14-mavzu. Sanoatda polimerlarni olish usullari Reja
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
14-MA\'RUZA
Suspenziyada va emulsiyada polimerlash. Suspenzion polimerlash bilan faqat
suvda erimaydigan monomerlarni polimerlash mumkin. Monomerni suvda mayda tomchilar holida dispergatsiyalanadi, bular suvda eriydigan himoyalovchi kolloidlar, sirt faol qo‘shimchalar va aralashtirish bilan koalessensiyadan stabillanadi. Monomer hosil qilgan sharchalar o‘lchami monomerning suvga nisbati, stabillovchi agent xili va konsentratsiyasi hamda reaksion aralashmani aralashtirish tezligiga bog‘liq. Polimerlash uchun monomerda eriydigan initsiatorlardan foydalaniladi. Monomerning har bir sharchasi boshqa sharchalardan izolirlangani va mustaqil bo‘lgani uchun ularning har birini alohida mikroblok reaktorlar deb qarash mumkin. Monomer sharchalarini ajratib turuvchi uzluksiz suv fazasi issiqlikni samarali tashuvchi agent sifatida xizmat qiladi, natijada reaksiyaning ekzotermikligi muammo tug‘dirmaydi. Qolaversa, suvni issiqlik tashuvchi sifatida ishlatish eritmada polimerlashga nisbatan ancha iqtisodli. Monomerning hammasi juda ko‘p alohida mayda reaktorlardan iborat bo‘lgani uchun kinetik zanjir uzunligi ustidan nazorat o‘rnatish nisbatan oson va hosil bo‘lgan polimer tor molekulyar-massaviy taqsimotga ega bo‘ladi. Polimerlanish odatda yuqori miqdorda mahsulot hosil bo‘lish bilan kechadi va polimer sferik zarrachalar shaklida yoki donador bo‘ladi (shu sababli polimerlashning bu xili munchoqli yoki donador polimerlash nomi bilan ham ataladi). Tayyor mahsulot suvda oddiy filtrlash bilan oson ajratib olinadi va shundan keyin uni sirt-faol moddalar qoldiqlari yoki himoyalovchi kolloidlardan suv bilan yuvish orqali tozalanadi. Yuvilgan va quritilgan mahsulot o‘z ko‘rinishida ishlatiladi yoki uni bosim ostida quyish bilan qayta ishlanadi yoki polimerdan adgezivlar yoki turli xil qoplamalar sifatida foydalanilganda munosib erituvchilarda eritiladi. Suspenzion polimerlashdan radikal initsiatorlar ishtirokida donador polistirol (bundan ko‘pik polistirol olinadi), polistirol-divinilbenzol (ionalmashuvchi qatronlar tayyorlash uchun) va polivinilatsetat (keyinchalik polivinil spirtiga aylantirish uchun) olishda foydalaniladi. Emulsion polimerlashda monomer suspenzion polimerlashdagidek, suvli fazada alohida sharchalar shaklida dispergatsiyalanmay, birjinsli emulsiya shaklida bo‘ladi. Emulsiya emulgatorlar yoki sirt-faol moddalar, himoya kolloidlari va ba’zi bufer eritmalar bilan stabillanadi. Sirt faol moddalar sifatida – ishqoriy metallarning oleatlari, palmitatlari, lauratlari; aromatik sulfokislotalarning natriyli tuzlari, masalan, diizobutilnaftalinmonosulfokislotaning natriyli tuzi va h.k. ishlatiladi. Emulgatorlar monomer – suv sirti chegarasida sirt taranglikni kamaytirish va monomerning suvda emulsiyalanishini engillatish uchun ishlatiladi. Emulgatorlaring eruvchanligi past bo‘lgani uchun faqat kichik konsentratsiyalarda suvda eriydi, ya’ni molekulyar-dispergirlangan holatda bo‘ladi. Ma’lum konsentratsiyada yuqorida suvda erimagan sirt-faol moddaning ortiqcha miqdori mitsella deb ataluvchi molekulyar agregatlar hosil qiladi. Natijada molekulyar- eruvchi sirt faol modda va uning mitsellalari orasida muvozanat qaror topadi. Sirt faol modda suvda to‘liq eriydigan maksimal konsentratsiya yoki sirt faol modda faqat mitsella hosil qiladigan konsentratsiyadan yuqorisi “mitsella hosil qilish kritik konsentratsiyasi” (MKK) deb ataladi. 10-jadvalda ba’zi sirt faol moddalar va ularga mos MKK lar keltirilgan. Ma’lumki, emulgator molekulalari -COONa, -SO 3 Na, - NH 2 HCI yoki -NBr turidagi qutbli guruhlar birikkan uzun qutbsiz uglevodorod zanjiridan iborat. Mitsellalar hosil bo‘lganda emulgator molekulalari o‘zaro agregatlanadi va bunda ularning qutbli guruhlari tashqariga, 1-jadval Tipik sirt-faol moddalar va ularning MKKlari Sirt faol modda MKK, g/l Harorat, 0 С SSirt faol modda MKK, g/l Haro- rat, 0 C Anionli Kationli Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling