14-mavzu: tayyor mahsulot va uning


|K-t 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»


Download 41.64 Kb.
bet7/12
Sana20.06.2023
Hajmi41.64 Kb.
#1634602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
14 tayyor mahsulot

|K-t 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot».
Jo‘natilgan tovarlarning analitik hisobi o‘z vaqtida bank inkassasiga berilgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha, to‘lash muddati etgan va to‘lash muddati etmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha alohida hamda to‘lashga qabul kilinmagan, ma’sul shaxsda bo‘lgan jo‘natilgan tovarlar alohida hisobga olinadi.


5.Sotish harajatlari hisobi
Mahsulotni realizatsiya qilish bir kancha harajatlarni keltirib chiqaradi. Bunday turdagi harajatlar sotish harajatlari deb yuritiladi. Ushbu turdagi harajatlarni to‘g‘ri, aniq va o‘z vaqtida ,aks ettirish har bir korxonaning moliyaviy natijalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi Sotish harajatlarini hisobga olish «Harajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga asosan amalga oshiriladi. Nizomga binoan sotish harajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

  • temir yul, suv, avtomobil, ot-ulovda tashish harajatlari hamda transport vositalari bekor turib kolganligi uchun tulangan jarimalar;

  • savdo va umumiy ovkatlanish korxonalarining ish harajatlari;

-mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog‘liq mehnatga haq to‘lash harajatlari, ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari;

  • ularning ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;

  • savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga
    olish, saqlash va tuzatish harajatlari;

  • asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

- sanitariya kiyim-boshi, oshxona dasturxon va sochiqlari, oshxona idish-tovog‘i va anjomlari eskirishi;

  • gaz, yoqilgi, elektr energiyasi harajatlari;

  • tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish harajatlari;
    -savdo reklamasi harajatlari;

-tashish, saqlash va sotish chog‘ida tovarlarning norma doirasida va undan ortiqcha bo‘lishi
-o‘rash-joylash materiallari harajatlari; -mol-mulkni majburiy sug‘urta qilish harajatlari;
- mehnatni muxofaza qilish va texnika xavfsizligi harajatlari;
- ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini o‘rnatish va
saklash, tuynuklar, boshkalarning atrofini o‘rash bo‘yicha joriy (nomukammal tusdagi) harajatlar;
-maxsus kiyim-bosh va poyafzalni yuvish va tuzatishga materiallar qiymati; -umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun tibbiyot muassasalariga hak to‘lash;
- kassa xo‘jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari;

  • umumiy ovkatlanish korxonalarida kogoz salfetkalar, krgoz dasturxonlar, kogoz
    stakanlar va tarelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati;

  • sotish bozorlarini urganish bo‘yicha belgilangan normativlar doirasida va undan
    ortiqcha harajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan harajatlar);

  • ilgari ish joyi bo‘yicha lavozim oklad miqdorini saklagan holda boshqa tashkilotlar
    korxonalardan, shuningdek vaqtinchalik o‘rindoshlik bo‘yicha xodimlarga to‘lanadigai
    okladlardagi farq

  • sovun, apteka, dori-darmon vositalarining qiymati;

  • soliqlar (er uchun, mulk uchun, avtotransport vositalari uchun);

-umumiy foydalanishdagi avtomobil yullarini saqlashga va ta’mirlashga
ajratmalar;
-bank xizmatlariga to‘lovlar;
Yukorida biz keltirgan harajatlar 9410-«Sotish bo‘yicha harajatlar» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq tranzit hisobvaraq bulib, kaysi davr bo‘lmasin, uning oy boshida qoldiq summasi bo‘lmaydi. Uning debet tomonida tovarlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar ko‘rsatilsa, kredit tomonida ushbu harajatlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bu summa foydaning kamayishiga olib keladi, ya’ni foyda hisobidan qoplanadi.
9410-«Sotish bo‘yicha harajatlar» hisobvarag‘ining analitik hisobi 15-sonli qaydnomada harajatlarning debet va kredit oboroti bo‘yicha ko‘rsatiladi. Debet oborotining jami summasi №1, 2, 7, 10/1-jurnal-orderlarida aks ettirilsa, kredit bo‘yicha oborot summalari esa №11 –jurnal
order da aks ettiriladi.Sotish harajatlari har oyda to‘liq summada quyidagi yozuv bilan moliyaviy natijalarga o‘tkaziladi:
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
K-t9410-«Sotish harajatlari».

Download 41.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling