14-mavzu. Statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarni dori vositalari bilan ta'minlash


Bo‘limlardan dori vositalarini talabnomalar asosida berish tartibi


Download 55.5 Kb.
bet3/6
Sana11.05.2023
Hajmi55.5 Kb.
#1453740
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarni dori

3. Bo‘limlardan dori vositalarini talabnomalar asosida berish tartibi
Dorixona ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruq va farmoyishlariga hamda boshqa amaldagi me’yoriy hujjatlar talablari asosida olib boradi. Dorixonada miqdoriy hisobga olinadigan dori vositalarining ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi buyruqlari asosida tasdiqlanadi va ularning hisobi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.maxsus jurnallarda olib boriladi. Ushbu jurnallar to‘lgandan so‘ng amaldagi me’yoriy hujjatlar talablari asosida saqlanadi va saqlash muddati tugagandan so‘ng belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
Davolash-profilaktika muassasalarining bo‘limlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni talabnoma asosida dorixonadan oladi. Talabnomada muassasaning shtampi, muhri bosilgan bo‘lishi shart va u rahbar yoki davolash ishlari bo‘yicha rahbar muovinining imzosi bilan tasdiqlanadi. Talabnomada dori vositasining nomi, dozasi, turi (tabletka, ampula, surtma, qalamcha va boshqalar), umumiy miqdori va o‘ram turi (quti, flakon va boshqalar) ko‘rsatiladi.
Talabnomada dori vositasining nomi lotin tilida yoziladi va qo‘llash usuli ko‘rsatiladi (ichish uchun, ineksiya uchun, sirtqi, ko‘z tomchisi va boshqalar). Agar talabnoma (dori vositasi) ma’lum bir bemor uchun yozilsa, unda bemorning familiyasi, ismi, sharifi, kasallik varaqa raqami ko‘rsatiladi. Dorixonadan dori vositalari mas’ul xodim tomonidan davolash-profilaktika muassasa bo‘limi hamshirasiga talabnoma asosida beriladi. Talabnoma ikki nusxada to‘ldiriladi, bittasi dorixonada hisobot uchun olib qolinadi, ikkinchisi berilgan tovar bilan bo‘limga qaytarib beriladi.

4. Shifoxonada formulyar tizimini qo‘llanilishi


Sog‘liq fuqarolarning asosiy xaq-xuquqlaridan biridir. Asosiy dori vositalarini o‘z ichiga olgan tibbiy sanitar yordamlaridan foydalanishning osonligi ana shunday xaq xuquqlaridan biri xisoblanadi. Agar dori vositalari iqtisodiy arzon, lozim darajada sifatli, oqilona foydalanishga yaroqli bo‘lsa, salomatlik – bilan bog‘liq qator muammolarni samarali, iqtisodiy foydali xal etish imkonini berishi mumkin.
Tibbiy yordam sifati:
— bu ko‘rsatilgan tibbiy yordam bilan olingan natijaning zamonaviy tibbiyotning ilmiy va amaliy xolatiga mosligidir.
Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha dori vositalarining o‘n mingdan ortiq turlari mavjud bo‘lib, bu ko‘rsatkich doimiy ravishda o‘sib bormoqda.
Dori vositalari to‘g‘risidagi katta axborot oqimi amaliyot o‘tayotgan shifokorlar ishini murakkablashtirib qo‘yadi va ular axborot oqimi ichidan xaqiqatdan ham samarali, havfsiz va nisbatan qimmat bo‘lmaganini ajratishda qiynalib qolishadi. Xuddi shu kabi qiyinchiliklar byudjet mablag‘laridan samarali va to‘liq foydalanish asosida aholini dori vositalari bilan ta’minlash davlat dasturlarini moliyalashtiruvchi sog‘liqni saqlash tashkilotlarining ham muammosidir. Bular quyidagi muammolardir:
— dori vositalari sotib olish uchun ajratilgan mablag‘larning chegaralanganligi;
— terapevtik muqobil davolashlar sonining doimo ortib borishi; –dori vositalarining noto‘g‘ri ko‘rsatilishi va ishlatilishi;
— dori bozorida samarasiz va havfli ta’sirga ega bo‘lgan dori vositalarining mavjudligi;
— dori vositalari ta’siri haqidagi ob’ektiv axborotning kamligi;
— dori vositalarining keng savdo nomlanishidagi miqdorini sotib olish, saqlash va ta’minlash juda qimmat ekanligi;
— dori bozorida mavhum ta’sirga ega bo‘lgan dori vositalarining mavjudligi.

Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling