14-Tebranma jarayonlar Garmonik tebranishlar
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
14-Tebranma jarayonlar
14.5. Matematik mayatnik
Tebranuvchi sistemalarga eng sodda misol sifatida matematik mayatnikni keltiish mumkin. Matematik mayatnik deb yuqori uchi erkin aylana oladigan, pastki uchiga m massali yukcha osilgan L uzunlikdagi ovaznsiz sterjendan iborat sistemaga aytiladi. Agar yukcha muvozanat vaziyatidan chiqarib, qo’yib yuborilsa, sitema vertikal tekislikda erkin tebranadi. Yukchaning harakati markazi O nuqtada, radiusi L bo’lgan aylana yoyi bo’yicha bo’layotganligi uchun yoydagi tezligi va tezlanishi 𝑣 = L d dt (14.57) 𝑣 = L 𝑑 2 𝑑𝑡 2 (14.58) qonuniyatlarga bo’ysunadi. 14.21-rasm. Matematik mayatnik Yukchaga og’irlik kuchi va sterjan toonida reaksiya kuchi ta’sir qiladi. Rasmdan va Nyutonning II qonuniga asosan sin 2 2 mg dt d mL (14.59) sin 2 2 L g dt d (14.60) Bu tenglama nochiziqli differensial tenlama bo’lib, analitik yechimi mavjud emas. Lekin qator hollarda, burchak juda kichik bo’lganda sin( ) bo’lganligi uchun yuqorida tenglama chiziqli tenglamaga aylanadi: L g dt d 2 2 (14.61) Bu tenglama avvalgi punktlarda ko’rib o’tilgan tenglama bilan bir xil, ya\ni bir xil qonuniyatga bo’ysunadi. Bu tenglamani yuqoridagi tenglamalar bilan taqqoslab mayatnikning tebranish davri uchun g L T 2 (14.62) ifodani olamiz. Demak, matematik mayanikning tebranish davri faqat sterjenning uzunligiga bo’liq. Matematik mayanikning potensial energiyasi ) cos 1 ( mgL mgh E p (14.63) formula orqali aniqlanadi. Matematik mayanikning kinetik energiyasi 2 ) / ( 2 2 2 dt Ld m mv E k (14.64) bo’lganligi uchun to’la energiya ) cos 1 ( 2 ) / ( 2 mgL dt Ld m E (14.65) formula orqali aniqlanadi. Matematik mayatnikning tebranishini modellashtirish uchun dastur tuzildi. Dastur kodi avvalgi punktlarda ko’rib o’tilgan dastur bilan bir xil. Dastur ishga tushirilganda ekran quyidagi ko’rinishni oladi: 14.22-rasm. Matematik mayatnikni o’rganishga oid dastur Dastur mayatnikning uzunligi (L), boshlang’ich og’ishi ( o ), boshlang’ich tezligi va tebranishlar soni (N) ni kiritish hamda tebranish davri, maksimal og’ishi, maksimal tezlik va to’la energiyaning hisoblash natijalarini ko’rish oynachalaridan, matematik mayatnink tebranishini animatsion kuzatish oynasi, garmonik yoki so’nuvchi tebranishlarni tanlash tugmalaridan tashkil topgan. Agar L=30, o =20, v o =0, N=5 larni kiritib, garmonik tebranishlar tugmasi bosilsa, mayatnikning tebranishlari kuzatiladi va quyidagi natijalar olinadi: 14.23-rasm. Matematik mayatnikni o’rganishga oid dastur Mustaqil yechish uchun masalalar: 1. Dasturni ishga tushirib, mayatnikning uzunligi, boshlang’ich ogi’shi va boshlang’ich tezlikning turli qiymatlari uchun mayatnik tebranishini kuzating hamda tebranish davri va to’la energiya qanday o’zgarishini aniqlang. 2. Dasturni ishga tushirib, siklik chastotaning turli qiymatlarida to’la energiya qanday o’zgarishini aniqlang. 3. Dasturni ishga tushirib, mayatnikning boshlang’ich ogi’shi katta bo’lganda tebranish davri va to’la energiya qanday o’zgarishini aniqlang. 4. Dasturni ishga tushirib, mayatnikning uzunligi, boshlang’ich ogi’shi va boshlang’ich tezlikning turli qiymatlari uchun mayatnik tebranishini kuzating hamda tebranish (t), v(t) grafiklarini chizing. 5. Dasturni ishga tushirib, mayatnikning uzunligi, boshlang’ich ogi’shi va boshlang’ich tezlikning turli qiymatlari uchun mayatnik tebranishini kuzating hamda fazaviy portretni chizing. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling