Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 320-guruh talabasi Sayibnazarov Alimuhammadning Investetsiyalar tahlili fanidan mustaqil ishi


Mintaqalarda sanoat tarmog’ini rivojlanish xususiyatlari


Download 1.16 Mb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1496324
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sayibnazarov ALimuhammad I - 320

Mintaqalarda sanoat tarmog’ini rivojlanish xususiyatlari
Sanoat, deb xom ashyo, material, yoqilgʻi, energiya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki aholiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar (zavodfabrikakonshaxtaelektr stansiyaferma va hk) majmuasiga aytiladi. Sanoat xalq xoʻjaligining muhim sohasidir.
SANOAT, industriya — xalqxoʻjaligining jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan yetakchi tarmogʻi; Sanoatning oʻzi uchun hamda xalq xoʻjaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, xom ashyo, yoqilgʻi qazib olish, energiya ishlab chiqarish, yogʻoch tayyorlash, Sanoatda yoki qishloq xoʻjaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fabrikalar, zavodlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui. Sanoat kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi va industrial oʻsishni taʼminlaydi
Sanoatlashgan mamlakatlarda tarmoq texnologik jihatdan quyidagi 4 ta guruhga ajratib ko’rsatiladi:

Mamlakatda sanoat ishlab chiqarishining bugungi holati uni to’rtta bosqichga ajratishga asos bo’ladi
1-bosqich : qo’l mehnatiga asoslangan oziq ovqat va asosan paxtani toylash va birlamchi tozalash manifakturalari hamda mayda ishlab chiqarish bilan xarakterlanadi.
2-bosqich : mulk, sanoat korxonalarini natsionalizatsiya qilish, mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan kichik sanoat tarmoqlarini shakllantirish va sobiq ittifoq, markaz manfatiga xizmat qiladigan sanoat ishlab chiqarishiga asos soldi.
3-bosqich : sobiq ittifoqning yevropa qismidagi Nemislar tomonidan bosib olingan hududlardan zavod-fabrikalarni O’zbekistonga ko’chirib keltirilishi bilan izohlanadi.
4-bosqich : mustaqillik yillarida mamlakat sanoatining tarmoq va hududiy jihatdan takomillashuviga asos soldi.
Sanoat taraqqiyotida yoqilg’i-energetika majmuasi gaz, neft qazish va ularni qayta ishlash, ko’mir qazish va elektr quvvati ishlab chiqarishdan iborat bo’lib, uning mamlakat sanoat ishlab chiqarishidagi xissasi 26,8 foiz. O’zbekiston jahondagi 10 ta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi
Neft sanoati. Respublikada ilk bor neft koni 1904 yilda (Farg’ona vodiysidagi) ochilgan.
Mamlakat neft zahirasi 5 mlrd tonna, qazib olish hajmi yiliga 3,5 mln tonnani tashkil etadi. Shuning 1,561 mln tonnasi mamlakat hududida qayta ishlanmoqda.
Gaz sanoati. Tarmoqning respublikada qazib olinayotgan yoqilg’i balansidagi xissasi 87,2 foizni tashkil etadi. Gazni sanoat usulida qazib chiqarish o’tgan asrning 50-60 yillarida boshlandi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling