Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 320-guruh talabasi Sayibnazarov Alimuhammadning Investetsiyalar tahlili fanidan mustaqil ishi


Download 1.16 Mb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1496324
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sayibnazarov ALimuhammad I - 320

Energetika sanoati. O’zbekistonda dastlabki issiqlik energetikasi dizel va uncha yirik bo’lmagan bug’ turbinalariga moslashgan elektr stantsiyalarida yaratilib, u Farg’ona va Kattaqo’rg’on yog’-moy zavodlarida qurilgan. Ilk GES 1926 yilda Chirchiq-Bo’zsuv traktida barpo etildi.
Ko’mir sanoati. O’zbekistonda 1832,8 mln tonna aniqlangan ko’mir zahirasi mavjud bo’lib, uning 1786,5 mln tonnasi qo’ng’ir va 46,3 mln tonna tosh ko’mir tashkil etadi
Qora metallurgiya sanoati Bekobod shahrida II - jahon urishi davrida shakllangan bo’lib, 1956 yildan ichki ehtiyojlar uchun temir prokat mahsulotlari ishlab chiqara boshlagan. Bugungi kunda 730-750 ming tonna metalni qayta ishlab chiqarmoqda
Qishloq xo’jaligining hududiy ixtisoslashuvi
O’zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitga ega. Mamlakat hududi o’ziga xos pasttekislik va tog’ relefini o’z ichiga oladi. O’zbekiston hududining katta qismini pasttekisliklar tashkil etadi. Shulardan eng muhimi Turon pasttekisligidir. Mamlakat sharqi va shimoliy sharqida Tyan-Shan va Pomir tog’ (mamlakatning eng yuqori nuqtasi (4643m.) tizmalari joylashgan. Dunyoning bepoyon cho’llaridan biri mamlakat hududi markazida - Qizilqum joylashgan.
Mamlaktimiz bo’yicha qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan erlarning umumiy maydoni 20 236,3 ming gektarni, shundan haydaladigan erlar 3 988,5 ming gektarni, ko’p yillik daraxtzorlar 383,1 ming gektarni, bo’z erlar 76 ming gektarni, pichanzor va yaylovlar 11 028,3 ming gektarni, boshqa erlar 4 760,4 ming gektarni tashkil qiladi.
Keyingi yillarda yurtimizda er va suv munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan er maydonlarini maqbullashtirish va ularni ajratishning soddalashtirilgan tartibini qo’llash, er-suv resurslaridan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlari, innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, past hosilli paxta va g’alla maydonlarini qisqartirish hisobiga yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar etishtirish bo’yicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda.
Er va suvning jamiyatdagi, ayniqsa, qishloq xo’jaligidagi o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Aholi ulardan yashash uchun uy-joy, binolar qurish, iste’mol etish uchun turli hildagi mahsulotlarni etishtirish va boshqa maqsadlarda foydalanadilar. Shunday ekan er va suvdaning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishdagi ahamiyati juda ulkandir. Chunki tarmoqda ulardan foydalangan holda turli hildagi o’simlikchilik hamda chorvachilik mahsulotlarini, talabni qondiradigan darajada ishlab chiqarish mumkin. Shunday holni e’tiborga olgan holda ingliz iqtisodchi olimi Uiliyam Petti «er boylikning onasidir» deb aytgan.
Respublika dehqonchiligi sug’orishga asoslangan. Shuning uchun suv ham er kabi eng zarur vosita hisoblanadi. Qishloq xo’jaligidan olinayotgan mahsulotlar, masalan, paxta, sholi, tamaki, sabzavot, poliz, makkajo’xori, bug’doy, arpa, emxashaklarning aksariyat qismi sug’oriladigan erlarda yetishtiriladi.
Mintaqada qishloq xo’jalik mahsulotlarining 95foizdan ortig’i sug’oriladigan maydonlarda etishtiriladi. Sanoatning qishloq xo’jalik xomashyolariga, aholining esa oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabi qondirilishida er va suvning ahamiyati juda katta. Erlardan, suvlardan qanchalik oqilona, samarali foydalanilsa, ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmi shunchalik ko’payadi, natijada yuqorida ta’kidlangan talablarning qondirilish darajasi ortadi.
Qishloq xo’jaligida erning yuqori qatlami hisoblangan tuproq unumdorligi katta ahamiyat kasb etadi. Hayotda tuproq unumdorligining quyidagi turlari mavjud: tabiiy, sun’iy va iqtisodiy unumdorlik.
Tuproqning tabiiy unumdorligi–tabiat mahsulidir. U tabiatning ta’siri natijasida uzoq yillar mobaynida shakllanadi. Uning holati quyosh nuri hamda yog’ingarchilik miqdoriga, shamol va suvlarning ta’siriga bog’liqdir. Ularning ijobiy ta’sirida tuproq tabiiy unumdorligi yaxshi bo’ladi. Sun’iy va iqtisodiy unumdorlik esa inson mehnati natijasida shakllantirilib, oshirilishi mumkin. Jumladan, mehnat, mablag’ sarflab, erlarning irrigatsion, meliorativ holatini yaxshilab, sifatli urug’ ekib, ularni o’g’itlash, yaxshi sifatli ishlov berish orqali tuproqning suniy va iqtisodiy unumdorligini yuksaltirilishi mumkin.
Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan suvlarning sifati ham barcha viloyatlarda bir xilda bo’lmay, bir-birlaridan farq qiladi.
Masalan, Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarining aksariyat hududlarida ekinlarni sug’orishda foydalaniladigan suvlarning sifati yaxshi, ya’ni ularning tarkibida hosildorlikka salbiy ta’sir etuvchi turli xildagi minerallar kam, lekin Sirdaryo, Jizzah, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati hududlarida foydalanilayotgan suvlarning tarkibida xlor va boshqa moddalar ko’p.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling