14-mavzu. Sanoatda polimerlarni olish usullari Reja
Nazorat savollari va mashqlar
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
14-MA\'RUZA
Nazorat savollari va mashqlar
1. Polimerlanish tezligi harorat ko‘tarilishi bilan ortsa, jarayon radikal mexanizmda boradimi yoki ionli mexanizmda boradimi? Harorat ta’siridan tashqari initsirlash mexanizmini aniqlash uchun yana qaysi tajriba usullaridan foydalanish mumkin? 2. Ionli polimerlanish bilan radikal polimerlanishning qanday umumiy tomonlari bor? 3. Ionli polimerlanish reaksiyalariga katalizator tanlash nimaga asoslangan? 4. Kation polimerlanish mexanizmi va uning qonuniyatlari. 5. Stirolning SnCI 4 ishtirokida polimerlanish mexanizmini yozing. 6. Akrilnitrilning NaNH 2 ishtirokida anion polimerlanish reaksiyasi mexanizmini yozing. 7. Polikondensatlanish va polimerlanish reaksiyalarining asosiy farqlari. 8. Polikondensatlanish reaksiyasining yo‘nalishi qanday mezonlarga bog‘liq? 9. Muvozanatli va muvozanatsiz polikondensatlanish tushunchalari. 10. V.V.Korshakning noekvivalentlik qoidasi. 11. Karzers tenglamasining ahamiyati nimada? 12. Polikondensatlanish reaksiyasida qanday destruktiv reaksiyalar mavjud? 13. Polikondensatlanish reaksiyasiga harorat qanday ta’sir qiladi? 14. Eng ko‘p tarqalgan polikondensatsion polimerlarning olinishini yozing. 15. Bosqichli (migratsion) polimerlanish va uning polikondensatlanishdan farqi. 16. Polikondensatlanishda polimerning molekulyar massasi qanday omillarga bog‘liq? 17. Reaksiya unumi 99,5% bo‘lgandagi 15000 molekulyar massali poliamid olish uchun adipin kislotasi va geksametilendiaminning boshlang‘ich nisbati qanday bo‘lishi kerakligini hisoblang. Bunday polimer makromolekulalari uchlarida qanday guruhlar bo‘ladi? Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling