14-Seminar mavzu: Tarixiy metrologiya. Qadimgi Sharq davlatlari o‘lchov birliklari. O‘rta Osiyoda qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari. (2 soat)
I.DARSNING O`QUV VA TARBIYAVIY MAQSADI
Download 465.98 Kb. Pdf ko'rish
|
14-Seminar mavzu Tarixiy metrologiya. Qadimgi Sharq davlatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.DARS O`TISH VOSTALARI
- IV.DARSNING XRONOLOGIK XARITASI
I.DARSNING O`QUV VA TARBIYAVIY MAQSADI:Talabalarga ushbu
mavzu bo`yicha tushuncha berish, shuningdek turli davrlarda tadqiqotchilar tomonidan mavzuga berilgan ta`riflarni talabalarga tushuntirish, mavzuning muhimligi va dolzarbligidan talabalarni xabardor etish. II.DARS O`TISH VOSTALARI:Doska,plakat,fan yuzasidan manba va adabiyotlar,tarixiy malumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`at, foto suratlar. III.DARS O`TISH USULLARI:Takrorlash,suhbat va savol-javob mavzuni o`zlashtirshni mustahkamlash,jonli muloqat o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlasga o`rgangan holda fikr mulohozalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular,tayanch iboralardan savol tashlanadi.O`qituvchi va talabalar o`rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma materiallar orqali talabaning mavzuni o`zlashtirishiga ko`maklashish. Talabalarni voqealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish.Iboralarni izohlash va unga tahlil berish. IV.DARSNING XRONOLOGIK XARITASI-80minut. V.O`QITUVCHI DARS DAVOMIDA QUYIDAGI ISHLARNI BAJARADI: 1.Tizim: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi,sanitariya holati-2 minut. 2.Talabalarning davomati -3 minut. 3.Hafta davomida bo`lgan yangiliklar -5 minut. 4.Talabalarga yangi mavzuni tushuntirish -60 minut. 5.Dars yuzasidan talabalarni zarar adabiyotlar bilan tanishtirish -5 minut. 6. Uyga vazifa berish -5 minut. 1.Tarixiy metrologiya fanining predmeti, maqsadi, vazifasi va rivojlanish bosqichlari. Metrologiya - (grekcha ―metron‖ so‘zi - o‘lchov, va ―logos‖-so‘z, fan deganidir) yordamchi fanlaridan biri bo‘lib, u turli o‘lchov birliklarini o‘rganadi. Tarixiy metrologiya o‘lchov sistemalarini har bir tarixiy bosqichdagi rivojlanishini, o‘zgarib borishini aniqlaydi. Bizga ma'lumki, yer maydonlari o‘lchovi, solik solish, pul sanog'i sistemasi davr o‘zgarishi bilan aniq sabablarga ko‘ra o‘zgarib borgan. O‘lchov sistemasini o‘rganishga tarixiy nuqtai-nazardan yondashish zarurligini sharoitning o‘zi taqozo qiladi, chunki o‘tmish davr o‘lchovlari sistemasi Hozirgi zamonnikidan farq qilgan. Zamon va vaqt o‘tishi bilan o‘lchov sistemasi doimo o‘zgargan, har bir tarixiy davrning o‘zida turli hududularda har xil o‘lchov birliklari qo‘llanilgan. Mana shularning hammasi o‘lchov sistemasini tarixiy jixatdan o‘rganishni taqozo etadi. XI asr oxiridan kitob va traktatlarda metrologiya termini bilan bog`liq o`lchovlar uchraydi. Predmet sifatida lineyka, kvadrat, kub, og`irlik, vakt va kimmat tangalarda o`lchovlari ishlatilib ular xar bir davlatda va xatto bir davlat ichidan shaxarlarda turlicha bo`lgan. Bularga xisob o`lchovlari va maxsulot ham, masalan: "dyujina", "gros", "stopa", "mook", "pasma" kabi terminlar ishlatilgan. Buyuk fransuz inqilobi davrida yaratilgan o`lchovlarning metrik sistemasi metrologiya rivojining burilish pallasi bo`ldi. Bu sistemasi ko`plab davlatlarda qiyinlashtirilgan va chalkashtiruvchi milliy va maxalliy o`lchovlarning qo`llanishiga chek qo`ydi. Buyuk Britaniya va bir qancha boshqa davlatlarda maxalliy o`lchovlar saqlangan, ammo ular va fan nuqtai nazaridan qo`llaniladi. Yagona o`lchov va og`irliklar ko`plab davlatlardagi avvalgi metrologiyaning maxsus tarixiy tartibga bo`ysunuvchi zamonaviy umumiy metrologiya ijtimoiy iqtisodiy xo`jalik huquq madaniy tarixni o`rganishda zarurdir. Tarixiy metrologiyaning alohida manbalalarini ishlab chiqish ba'zi Yevropa mamlakatlarida XVI asrdan boshlangan. Rossiyada esa bu sohaga qiziqish XVIII- asr ikkinchi yarmi XIX asr boshlarida tarixchilar orasida paydo bo‘ldi. 1849-yilda F.I.Petrushevskiyning ―Umumiy metrologiya‖ deb nomlangan yirik asari nashrdan chiqdi. Bu bosiqchda metrologiyaning asosiy vazifasi aloxida o‘lchovlarni ro‘yxatga olish va turli tarixiy davrlarda ular O‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish edi. XIX asr ikkinchi yarmida Prozarovskiy, Nikitskiy, Kaufmanlarning o‘lchov sistemalarini o‘rganishga bag'ishlangan asarlari yaratiladi. Bu ishlarning yakuni sifatida Kuznesovning ―Qadimgi rus metrologiyasi‖ deb nomlangan asari 1913- yilda nashrdan chiqdi. Sobiq sho‘ro zamonida bu fanga e'tiborning ancha oshuvi natijasida Ribakov, Yanin, Smirnov, Shunkov, Kamensevalarning metrologiya haqidagi qator qimmatli asarlari bosilib chiqadi. 30-40-yillarda Ustyugov va Yerepninlarning umumiy metrologiya kursidan ma‘ruzalari chiqadi. 1965-yilda esa bu avtorlarning ―Rus metrologiyasi‖ deb nomlangan o‘quv qo‘llanmasi nashrdan chiqdi. Metrologiya qadim zamonlarda vujudga kelgan. Ma'lumki, o‘lchovsiz turar joy qurib bo‘lmaydi, mehnat quroli yasab bo‘lmaydi, kiyim-kechak tikib bo‘lmaydi. Ibtidoiy davrlarda qabilalar O‘rtasidagi ayirboshlashning paydo bo‘lishi va taraqqiy etishi bilan o‘lchovlarga ehtiyoj juda o‘sadi. Buning oqibatida turli xalqlar O‘rtasida mavjud bo‘lgan taxminiy va shartli o‘lchovlar o‘zaro aloqadorligi oshuvidan o‘lchov ekvivalentligi vujudga keladi. Inson qismlari Qadimgi o‘lchovlar asosini tashkil etgan. Bular: barmoq, tirsak, qadam, bo‘q'in, qarich, quloch, kaft, musht. Har bir fan predmetidan tashqari o‘z vazifalarini, masalalarini yechadigan manbalarga ham ega. Bu fikr metrologiya faniga ham tegishli. Metrologiya manbalariga hammadan ilgari buyum yodgorliklari kiradi. Bular nimalarq qadim zamonlardan to Hozirgi kunga qadar yetib kelgan o‘lchov etalonlari bo‘lib, ular masshtabli chizg'ichlar, tangalar, og'irlik toshlari, qadoq toshlar-tarozi toshlari, arxitektura inshootlari va boshqa standart o‘lchovli buyum yodgorliklaridir. Tarixiy metrologiyani o‘rganishda yozma manbalar qimmatbaho ashyo bo‘lib hisoblanadi. Juda ko‘p muxim ma'lumotlar qonun chiqarish aktlarida saqlanadi. XVIII asr birinchi yarmida Rossiyada rus fo‘nti va arshinining aniq o‘lchovi qonun bilan belgilangan. XIX asr metrologiya va pul hisobi belgilangan va kuchga kiritilgan. Rossiyada XVIII asrgacha bu xildagi aktlar bo‘lmagan. Biroq, XV-XVII asrlarda ―Savdo kitobi‖, ―Hisob kitobi‖ singari maxsus sprovochniklar tuzilgan. Bu spravochniklar yordamida yer o‘lchovchilar, savdogarlar, sarroflar o‘lchov va og'irliklar haqida qimmatli ma'lumotlarni bilib olganlar. Metrologiya manbalaridan yana biri yilnomalar, bojxona yorliqlari, kitoblari, turli qayd va daftarlari, sayoxatchilar yozma bayonlari, shartnomalar va turli xujjatlardir. Yuqorida keltirilgan metrologik manbalar qimmati teng emas. Chunki, XVIII asr va keyingi zamonlar ma'lumotlari har bir davr metrologik tizimi va aloxida o‘lchovlar haqida ancha aniq tasavvurlar beradi. tariximizning ilk davriga oid manbalar esa o‘zida uzuq-yuluq va tasodifiy ma'lumotlarni qamrab olgan. Manbalarning o‘ziga xosligi ularni o‘rganish uslublarini ham belgilab beradi. Birinchidan har manbaning haqiqiy, asl xujjat ekanligini aniqlash lozim. So‘ngra unga keltirilgan ma'lumotlar shubxasiz to‘g‘riligiga ishonish mumkin. Agar bu manba buyum yodgorligi bo‘lsa, uning ilk taxririni topib, so‘ngra taxlil qilmoq kerak. Ko‘pgina manbalar rasmiy harakter kasb etmaganligi uchun ularda keltirilgan ma'lumotlar shubxasiz to‘g‘riligi va aniqligini o‘rnatish uchun boshqa davrlarga tegishli manbalar bilan solishtirib, taqqoslash yo‘li metrologiyada qo‘llaniladi. Bordiyu manbaga oid ma'lumotlar ilgarigi zamon xujjatlaridan topilmasa, keyingi davrlar va xatto Hozirgi zamon yozma manbalaridan izlanib, taxlil qilinadi. Bu sohada ba'zi holatlarda chet el metrologik tizimiga ham murojaat etib, masalani oydinlashtirishga erishi O`lchovlar rivoji avvalo jamiyatning ishlab chiqarish xolatlari bilan bog`liqligidir. Ishlab chiqarishning o`sishi o`lchovlarning ko`p qirralikdan yagonalikka olib borishini belgilaydi. Tarixiy metrologiyaning vazifasi nomlarini aniqlash, ularning sanogi va ularning katta kichiqligini xozirgi metrik o`lchovlarga qanchalik moslik darajasini o`rganishdir. Tarixiy metrologiyaning ahamiyati ayniksa ijtimoiy-iqtisodiy manbalarni o`rganishda xissasi kattadir, chunki ularning real o`lchovlarini bilmay, maxsulotning baxosi, maydonining kattaligi, savdo oborotoning kay darajadaligini bila olmaymiz. Metrologiya manbaning joyi va sanasi xaqida so`z ketsa, uning usha joy va sanaga mosligini aniqlaydi. Metrologiya manbalariga turli tangalar, lineykalar,yozma yodgorliklar kiradi. Insonning turar-joy ko`rishi mexnat kurollari yaratishi bilan o`lchovlar paydo bo`lgan. Vavilonda maydonning kichiq o`lchovi va og`irlik "don" deb, maydon o`lchovi esa, "she" deb atalib, u 0,2 kv. metrga "sheum" esa, 46 metrga teng bo`lgan. Xindistonda "pal" 3 sholi doni uzunligi aniqlangan. Aniq o`lchamlar xo`jalik xayotining rivoji, savdo o`sishi va madaniyatning boyishi bilan bog`liq. Download 465.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling