2-boshlovchi:Endi esa sinfimiz qizlaridan chiroyli raqs tomosha qilsak:
Sahnada raqs
Boshlovchilar bir necha yigitlarni sahnaga taklif qilib,savollar beradilar:
1.O’zbekiston Respublikasining Qurolli kuchlari qachon tashkil topgan?
(1992 yil 14-yanvar)
2.Harbiy jang san’atini puxta egallagan buyuk ajdodlarimizdan kimlarni bilasiz? (Jaloliddin Mangu berdi,Amir Temur,Bobur)
3.A,Temur Lashkar tuzishda va navkar tanlashda nimalarga e’tibor qaratgan?
(Chapdastligiga va aql-zakovatiga)
4.Vatan ozodligi yo’lida jonini fido qilgan buyuk bobolarimizdan kimlarni bilasiz?
5.Chingizxonni hayratda qoldirgan buyuk xorazmlik sarkarda kim?(J.M)
6.Sizga biroz hazilona savol beramiz.Mabodo,sehrli qalpoqchani topib olsangiz nima qigan bo’lrdingiz?Javob:Bu savolni kichkinaligimda bersangiz boshqacha javob bergan bo’lardim,Hozir esa ochilmagan jnoiy ishlarni ochishga yordam berib,Vatanim tinchligi yo’lida o’z hissamni qo’shgan bo’lar edim.
7.Yigit kishi qanday bo’lishi kerak?(Bir so’zli,oilasining suyanchig’i)
1-boshlovchi:Endi esa sahnada sinfimiz yigitlari harbiy musiqa ostida jangavor mashqlarni namoyish etadilar.
Tadbir so’ngida so’z maktab direktori F.P.Rahmanovga beriladi.
“Buyuk allomalar siymosi” tadbir ssenariysi
Hamma birgalikda:
Buyuk siymolar haqqi hurmatin etmoq bajo
Bashar avlodi uchun qiyomatli qarz erur
Allomalar siymosin aylamak dillarga jo
Ajdodlardan minnatdor avlodlarga farz erur
1-B: Assalom,ey davramizning eng aziz mehmonlari
Assalom,ey ilmu fanning sohibu-davronlari
Assalom,ustozlar,ham fikrdosh o’rtoqlar
Kechamizga xush kelibsiz,barcha tengdosh o’rtoqlar
2-B: Assalomu alaykum aziz mehmonlar,mo’tabar ustozlar,qadrli tengdoshlar.
1-B: Mana bugun biz,buyuk bobolarimiz ruhlarini shod aylash maqsadida,ya’ni g’azal mulkining sultoni A.Navoiy tavalludining 575 yilligi,Z.M.Bobor tavalludining 533 yilligi va vatandoshimiz,beqiyos o’zbek olimi Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy tavalludining 1233 yilligiga bag’ishlab”Buyuk allomalar siymosi” deb atalmish kamtarona tadbir tayyorladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |