14-Tebranma jarayonlar Garmonik tebranishlar
Majburiy tebranishlar. Rezonans
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
14-Tebranma jarayonlar
Majburiy tebranishlar. Rezonans
Bir marta boshlang’ich turtki bilan qo’zgatilgan va keyin o’z holiga qo’yilgan sistema, biz yuqorida ko’rganimizdek, faqat sistemaning xossalariga: uning massasiga, qaytaruvchi kuchiga va qarshilikka bog’liq bo’lgan ma’lum chastota bilan so’nuvchi tebranadi. Bunday tebranishlar erkin tebranishlar deb ataladi. So’nish bo’lmagandagi erkin tebranishlar xususiy tebranishlar, ularning chastotalari esa xususiy chastotalar deb ataladi. Masalan, royalning klavishlari bosganda bolg’acha uning toriga urilib, uni xususiy tebranishlarga keltiradi va natijada tor ovoz chiqaradi. Bu ovozni biz, juda zaif so’nishlarni hisobga olmagan holda, torning xususiy toni deb ataymiz. Biroq qator hollarda ahvol butunlay boshqacha bo’ladi: sistema davriy ravishda ish bajarib, energiyaning ishqalish va nurlanish natijasida kamayishini to’ldirib turuvchi qandaydir t a s h q i kuch ta’siri ostida tebranadi. Bunda tebranishning chastotasi sistemaning xossasiga emas, balki ta’sir etib sistemani tebrantirayotgan kuchning o’zgarish chastotasiga bog’liq bo’ladi. Bu holda biz endi erkin emas, balki majburiy tebranishlarni, sistemaning tashqi kuchlar ta’siri ostida tebranishini uchratamiz. Sistemaga qo’yilgan tashi davriy kuch ikki xil vazifani bajaradi: u, bir tomondan, sistemani tebratib, unga ma’lum energiya zapasi beradi. Ikkinchi tomondan, bu kuch ish bajarib, sarflanayotgan energiyani to’ldirish orqali tebranma harakatni quvvatlab turadi. Tashqi kuch tomonidan boshqariluvchi sistema tashqi kuch qanday chastota bilan ta’sir qilayotgan bo’lsa, shu chastota bilan tebranadi. Lekin bundan tashqaridan belgilanib qo’yilgan chastotali majburiy tebranishlar birdaniga turg’unlashmaydi. Boshlang’ich momentda sistema, sistemani majburiy tebranishdan tashqari yana erkin tebranishga ma jbur qiluvchi turtki oladi. Shunday qilib, sistema hech bo’lmaganda boshlangich bosqichlarda erkin tebranishda bo’lib, uning ustiga majburiy tebranishlar qo’shilib ketadi. Agar so’nish ko’paytuvchisi katta bo’lmasa, u xolda erkin tebranishning chastotasi (8) formulaga asosan hisoblanishi mumkin: = √ c m va e r k i n tebranishlar tenglamasi x 1 =a 0 e αt sin 0 t ko’rinishga ega bo’ladi. Kuchning o’zgarish chastotasi ω sistemaning xususiy chastotasi ω 0 ga teng bo’lsin, shu bilan birga vaqtning qandaydir bir momentida kuch siljishdan rosa chorak davrga o’zib ketgan bo’lsin. Bizning muloxazamizni aniqlash uchun tebranma harakat gorizontal chiziq bo’ylab sodir bo’ladi va vaqtning tekshirilayotgan momentida tebranuvchi massa chap tomondagi chetki holatda turibdi deb faraz qilaylik. Agar kuch siljishdan chorak davrga ilgariroq o’zgarayotgan bo’lsa, u holda shu momentda u noldan o’tgan bo’lib o’ngga qarab ta’sir qiladi va massasini turg’un holat tomonga qarab tortib, qaytaruvchi kuch yordamida beradi. Massa nol holatdan o’tayotganda tashqi kuch maksimumga erishadi va keyin o’z yo’nalishini saqlagan holda kattalik jihatdan kamaya boshlaydi. Massa o’sha chetki holatga yetganda kuch yana nolga aylanadi, keyin esa qaytaruvchi kuchga yordam berib, massani orqaga torta boshlaydi. ω va ω 0 o’zaro teng bo’lganligi uchun chorak davrga o’zish bir marta qaror topgach keyin ham qolaveradi, demak, tekshirilayotganda tashqi kuch doim musbat ish bajaradi. Bu holda sistemaga eng ko’p energiya beriladi. Shunday ekan, tebranishlar amplitudasi o’zining berilgan sharoitda mumkin bo’lgan eng katta qiymatiga erishadi. Bu hodisa rezonans deyiladi. Rezonans lotincha resone - sado beraman degan ma’noni anglatadi. Rezonans ro’y berishi uchun xususiy va majburiy tebranishlar chastotalari mos kelishi shart. Agar ω va ω 0 chastotalar teng bo’lmasa, u holda majburiy tebranishlar davrining qandaydir bir qismida kuchning ishi manfiy bo’ladi. Demak, sistema kamroq energiya bilan ta’minlanadi va mos ravishda tebranishlar amplitudasi kamayadi. Bunday sharoitda kuch siljishdan to’rtdan bir davrga emas, balki kuch o’z davrining biridan yo katta, yoki kichik bo’lgan boshqa bir davrga o’zadi. Albatta, xususiy va majburiy tebranish chastotala ri orasidagi munosabat qanday bo’lmasin, amplitudaning ortib borishi chegaralangandir, chunki u ortishi bilan tebranma harakat tezligi ham ortadi. Tezlik ortishi bilan qarshilik R ham kuchaya boradi va, demak, amplituda ortgan sari tebranuvchi sistema energiyani intensivroq sarflaydi. Shunday qilib, amplituda har gal mutlaqo avtomatik ravishda shunday qiymatga erishadiki, bunda olinayotgan energiya ishqalish va nurlanishga sarflanayotgan energiyani to’liq qoplaydi. Majburiy tebranishlar amplitudasini matematik yo’l bilan aniqlash mumkin. Soddaluk uchun avval so’nish yo’q (α=0) deb faraz qilamiz. U holda sistemaga ikkita: F=-kx qaytaruvchi kuch bilan P=P 0 sinω 0 t tashqi kuch ta’sir qiladi. Bu kuchlarning yig’indisini tebranuvchi massaning uning tezlanish iga, ya’ni (1.19) funksiyani ikki marta differensiallashdan kelib chiqadigan –ω 2 kattalikka ko’paytmasiga tenglasak, quyidagi tenglamani olamiz: -m ω 2 x=P 0 sin ωt- kx, bundan mx = P 0 k − mω 2 sinωt yoki surat va maxrajni m ga bo’lsak: x = P 0 m ω 0 2 − ω 2 sin ωt (14.52) (14.52) ifoda majburiy tebranishlar amplitudasi A = P 0 m ω 0 2 − ω 2 (14.53) xususiy va majburiy chastotalar farqiga bog’liq ekanligini ko’rsatadi. Agar ω ω 0 ga yaqinlashib borsa, amplituda cheksiz o’sib boradi, chunki so’nish bo’lmaganda rezonanas (ω= ω 0 ) sharoitida sistemaning energiyasi uzluksiz ravishda ortadi. Amplituda amalda cheksiz orta olmaydi, chunki doim har qanday real tebranuvchi sistema qandaydir darajada so’nishga ega bo’ladi. Tezlikka proporsional bo’lgan so’nishni hisobga olgan holda bajarilgan yuqoridagiga o’xshash hisoblash, majburiy tebranishlar amplitudasi uchun quyidagi ifodani beradi: 𝐴 = 𝑃 0 𝑚 √(𝜔 0 2 − 𝜔 2 ) 2 + 4𝛼 2 𝜔 2 (14.54) Rezonans sharoitida majburiy tebranishlar amplitudasi eng katta qiymatga erishadi. Demak, rezonans majbur qiluvchi kuch tebranishlarining (14.54) formulaning maxrajiga minimal qiymat beradigan (ω=ω rez ) chastotasida yuz beradi. Ana shu rezonans chastotani hisoblash uchun ( 14.54) ifodaning maxrajida turgan ildiz ostidagi ifodadan olingan hosilani nolga tenglashtiramiz: 2(𝜔 2 − 𝜔 𝑟𝑒𝑧 2 ) 2 ∗ 2𝜔 𝑟𝑒𝑧 + 8𝛼 2 𝜔 𝑟𝑒𝑧 = 0 yoki (𝜔 0 2 − 𝜔 𝑟𝑒𝑧 2 ) + 2𝛼 2 = 0, bundan 𝜔 𝑟𝑒𝑧 = √𝜔 0 2 − 2𝛼 2 (14.55) Xolbuki erkin tebranishlar chastotasi (14.50) va (14.51) formulalarga binoan: 𝜔 𝑒𝑟𝑘𝑖𝑛 = √𝜔 0 2 − 𝛼 2 . Shunday qilib, so’nish mavjud bo’lgan vaqtda rezonans majburiy tebranishlarning xususiy va erkin tebranishlarning chastotasidan kichikroq chastotasida yuz berar ekan. So’nish qancha kichik bo’lsa, bu uchala chastota orasidagi farq shuncha kichik bo’ladi. Rezonans Amplitudasini aniqlash uchun rezonans chastotaning (14.55) formuladagi qiymatini (14.54) formulaga qo’yamiz: A rez = P0 m 2αω erkin (14.56) Quyidagi 14.16 – rasmda majburiy tebranishlar amplitudasi majburiy va xususiy chastotalarning nisbatiga qanday bog’langanligi ko’rinib turibdi, bu rasmdagi turli egri chiziqlar so’nish ko’paytuvchisi (α) turli qiymatlariga tegishli. Ko’rinib turibdiki, so’nish qancha zaif bo’lsa, rezonansga yaqinlashgan sari amplituda shuncha ko’p orta boradi. 14.16- rasm. Majburiy tebranishlar amplitudasining chastota va so’nishga bog’lanishi Qator hollarda rezonans amplituda haddan tashqari ortib ketishi tufayli tebranuvchi sistemani yemirilishiga olib keladigan darajada xavf tug’dirishi mumkin. Majburiy tebranishlar uchun yuqoridagi dasturdan foydalanish mumkin, faqat “Call Eyler…” satrini quyidagicha o’zgartiramiz: 1 Call Eyler_Majburiy(x, v, w2, dt, g, ncalc) “Sub Eyler…” protsedurasini esa quyidagicha o’zgartiramiz: Sub Eyler_Majburiy(x, v, w2, dt, g, ncalc) For icalc = 1 To ncalc w = -w2 * x - g * v + fun(t) ‘tezlanish v = v + w * dt ‘tezlik x = x + v * dt ‘koordinata Next icalc End Sub Function fun(t) fun = 2 * Sin(Val(wt) * t) ‘Tashqi kuchni hisoblash End Function Ko’rib o’tilgan uchala jarayonlarni, ya’ni garmonik, so’nuvchi va majburiy tebranishlarni birdaniga tasvirlash uchun dastur tuzildi. Dastur ishga tushirilganda ekran quyidagiga ko’rininshni oladi: 14.17-rasm. Tebranma jarayonlarga oid dastur Dastur boshlang’ch koordinata, boshlang’ich tezlik va tashqi kuch chastotasini kiritish uchun hamda hisoblangan tebranish davri, koordinata va tezlik amplitudalari, to’la energiyalarni namoyish qilish uchun oynachalar, koordinata va tezlikning vaqtga bog’lanish garfigi hamda fazaviy trayektoriyani namoyish qilish oylaridan, shuningdek, “Garmonik tebranishlar”, “So’nuvchik tebranishlar” va “Majburiy tebranishlar” tugmalaridan tashkil topgan. Agar “Garmonik tebranishlar” tugmasi bosilsa, ekran quyidagi ko’rinishni oladi: Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling