14-mavzu. Sanoatda polimerlarni olish usullari Reja


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana02.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1075312
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-MA\'RUZA

Suspenziyada va emulsiyada polimerlash. Suspenzion polimerlash bilan faqat 
suvda erimaydigan monomerlarni polimerlash mumkin. Monomerni suvda mayda 
tomchilar holida dispergatsiyalanadi, bular suvda eriydigan himoyalovchi 
kolloidlar, sirt faol qo‘shimchalar va aralashtirish bilan koalessensiyadan 
stabillanadi. Monomer hosil qilgan sharchalar o‘lchami monomerning suvga nisbati, 
stabillovchi agent xili va konsentratsiyasi hamda reaksion aralashmani aralashtirish 
tezligiga bog‘liq. 
Polimerlash uchun monomerda eriydigan initsiatorlardan foydalaniladi. 
Monomerning har bir sharchasi boshqa sharchalardan izolirlangani va mustaqil 
bo‘lgani uchun ularning har birini alohida mikroblok reaktorlar deb qarash mumkin. 
Monomer sharchalarini ajratib turuvchi uzluksiz suv fazasi issiqlikni samarali 
tashuvchi agent sifatida xizmat qiladi, natijada reaksiyaning ekzotermikligi 
muammo tug‘dirmaydi. Qolaversa, suvni issiqlik tashuvchi sifatida ishlatish 
eritmada polimerlashga nisbatan ancha iqtisodli. Monomerning hammasi juda ko‘p 
alohida mayda reaktorlardan iborat bo‘lgani uchun kinetik zanjir uzunligi ustidan 
nazorat o‘rnatish nisbatan oson va hosil bo‘lgan polimer tor molekulyar-massaviy 
taqsimotga ega bo‘ladi. Polimerlanish odatda yuqori miqdorda mahsulot hosil 
bo‘lish bilan kechadi va polimer sferik zarrachalar shaklida yoki donador bo‘ladi 
(shu sababli polimerlashning bu xili munchoqli yoki donador polimerlash nomi bilan 
ham ataladi). Tayyor mahsulot suvda oddiy filtrlash bilan oson ajratib olinadi va 


shundan keyin uni sirt-faol moddalar qoldiqlari yoki himoyalovchi kolloidlardan suv 
bilan yuvish orqali tozalanadi. Yuvilgan va quritilgan mahsulot o‘z ko‘rinishida 
ishlatiladi yoki uni bosim ostida quyish bilan qayta ishlanadi yoki polimerdan 
adgezivlar yoki turli xil qoplamalar sifatida foydalanilganda munosib erituvchilarda 
eritiladi. 
Suspenzion polimerlashdan radikal initsiatorlar ishtirokida donador polistirol 
(bundan ko‘pik polistirol olinadi), polistirol-divinilbenzol (ionalmashuvchi 
qatronlar tayyorlash uchun) va polivinilatsetat (keyinchalik polivinil spirtiga 
aylantirish uchun) olishda foydalaniladi. 
Emulsion polimerlashda monomer suspenzion polimerlashdagidek, suvli 
fazada alohida sharchalar shaklida dispergatsiyalanmay, birjinsli emulsiya shaklida 
bo‘ladi. Emulsiya emulgatorlar yoki sirt-faol moddalar, himoya kolloidlari va ba’zi 
bufer eritmalar bilan stabillanadi. Sirt faol moddalar sifatida – ishqoriy metallarning 
oleatlari, palmitatlari, lauratlari; aromatik sulfokislotalarning natriyli tuzlari
masalan, diizobutilnaftalinmonosulfokislotaning natriyli tuzi va h.k. ishlatiladi. 
Emulgatorlar monomer – suv sirti chegarasida sirt taranglikni kamaytirish va 
monomerning 
suvda 
emulsiyalanishini 
engillatish 
uchun 
ishlatiladi. 
Emulgatorlaring eruvchanligi past bo‘lgani uchun faqat kichik konsentratsiyalarda 
suvda eriydi, ya’ni molekulyar-dispergirlangan holatda bo‘ladi. Ma’lum 
konsentratsiyada yuqorida suvda erimagan sirt-faol moddaning ortiqcha miqdori 
mitsella deb ataluvchi molekulyar agregatlar hosil qiladi. Natijada molekulyar-
eruvchi sirt faol modda va uning mitsellalari orasida muvozanat qaror topadi. Sirt 
faol modda suvda to‘liq eriydigan maksimal konsentratsiya yoki sirt faol modda 
faqat mitsella hosil qiladigan konsentratsiyadan yuqorisi “mitsella hosil qilish kritik 
konsentratsiyasi” (MKK) deb ataladi. 10-jadvalda ba’zi sirt faol moddalar va ularga 
mos MKK lar keltirilgan. Ma’lumki, emulgator molekulalari -COONa, -SO
3
Na, -
NH
2
HCI yoki -NBr turidagi qutbli guruhlar birikkan uzun qutbsiz uglevodorod 
zanjiridan iborat. Mitsellalar hosil bo‘lganda emulgator molekulalari o‘zaro 
agregatlanadi va bunda ularning qutbli guruhlari tashqariga, 
1-jadval 
Tipik sirt-faol moddalar va ularning MKKlari 
Sirt faol modda 
MKK, 
g/l 
Harorat, 
0
С 
SSirt faol modda 
MKK, 
g/l 
Haro-
rat, 
0

Anionli 
Kationli 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling