15-amaliy mashg’ulot: Avtomobil yo‘lini joriy va mukammal ta’mirlash ishlarining texnologik xaritasini tuzish, chiziqli kalendar grafigini qurish


ta’mirlash bo‘yicha: mukammal ta’mirlash; joriy ta’mirlash


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1572902
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15-Amaliy

1. ta’mirlash bo‘yicha: mukammal ta’mirlash; joriy ta’mirlash; 
2. saqlash bo‘yicha: avtomobil yo‘lini saqlash; qishda saqlash
ko‘kalamzorlashtirish. 
Avtomobil yo‘llarining ta’mirlanishi kerak bo‘lgan bo‘laklari, ta’mirlashning 
talab etiladigan turi, ishlar tarkibi va hajmi hamda ularni bajarish muddatlari
ta’mirlashning tegishli turlarini tayinlash mezonlari bilan avtomobil yo‘llarining 
amaldagi holatini taqqoslash orqali aniqlanadi. Mazkur Tasnifda quyidagi terminlar 
va ta’riflardan foydalanilgan: 
Avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash - avtomobil yo‘llarining 
ishonchliligi va qulayligini ta’minlashga qaratilgan ekspluatatsion ko‘rsatkichlarni 
yaxshilash maqsadida tiklashga oid ta’mirlash-qurilish ishlari majmui. Bunda yo‘l 
to‘shamasi va qoplamasi, yo‘l poyi va yo‘l inshootlarining ish qobiliyatini tiklash va 
oshirish ishlari bajariladi, eskirgan konstruksiyalar va detallar almashtiriladi yoki 
ular mustaxkamroq, chidamli va tejamli konstruksiyalar va detallar bilan 
almashtiriladi, zarur hollarda ta’mirlanayotgan avtomobil yo‘li uchun belgilangan 
toifaga to‘g‘ri keladigan normalar doirasidagi harakat jadalligi va avtomobillar 
o‘qiga tushadigan og‘irliklar o‘sib borishini hisobga olgan holda yo‘lning asosiy 
uzunligidagi yo‘l poyini kengaytirmasdan avtomobil yo‘lining geometrik 
parametrlari (rejasi, bo‘ylama kesimi va shu kabilar) oshiriladi
avtomobil yo‘llarini saqlash - avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari 
elementlarini soz holatda saqlash, shuningdek avtomobil yo‘lining butun uzunligida 
yil mobaynida avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining texnik qurilmalari ish 
rejimlari bo‘yicha bajariladigan, yo‘l, yo‘l inshootlari va yo‘lga ajratilgan mintaqaga 
qarash, doimiy ravishda paydo bo‘ladigan mayda shikastlanishlarning oldini olish 
va ularni bartaraf etish, harakat xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash, shuningdek 


avtomobil yo‘llarini qishda saqlash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bajariladigan 
ishlar majmui; 
Saqlash ishlari xarakteri va tashkil etilishi bilan bir-biridan farqlanadi. 
Ularning mehnat talabi va material hajmi katta, mexanizatsiyasi esa kam bo‘lishi 
mumkin. Ayni vaqtda, saqlashga bog‘liq shunday ishlar borki, har qanday iqlim yoki 
boshqa sharoitlardan qat’iy nazar zudlik bilan bajarish lozim. 
Ixtisoslashish - har bir ishchi bajarishi lozim bo‘lgan ish turlarini qisqartirish, 
ishlarni bajarishda ko‘nikma bo‘ladigan usullarni qo‘llash, mehnat unumini oshirish, 
sifatni yaxshilash imkonini beradi.
Ma’lum ish turlari yig‘ilib qolsa, mavsumiy ixtisoslashtirilgan brigadalar 
tuziladi, masalan, chuqurchali ta’mir, qor uyumlarini yo‘qotish kabi ishlar bo‘yicha. 
Ba’zi hollarda (tog‘ dovonlarida) yo‘l uchastkalarini muayyan ta’mirlovchi ishchiga 
biriktirib qo‘yish tajribasi ham bor. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling