14-variant 1-topshiriq. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar ketma-ketligini yozing


Download 73.37 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi73.37 Kb.
#1269679
Bog'liq
14-variant jismoniy tarbiya




14-variant
1-topshiriq. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar ketma-ketligini yozing (mashqlar kamida 12 ta bo’lishi kerak) !

Umumrivojlantiruvchi mashqlar bu maxsus mashqlardir. Ular butun organizmning rivojlanishi va sog‘lomlashishida muxim rol o‘ynaydi va yelka kamari, gavda, oyoq kabi yirik muskul guruhlarining rivojlanishi va mustahkamlanishiga,


bo‘g‘imlarning xarakatchan bo‘lishiga muskullar taranglashuvi va bo‘shashuvi jarayonini normallashtirishga yordam beradi. Bu mashqlarning vazifasi to‘g‘ri qad-qomatni shakllantirish, butun tayanch xarakat apparatini mustaxkamlash va qon aylanish, nafas olish, almashinish jarayonlari, asab tizimi faoliyatini yaxshilashdan iboratdir. Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatlarni idora qiluvchi oliy motor markazlari ishini faollashtiradi; tezkorlik, chaqqonlik, kuchlar nisbati, chidamlilik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni namoyon qilishga yordam beradi, ijobiy-emotsional kayfiyat uyg‘otadi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar bir necha guruhga bo‘linadi:

  1. Yelka kamari va qo‘l mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar.

  2. Gavda, orqa mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar.

  3. Oyoq va qorin mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar.

1. Tekislanib kerishish.
2. Qo’l bilan aylanma va siltash xarakatlarini bajarish.
3. O’tirib – turishlar.
4. Gavdani oldinga, orqaga, yon tomonlarga engashtirib va aylanma xarakatlar.
5. Boshqa engashtirishlar va aylanma xarakatlar.
6. Yotib qo’llarga tayangan xolda ularni bukib- yozish.
7. O’tirgan yoki yotgan xolda oyoqlarni ko’tarish (yoki oyoqlarni maxkamlab gavdani ko’tarish).
8. Oyoqlarni oldinga, orqaga yon tomonlarga siltash.
9. Sakrashlar (sapchishlar)
10. Joyda turib yurish yoki yugurish.
11. otjimaniya mashqlari
12. Nafas mashqi


2-topshiriq. Maktab yoshdagi bolalar uchun harakatli o’yinlarni yozing!
O‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan darslarda xarakatli o‘yinlar jismoniy tarbiyaning boshqa vositalariga o‘rin bera boshlaydi. Ammo ana shu yoshdagi bolalarga mos xar xil xarakatli o‘yinlar xam uyushtirib turiladi. O‘qituvchi xarakatli o‘yinlarini o‘tkazishda V-VII sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari ularning organizmi tezroq o‘sishi bilan ifodlanishi unutilmasligi va shuning uchun darslarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar vaqtida uyushtiriladigan mashg‘ulotlarni o‘yinlarni asta-sekin murakkablashtirib, maqsadga muvofiklashtirib berishi lozim. O‘yin jarayonida mazkur yoshdagi o‘quvchilar xaddan tashqari og‘ir jismoniy harakat qilmasligi va o‘qituvchi ularning xar biriga tegishlicha munosabatda bo‘lishi zarur. V-VII sinflarda foydalaniladigan xarakatli o‘yinlar miqdori ancha kam bo‘lib, ularning materiallari xajmi ta'lim tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqadi. Mazkur sinflarda o‘tkaziladiigan xarakatli o‘yinlar tashkiliy jixatdan xam harakatlarning mazmuni jixatdan xam bir muncha murakkabroq bo‘ladi. Bunda sport elementlarini o‘z ichiga olgan o‘yinlarga shuningdek sport o‘yinlariga kengrok o‘rin beriladi.
O‘qituvchi harakatli o‘yinlarni o‘tkazganda sinf o‘quvchilari organizmning ular yoshiga mos ravishda rivojlanishi kerakligini unutmaslik kerak.SHuning uchun darsda o‘yinlar tashkil qilish, o‘tkazish va mashg‘ulotlar vaqtida o‘yin materiallarini bolalarga asta-sekin to‘liq berish zarur. O‘yin paytida bolalarning juda keskin harakat qilmasligiga qarab turish xar bir bolaning o‘ziga yarasha munosabatda bo‘lishi muhum ahamiyatga ega.
• O‘quvchilarga o‘rgatiladigan harakatli o‘yinlar tashkiliy to‘zilishi harakatlarning mazmuni jixatdan birmuncha murakkab bo‘ladi. Sport elementlarini o‘z ichiga olgan o‘yinlarga shuningdek sport o‘yinlariga ko‘proq o‘rin beriladi.
• 10-11 sinflarda harakatli o‘yinlarni darsning ikkinchi va uchunchi qismlarida o‘tkazgan ma’qo‘l. Darsning asosiy qismida birorta murakkab sport o‘yinini o‘rtanishga zamin tayyorlash uchun ba’zi bir o‘yinlarni kiritish mumkin bundan maqsad o‘quvchilarni sport o‘yinlariga tayyorlashdir.
• Ma’lumki 10-11 sinf o‘quvchilari ijtimoiy va ishlab chiqarishga oid ishlar bilan shug‘ullanadilar.Bu xol ulardan harakatli o‘yinlar uchun ajratilgan vaqtni tejab sarflashni talab etadi ular ko‘proq sport bilan shug‘ullanadilar.
Futbol
Basketbol
Volleybol
Gondbol
Badminton
Stol tennis


3-topshiriq. Mustaqil holda sportga oid o’zingiz hohlagan amaliy harakatlar yoki mashqlar ketma-ketligini bajaring. Siz tomondan bajarilgan harakatlar yoki mashqlar holatini aks ettiruvchi foto lavhalarni joylashtiring. Harakatlar yoki mashqlarni nomini yozish esdan chiqmasin.
Umumiy rivojlantiruvchi mashlar. To’p bilan mashq qilish:

Mushaklarni tez chiniqtirish usuli:


Izoh: Topshiriqlar bajarayotganda bir-biringizdan nusxa olishlar bo’lmasin!
Download 73.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling