14-mavzu: tayyor mahsulot va uning


Tayyor mahsulotni jo‘natishni hisobga olish


Download 41.64 Kb.
bet5/12
Sana20.06.2023
Hajmi41.64 Kb.
#1634602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
14 tayyor mahsulot

4. Tayyor mahsulotni jo‘natishni hisobga olish
Ombordan tayyor mahsulot haridorlarga korxonaning sotish bo‘limi buyrugiga asosan jo‘natiladi. Mahsulotni sotish haridor korxonalar bilan tuzilgan shartnoma va jo‘natish grafigiga muvofiq amalga oshiriladi. Sotish rejasini bajarishda haridorlarga jo‘natil­gan mahsulot hisobini to‘g‘ri tashkil qilish muhim ahamiyatga egadir. Buni mahsulot ortib jo‘natishdan tortib to uning uchun haridorlardan pul kelib tushguncha bo‘lgan tovar mahsulotning harakatini doimiy ravishda kuzatib turish kerak Bunday nazorat har bir dastlabki hujjat bilan jo‘natilgan tovar mahsulot bo‘yicha alohida yuritilib, shu mahsulotning qachon va kimga jo‘natilganligi, uning yuldagi harakatiga kancha vaqt ketishi kerakligi va haqiqatda qancha vaqt ketganligi, qanday haridorlar mahsulotni kachon qabul qilib olganliklari va qachon pulni to‘lash kerakligi, qanday haridorlar ularga junatilgan mollar uchun pul to‘lamagan va nima uchun to‘lanmaganligini, xullas, yuldagi barcha tovar mahsulotning takdiriga doir masalalar haqida xabardor bo‘lib turish imkonini beradi
Mahsulotning ombordan ketishini rasmiylashtiruvchi hujjat- asosida haridorlarga jo‘natilayotgan tayyor mahsulotga schyot, to‘lov talabnomasi yoziladi va tovar oluvchi korxonaga xizmat qiluvchining bankiga topshiriladi.To‘lov-talabnoma. Mol yetkazib beruvchining schyot-fakturaga mos ravishda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati uchun haridorning hisob-kitob schyotidan pulni o‘tkazib berish to‘g‘risida bankka bergan buyrug‘idir. Unda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati va sotish bahosi, soni, assortimenti kayd qilinadi (bu holatda schyot-faktura, albatta, to‘lov-talabnomasiga ilova qilinishi lozim). Schyot-faktura yoki to‘lov talabnomasining alohida bandlarida tomondan to‘lanadigan temir yul bo‘yicha tarif summasi ko‘rsatiladi. Ba’zida haridor tomonidan tulanishi lozim bo‘lgan temir yul tarifi bo‘yicha summaga umumiy mahsulotning sotish bahosi qo‘shib ko‘rsatilishi mumkin. Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi alohida bo‘lmada ko‘rsatiladi. Mol yetkazib beruvchi bilan haridor o‘rtasida tuzilayotgan shartnoma vaqtida franko joy to‘g‘risida tuxtalib o‘tiladiki, bunda mahsulotni ortib jo‘natish bilan bog‘liq harajatlarni Mol yetkazib beruvchi o‘z zimmasiga oladi. Franko joyning quyidagi turlari mavjud:

Download 41.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling