14-mavzu. Sanoatda polimerlarni olish usullari Reja
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
14-MA\'RUZA
14-mavzu. Sanoatda polimerlarni olish usullari Reja 1.Eritmada, blokda, qattiq fazada, emulsion va suspension polimerlanish. 2.Eritmada, massada va fazalararo muhitda polikondensatlanish Polimerlashning amaliy usullari Polimerlashning quyidagi asosiy amaliy usullari mavjud: 1. Massada (blokda); 2. Eritmada; 3. Emulsiyada; 4. Qattiq fazada. Barcha polimerizatsion jarayonlarni ikki katta guruhga – gomogen va geterogen jarayonlarga ajratish mumkin. Birinchi guruhga hosil bo‘lgan polimerning o‘z monomerida yoki erituvchida to‘liq eriydigan sharoitda massada va erituvchida polimerlashni kiritilsa, ikkinchi guruhga hosil bo‘lgan polimerning alohida faza ko‘rinishida ajrab chiqishi bilan hamda ham suvda, ham organik muhitdagi dispersion polimerlanishning turli xillarini amalga oshiriladigan massadagi va erituvchidagi polimerlanish jarayonlarini kiritish mumkin. Geterogen sharoitlarda, dastlabki holatda reaksion sistemalar massadagi va erituvchidagi polimerlanishga o‘xshab gomogen bo‘lsa ham gaz fazali va qattiq fazali polimerlanish jarayonlari rivojlanadi. Keyingi vaqtlarda gazsimon yoki suyuq monomer organik yoki noorganik tabiatli qattiq sirtlarda polimerlanadigan geterogen sistemalar muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Massada polimerlash sanoatda polimer olishning eng keng tarqalgan usullaridan hisoblanadi. Bu usuldan sanoatda etilen, stirol, metilmetakrilat va boshqa monomerlarning polimer va sopolimerlarini olishda foydalaniladi. Polimerlashning bu usuli komponentlarning minimal soni bilan – faqat monomer va initsiator ishtirokida yoki initsiator o‘rniga yuqori energiyali nurlardan foydalanib amalga oshirilishi mumkin. Mazkur holat massada polimerlashni amalga oshirishning asosiy afzalligini belgilaydi. Massada polimerlab olingan polimerlar reaksion aralashmaga har xil komponentlar bilan kiradigan ifloslantiruvchilarning yo‘qligi hisobiga yuqori darajadagi tozaligi bilan farq qiladi. YAna bir afzalligi shundaki, texnologik jarayonlarda oqava suvlarning yo‘qligi, polimerizatsion muhitdan polimerni ajratib olish bosqichining yo‘qligidir. Massada polimerlash jarayonining asosiy kamchiligi jarayon tezligini va hosil bo‘layotgan polimerlarning molekulyar-massaviy xarakteristikalarini boshqarishni murakkablashtiradigan reaksiya issiqligini tortib olishning qiyinligidir. Monomerning kichik konversiyalarida massada polimerlash jarayonlarining o‘ziga xos kinetikasi radikal polimerlashning klassik qonuniyatlari, yuqori konversiyalarida esa gel-effektning namoyon bo‘lishi bilan tushuntiriladi. Massada yoki blokda polimerlashdan taxtalangan tiniq organik shisha yoki suyuqlantirib qayta ishlanadigan kukunsimon polimer olish maqsadida metilmetakrilat va stirolni radikal polimerlashda foydalaniladi. Mazkur usul bilan polivinilxlorid qatronlar olish uchun sanoatda vinilxorid ham polimerlanadi. Eritmada yoki lokli polimerlash reaksiya issiqligini samarali tortib olishni ta’minlaydi va jarayonni oson boshqarish imkonini beradi. SHunga qaramay eritmada polimerlash jarayoni blokda polimerlashga nisbatan sanoatda kamroq o‘z o‘rnini topgan. Bu avvalo reaksion aralashmadan polimerni ajratib olishga sarflanadigan katta harajatlar bilan bog‘liq. Ko‘proq bu usul olinadigan polimer lok ko‘rinishida ishlatilganda qo‘llaniladi.Bu reaksiyani amalga oshirish uchun monomer, agar kerak bo‘lsa, uzatish agenti ham inert erituvchida eritiladi. Radikal polimerlanish initsiatorlari ham reaksion aralashmada eritiladi, ionli initsiatorlar va koordinatsion katalizatorlar ham eritiladi yoki suspenziyalanadi. Inert erituvchining ishtirok etishi reaksion aralashma qovushqoqligining ortishini nazorat qilishni engillashtiradi va issiqlik o‘tkazishni yaxshi ta’minlaydi. Mazkur usulning asosiy kamchiligi shundaki, qanday inert erituvchi tanlab olingan bo‘lmasin, doimo erituvchiga zanjir uzatish ehtimolligi mavjud bo‘ladi va bu ancha yuqorimolekulyar mahsulotlar olishni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, hosil bo‘lgan polimerni erituvchidan uni bug‘latib yoki reaksion aralashmaga cho‘ktiruvchi qo‘shish bilan polimerni cho‘ktirib ajratish zarur bo‘ladi; keyin esa polimerni bu komponentlarning qoldiqlaridan butunlay tozalashdek murakkab ishni bajarish talab etiladi. Ba’zi holatlarda, yuqorida aytilganidek, ayniqsa, agar tayyor mahsulot polimerning eritmasi holida ishlatiladigan bo‘lsa, bu usul boshqalariga nisbatan ustunlik qiladi. Masalan, bu qator elimlar, adgezivlar, izolyasiyalovchi qoplamalar olishda yoki polimer o‘z monomerida erimay reaksiya davomida cho‘kmaga tushganda qo‘l keladi. Sanoatda bu usul akrilnitrilni radikal polimerlaganda va izobutilenni kation polimerlaganda ishlatiladi. Blok-sopolimerlar ham odatda eritmada polimerlash usuli bilan olinadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling