14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi 1-boshlovchi


-boshlovchi:Keling endi bir guruh qizlarimizdan Vatan posbonlariga bag’ishlangan chiroyli she’r tinglasak: O‘zbegimning nomus, ori


Download 28.17 Kb.
bet2/9
Sana05.01.2023
Hajmi28.17 Kb.
#1080272
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-boshlovchi:Keling endi bir guruh qizlarimizdan Vatan posbonlariga bag’ishlangan chiroyli she’r tinglasak: O‘zbegimning nomus, ori
Oriyatli askarlari.
Momolarim iftixori
Burgutmisol shunqorlari.
Toza vijdon, iymonlari,
Ona Vatan posbonlari.
-O‘tkir ko‘zli lochinlari,
Ko‘zday asrar sarhadlarin.
Uyda kutar Barchinlari,
Alpomishu Farhodlarin.
Qaddi baland osmonlari,
Ona Vatan posbonlari.
O‘zbekiston chaman diyor,
Yashnar bog‘u bo‘stonlari.
Oq oltin” mo‘l-ko‘l, bisyor,
Unda tinch-totuv xalqni
Qo‘riqlaydi o‘g‘lonlari,
Ona Vatan posbonlari
Armiyasi kuchlidir
Ular zarbin ko’rsaydir,
Dushman joni qaqshaydir,
Shunday o’g’lon bo’lgaydir
Mustaqil yurt farzandlari
Ona Vatan posbonlari
Onalarning suyanchi,
Otalarning ishonchi.
Butun xalqning tayanchi,
G’urur,iftixor burchi.
Asragaydir yurtini,
Ona Vatan posbonlari.
Siz borsiz-ki,xalqim tinchdir.
Siz borsiz-ki,Vatan go’zaldir.
Siz borsiz-ki,olam charog’on,
Bor bo’lgaysiz har doim,
Yurtning mard,jasurlari,
Ona Vatan posbonlari.
2-boshlovchi:Aziz mehmonlar,hozir biz ota-onaning farzandini tantanali qasamyodiga tashrifi haqida kichik bir sahna ko’rinishni guvohi bo’lamiz.
Sahnada musiqa yangaraydi.Ota-ona gul bilan o’g’lini tabriklashga tashrif buyuradi.Musiqa ostida harbiy yigit qasamyod qilishga chiqadi:
Qasamyod
-Men(familiyasi,ismi,otasining ismi)O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman,xalqimga,Prezidentimga sodiq bo’lishga tntanali ravishda qasamyod qilaman.
Men O’zbekiston Respublikasining Konsitutsiyasini muqaddas bilib,ularg rioya etishga,harbiy nizomlarni,komandirlar va boshliqlarning buyruqlarini so’zsiz bajarishga,harbiy intizomga qat’iy rioya qilishga,halol,jasur va sergak jangchi bo’lishga qasamyod qilaman.So’ngi nafasim qolguncha ona Vatanimning sadoqatli farzandi bo’lib qolishga,harbiy xizmatning butun mashaqqat va qiyinchiliklarini sabot bilan yengishga,davlat va harbiy sirlarni mustahkam saqlshga ajdodlarim ruhi oldida qasamyod qilaman.
Jonajon O’zbekistonimning nurli istiqboli uchun uning davlat manfaatlari va mustaqilligining himoyachisi bo’lishga qsamyod qilaman.Agar men ushbu tantanali qasamyodimni buzsam qonunlarda belgilangan jazoga xalqning nafratiga mubtalo bo’lay.

Download 28.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling