14-mavzu. Sanoatda polimerlarni olish usullari Reja


Polikondensatlanishning amaliy usullari


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana02.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1075312
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-MA\'RUZA

Polikondensatlanishning amaliy usullari 
Polikondensatlanish reaksiyasini monomerlarning suyuqlamasida, eritmasida, 
fazalarga ajralish chegarasida (fazalararo polikondensatlanish) hamda qattiq 
holatida olib borish mumkin. 
Monomerlarning suyuqlamasida polikondensatlanish reaksiyasi 200 – 2800S 
da, hatto undan yuqori haroratlarda olib boriladi. Bunda destruksiya jarayonini 
minimal darajaga keltirish uchun ko‘pincha reaksiya inert gaz atmosferasida yoki 
yuqori vakuumda olib boriladi. YUqori vakuumdan foydalanilganda reaksiyada 
ajralib chiqadigan past molekulyar moddalarni osonlik bilan yo‘qotish va 
muvozanatni polimer hosil bo‘lish tomoniga siljitish imkoniyati vujudga keladi. Bu 
usulning afzalligi shundaki, jarayonda erituvchi qatnashmaydi va polimer tez hosil 
H
2
C
O
O
C H
2
C H
2
O

h
[
]
C H
2
O n


bo‘ladi. Biroq kimyoviy jihatdan suyuqlangan polimerlarning yuqori haroratlarda 
parchalanishi mumkinligi tufayli bu usuldan foydalanish ancha chegaralangan, lekin 
poliefir va poliamidlarni olishda suyuqlamadagi polikondensatlanish usuli keng 
qo‘llaniladi. 
Eritmada polikondensatlash. Bu usulda reaksiya tezligi va polimer molekulyar 
massasiga reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyasi va erituvchi tabiati 
ta’sir o‘tkazadi; reaksiya vaqtida ajrab chiqadigan vodorod xloridni neytrallaydigan 
yoki ko‘p asosli kislota angidridlari bilan reaksion qobiliyatli komplekslar hosil 
qiladigan dimetilformamid, dimetilsulfoksid, dimetilanilin, piridin va boshqa 
erituvchilar, ayniqsa samarali. Bir monomerni ikkinchi monomer eritmasiga qo‘shib 
yoki monomerlarning bir xil yoki har xil erituvchilardagi alohida eritmalarini 
aralashtirib polimerning molekulyar massasini qo‘shilayotgan komponentlar 
miqdoriga qarab boshqarish mumkin. 
Ba’zan dastlabki monomerlar bilan aralashmay, reaksiya davomida gomogen 
sistema hosil qiluvchi erituvchilar ishlatiladi. Bunday holatlarda cho‘kmaga tushgan 
polimerlar makromolekulalar uchlaridagi funksional guruhlarni saqlagan holda uzoq 
vaqt o‘z faolligini yo‘qotmaydi va blok-sopolimerlar olishda ulardan foydalanish 
mumkin. Bu usul polikondensatsiyani suyuq fazada olib borish imkonini beradi va 
yuqori haroratda suyuladigan monomer va polimerlarning destruksiyalanishiga 
sabab bo‘ladigan haroratlardan pastda yuqori molekulyar massali poliamidlar 
turidagi issiqqa chidamli materiallar ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega. 
Eritmada polikondensatlash hosil bo‘lgan polimer eritmada bo‘lgani uchun 
(loklar, bo‘yoqlar, pardalar, yigiruv eritmalari va h.k.) sanoatda katta ahamiyatga 
ega. 
Past 
haroratlarda 
olib 
boriluvchi 
polikondensatlash 
usullaridan 
sopolikondensatlash reaksiyalarini olib borishda ham foydalanish mumkin. 
Fazalararo polikondensatlash. Fazalararo polikondetsatlash ikkita bir-biri bilan 
aralashmaydigan suyuqliklar yoki gaz va suyuqlik chegarasida sodir bo‘ladi. 
Fazalararo polikondensatlanish geterogen qaytmas jarayon bo‘lib, uning tezligi 


4-rasm. Fazalar orasidagi sirtdan hosil bo‘lgan poliamid tolasini uzluksiz chiqarib 
olish: 1 – yassi parda; 2 – diamin va asosning suvli eritmasi; 3 – fazalar orasida 
hosil bo‘lgan polimer parda; 4 –dixlorangidridning organik erituvchidagi eritmasi. 
reagentning fazalar oralig‘idagi sirtga diffuz-lanishi bilan xarakterlanadi. Ikkita bir-
birida aralashmaydigan suyuqliklar chegarasidagi polikon-densatlanish nisbatan 
to‘laroq o‘rga-nilgan. Boshlang‘ich reagentlar polikondensatsatlanishni olib borish 
uchun bir-birida aralashmay-digan alohida ikkita suyuqlikda eritiladi. Ular 
qo‘shilganda fazalarga ajralish chegarasida eritmadagi monomerning o‘zaro 
uchrashishi natijasida polimer hosil bo‘ladi. Reaksiyaga kirishuvchi moddalar 
molekulalari to‘liq uchrashishi uchun odatda fazalar aralashtiriladi. Fazalarga 
ajralish chegarasida masalan, poliamid yoki poliuretanlarni) yupqa polimer pardasi 
hosil bo‘ladi, agar bu pardani olib tashlansa, yana yangi parda hosil bo‘ladi. Shunday 
qilib, hosil bo‘lgan polimerni uzluksiz olib turish orqali monomerlarning hammasini 
polimerga to‘la aylantirish mumkin. Reaksion qobiliyati eng yuqori bo‘lgan 
monomerlar (dikarbon kislotalarning dixlorangidridlari, bisfenollar, diaminlar) dan 
fazalararo polikondensatlashda foydalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki 
bunda reagentlarni kontaktlash vaqti ancha qisqaradi. Bundan tashqari reaksion 
qobiliyati kuchli monomerlar past haroratda fazalararo polikondensatlanishni 
amalga oshirishga imkon yaratadi va amaliy jihatdan qo‘shimcha reaksiyalar 
ketmaydi. Fazalararo polikondensatlanish mexanizmi yaxshi o‘rganilmaganligi 
sababli reaksiyani olib borish sharoiti emperik yo‘l bilan aniqlanadi. Fazalararo 
polikondensatlanishning afzalligi reaksiya tezligining kattaligi va haroratining 
pastligidir. Bundan tashqari bu usul reagentlarni yuqori darajada tozalashni talab 
qilmaydi. Boshqa usullar bilan polimerlarni sintez qilish qiyin bo‘lgan hollarda 
fazalararo polikondensatlanish usulidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Qattiq fazada polikondensatlash. Polikondensatlashning bu turi qattiq fazada 
polimerlash bilan juda ko‘p umumiylikka ega bo‘lib, undan asosan zanjirli 
mexanizmda bormasligi bilan farqlanadi va makromolekulalarning choklanish 
jarayonlari va reaksiya sharoitida suyuqlanmaydigan issiqqa chidamli polimerlar 
hosil bo‘lishi bilan chambarchas bog‘langan. Mayda dispers qattiq monomerlar yoki 
oligomerlar qaynoq inert gaz bilan aloqada bo‘lgan hollardagi uning istiqbolli 
varianti psevdosuyuq qavat usulini qo‘llashga asoslangan. 
Qattiq fazada polikondensatlash va sopolikondensatlash suyuqlanish 
jarayonida parchalanadigan monomerlardan polimerlar olish uchun katta 
ahamiyatga ega; bunda somonomerlar yoki juda kam miqdorda erituvchilar 
kiritilganda reaksiya haroratini ancha kamaytirish imkonini beradi. Katalizator 
sifatida polimer molekulyar massasini bir vaqtda sozlovchi bo‘r kislotasi, magniy 
oksidi va mochevina xizmat qilishi mumkin. Qattiq fazada polikondensatlash 
usulidan diaminlar va dikarbon kislotalar tuzlaridan poliamidlar asosiy zanjirida 
geteroatom tutuvchi polimerlar, noorganik yuqorimolekulyar birikmalar va h.k.lar 
sintez qilish uchun foydalanish mumkin. Masalan, poliuretanlar olish uchun 
piperazin va etilenxlorformiatdan foydalaniladi: 


Poliamid esa piperazin va tereftal kislotasi xlorangidridining o‘zaro ta’siri 
orqali 
olinadi:
Monomerlarning suyuqlanish haroratlariga yaqin haroratlarda qattiq fazada 
polikondensatlash reaksiyalari yuqori tezlik bilan ketadi, ayniqsa harorat 
monomerning suyuqlanish haroratiga yaqinlashgan sari reaksiya tezligi keskin ortib 
ketadi. Odatda qattiq fazada polikondensatlash kukun holidagi chiziqli 
monomerlarni yoki undan tayyorlangan pardani qizdirish orqali amalga oshiriladi. 
Nazorat savollari va mashqlar 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling