liberalashtirish, Jumladan:
-milliy transport logistika kompaniyalari o’rtasida raqobat darajasini oshirish; -avtomobil parklarini kengaytirish; -yo’l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish; -eksportga mo’ljallangan milliy mahsulotlar narxlarini raqobatdosh qilish maqsadida yuklarni bir transportdan boshqasiga qayta yuklash punktlari sonini oshirish; -avtomobil yo’llari holatini yaxshilash va yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish belgilab o’tilgan

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling