Franko-ombor Mol yetkazib beruvchi. Bunda mahsulot ortib jo‘natish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha harajatlarini Mol yetkazib beruvchi korxona to‘lov-talabnomasiga qo‘shadi (ombordagi ortib tushirish ishlarining qiymati temiryul tarifi va etkazib berish harajatlari).
Franko-stantsiya jo‘natish shunday narxki, u Mol yetkazib beruvchi to‘lov-talabnomasining summasi, temir yul tarifi va mahsulotni vagonga ortish harajatlari yigindisidan iborat.
Belgilangan stantsiyagacha franko vagon shunday narxki, bunda Mol yetkazib beruvchi to‘lov talabnomasiga faqat temir yul tarifi summasini qo‘shadi.
Belgilangan stantsiyagacha franko. Bunda jo‘natish bo‘yicha barcha harajatlar temir yul tarifi qo‘shilgan holda Mol yetkazib beruvchi tomonidan to‘lanadi.
Narxning franko ombor haridor turida Mol yetkazib beruvchi ko‘rsatilgan harajatlardan tashqari haridorning stantsiyadagi ortib tushirish ishlari, uning ombordagi va omboriga etkazib berish ishlari bo‘yicha harajatlarni to‘laydi (qoplaydi). Bizning respublikamizda eng keng tarkalgan turi franko stantsiya junatish hisoblanadi.
Xo‘jalik shartnomasi - bu korxonalarning xo‘jalik munosabatlari urnatish haqidagi o‘zaro kelishuvidir. Shartnoma tomonlar majburiyati va xuquqlarini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Yuz bergan sharoitni hisobga olib vaqti-vaqti bilan shartnoma shartlari ko‘rib chiqilishi va ularga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Agar korxona belgilangan nomenklaturadagi mahsulotni jo‘natish yuzasidan shartnoma shartlarini buzsa, u holda ushbu korxonaga nisbatan jazo choralari qo‘llanadi. Demak shartnoma bilan rasmiylashtirilgan har bir rejali buyurtma korxona xodimlari bajarishi shart bo‘lgan qonundir. Bunday tartib ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yuqori ish unumdorligiga erishishni ta’minlaydi. Belgilangan muddatda mahsulot sotish rejasining bajarilmaganligi uchun jarima to‘lash chorasi qo‘llaniladi. Jarima miqdori mahsulot sotish shartlariga karab aniqlanadi. Tayyor mahsulotlarni haridorlarga jo‘natish haridor bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda jo‘natiladigan mahsulot muddati, miqdori, qiymati va hisob-kitob shartlari keltiriladi. Jo‘natilgan mahsulot schyot-faktura, chiqim hujjati, to‘lov talabnomasi va boshqa hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Mahsulotlar haridorlarga junatilganida jo‘natilgan tovar qiymatiga quyidagicha provodka beriladi
D-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi»
Do'stlaringiz bilan baham: |