14-sonli nazorat varaqasi


Download 221.57 Kb.
bet2/15
Sana16.04.2023
Hajmi221.57 Kb.
#1358573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
statistika shp

15-sonli NAZORAT VARAQASI

  1. Tashish statistikasi (maqsadi, o‘rganish predmeti, vazifalari, hususiyatlari; bo‘limlari: yuk tashish, yo‘lovchilarni tashish, bagaj va pochta). Yuk tashish statistikasi temir yo‘l transporti statistikasining, asosiy bo‘limlaridan birihisoblanadi. Yuk tashish statistikasi temir yo‘l transportining asosiy vazifasi, ya’ni yuk, yo‘lovchi, qo‘l yuki tashishni o‘rganadi. Tashish statistikasining ma’lumotlari ishlab chiqarishni mamlakat miqyosida joylashtirish, temir yo‘l transportidan foydalanish va tashishni tashkil etish maslalarini yechish uchun keng qo‘llaniladi, uning boshqaruv tashkilotlari uchun tezkor-taqsimlash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular temir yo‘l transportining, yuk va yo‘lovchi tashish umumiy hajmidagi, salmog‘ini tavsiflashga imkon yaratadi. Yuk tashish statistikasining vazifasi. Tashish to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarning vazifalari turlicha bo‘lganligi sabab, ular quyidagi ikki guruhda ifodalanadi: a) yuk tashish statistikasining mamlakat iqtisodiyoti oldidagi vazifasi quyidagilarni tavsiflashdan iborat:temir yo‘l transporti mahsuloti va yuk tashish hajmini, umumiy transportning bir bo‘lagi tarzda,tavsiflash; mamlakat iqtisodiyotining asosiy mahsulotlari bo‘yicha tuman va hududlararo aloqani tavsiflash; aholining harakatchanlik darajasini, mamlakat, uning alohida hudud va tashish sifati hamda iqtisodiyot tarmoqlari va aholi etiyojini qondirish darajasini ta’minlovchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish; b) yuk tashish statistikasining tarmoq, ya’ni temir yo‘l transporti oldidagi vazifasi quyidagilardan iborat: yuk jo‘natuvchilarning, tashishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasini baholash va tahlil qilish uchun asos sifatida, tashish hajmi va tarkibini tavsiflash; ilmiy bashoratlash uchun tashish rivoji qonuniyatini o‘rganish; noratsional tashishni aniqlash; temir yo‘ldagi tashish sifati darajasini tavsiflab beruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish. Yuk tashish hisobini tashkil etish Kuzatuv obyekti. Yuk tashish statistikasida kuzatuv obyekti bo‘lib, huquqiy kuchga ega bo‘lgan yuk xati hujjati asosida, tashiladigan jami tovar-moddiy boyliklar xizmat qiladi. Kuzatuv birligi-jo‘natma kuzatuv birligi bo‘lib xizmat qiladi.

2)YUk tashish jarayonini statistik kuzatishini tashkil etish (kuzatish birligi, yuk tashishning o‘rtacha uzoqligi, yuk tashish zichligi, yuk tashish o‘rtacha tezligi, tashishning o‘rtacha davomiyligi, yuk vagonning ko‘tarish qobiliyati). Yuk tashishning hajm ko’rsatkichlari tashilgan yuklarning miqdorini va bosib o’tgan masofasini ifodalaydi. Yuk tashish hajmi tonna o’lchamida hisoblanadi va quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi: «jo’natilgan» ( ), «qabul qilingan» ( ) , «tashilgan» ( ). Muayyan masofaga tashilgan yuklarning hajm ko’rsatkichi yuk tashish aylanmasi deb nomlanadi ( ), u jo’natilgan har bir yuk miqdorini bosib o’tgan masofaga ko’paytmasi tarzida hisoblanadi. Yuk tashishning hajm ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
Jo’natilgan yuklar = maxalliy tashish+ yuklar chiqishi;Keltirilgan yuklar = maxalliy tashish+ yuklar kirishi;
Qabul qilingan yuklar = olib kelingan yuklar + tranzit yuklar;Topshirilgan yuklar = yuklar chiqishi + tranzit yuklar;
Tashilgan yuklar = jo’natilgan yuklar + qabul qilingan yuklar+ keltirilgan yuklar + topshirilgan yuklar.
Yuk tashish statistikasida quyidagi sifat ko’rsatkichlari aniqlanadi: yuklarni tashish o’rtacha masofasi, yuklarning tashish o’rtacha zichligi, yuklarni etib kelish o’rtacha davomiyligi va o’rtacha tezligi, vagonning o’rtacha statik va dinamik yuklanish. Yuklarni tashishning o’rtacha masofa ko’rsatkichi (lg ) yuk aylanma miqdorini (tarif tonna-km ΣRgl ) tashilgan yuklar hajmiga (ΣRg ) bo’lish natijasida aniqlanadilg = ΣRgl / ΣRg
Yuklarni tashishning o’rtacha zichligi (fg) quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:lg = ΣRgl / ΣLe .
bu yerda: Le – temir yo’l tarmog’idagi foydalanish masofasi.
Yuklarni o’rtacha yetib kelish davomiyligi (tdb) quyidagicha aniqlanadi:tdb=Σtd*b / Σb yoki tdr=Σtd*r/ Σr
bu yerda: tdb – o’rtacha etib kelish davomiyligi; td – bir jo’natmaning davomiyligi; Σb – jo’natmalar soni; Σb – har bir jo’natma og’irligi.
Yuklarning yetib kelish o’rtacha tezligi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:Sdb= Σl / Σtd yoki Sdr= Σl * r/ Σtap
bu erda: Sdb – etib kelish o’rtacha tezligi; tap – bir jo’natmaning davomiyligi; l – bosib o’tilgan masofa, km.
Vagonning o’rtacha statik yuklanishi (r), jami ortilgan yuklar og’irligini ushbu yuklar ortilgan vagonlar soniga nisbati tarzida hisoblash mumkin:r= ΣR / ΣU bu erda: ΣU – vagonlar soni; ΣR – ortilgan yuklar og’irligi, tonna.

Download 221.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling