14-mavzu. Moliyaviy hisobotlar va moliyaviy rejalashtirish Reja: Moliyaviy rejalashtirish modelini yaratish


 Moliyaviy rejalashtirish modelini yaratish


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana06.02.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1169482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
14-Mavzu

 
2. Moliyaviy rejalashtirish modelini yaratish 
 
Moliyaviy rejalar, odatda, miqdoriy modellarda aks ettiriladi. Bu modellar 
qisman yoki to‘liqligicha firmaning moliyaviy hisobotlaridagi ma’lumotlar asosida 
yaratiladi. Misolda ko‘rsatish uchun bundan oldin biz moliyaviy rejalarini tahlil 
qilgan xuddi o‘sha gipotetik kompaniya, ya’ni “XYZ” korporatsiyasi uchun yillik 
moliyaviy reja tuzishni taklif etamiz. Aytaylik, “XYZ” bu 10 yil avval tashkil 
etilgan kompaniya bo‘lib, u iste’mol mollari ishlab chiqarish va sotish bilan 
shug‘ullanadi. Endi faraz qilaylik, moliyaviy hisobot – bu kompaniya to‘g‘risida 


Sizning ixtiyoringizda bo‘lgan yagona ma’lumot manbai. Shunday qilib, keyingi 
yilga reja ishlab chiqish kerak. Eng oson usul quyidagilardan iborat: keyingi yilga 
sotuv hajmi bo‘yicha prognoz tuzish va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va 
balansdagi qismlarning ko‘pchiligidagi qiymatlar o‘tgan yil darajasida qolishini 
taxmin qilish kerak. Bunday usul sotuvdan foizlar usuli (percent-of-sales-method) 
deb ataladi. Keling, bu usuldan qanday foydalanishni “XYZ” korporatsiyasi 
misolida ko‘rsatib beramiz. 
Dastlab o‘tgan yillar ma’lumotlarni sinchkovlik bilan tahlil qilib, sotuvlar 
hajmi (yalpi tushum)ga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan moliyaviy natijalar 
to‘g‘risidagi hisobot va balansning elementlarini aniqlab olishimiz zarur. Bu bizga 
qaysi moddalarni oldindan ko‘zlangan kelgusi sotuvlar hajmi (yalpi tushum) 
asosida maksimal darajadagi aniqlik bilan prognozlashtirish, qaysilarini esa boshqa 
ko‘rsatkich asosida bashorat qilish mumkinligini bilib olish imkoniyatini yaratadi. 
Ko‘rib chiqilayotgan kompaniyaning hisobotlaridan ko‘rinib turibdiki, quyidagi 
moddalar sotuv lar hajmi (yalpi tushum)ga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan: sotilgan 
mahsulot tannarxi, foizlar va soliqlar to‘lashdan oldingi foyda (EBIT) (asosiy 
faoliyatdan olingan daromad) va aktivlar. Foiz to‘lovlari (shaklidagi) xarajatlari
soliqlar, sof foyda va majburiyatlarning asosiy qismi (to‘lovlar uchun hisob 
varaqlardan tashqari) nisbati esa o‘zgargan. Buni 14.1-jadvaldan ko‘rishimiz 
mumkin (navbatdagi betga qarang). 
14.1-jadval 
“XYZ”  kompaniyasining 20x1–20x3 yillardagi moliyaviy hisoboti 
(mln. so‘mda) 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling