15-amaliy mashg’ulot: Avtomobil yo‘lini joriy va mukammal ta’mirlash ishlarining texnologik xaritasini tuzish, chiziqli kalendar grafigini qurish


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1572902
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15-Amaliy



15-amaliy mashg’ulot: Avtomobil yo‘lini joriy va mukammal ta’mirlash 
ishlarining texnologik xaritasini tuzish, chiziqli kalendar grafigini qurish.
 
Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash - avtomobil yo‘lining butun 
uzunligida yil mobaynida, avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining mayda 
shikastlanishlari oldini olish va tuzatish yo‘li bilan ekspluatatsion ko‘rsatkichlarni 
saqlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlari majmui; 
Joriy tamirlash ishlari, yo‘llarning kilometr o‘lchov birligida rejalashtiriladi.
Joriy tamirlashning vazifasi yo‘l qoplamasidagi, yo‘l ko‘tarmasidagi, suv 
qochirish tizimidagi, sun’iy inshootlardagi, mustahkamlovchi, himoyalovchi 
inshootlardagi, paromda o‘tish joylaridagi, yo‘l xo‘jalik korxonalari va 
infratuzilmalar imoratlaridagi, yo‘l jihozlaridagi, dam olish joylari va tarixiy 
obidalarga borish yo‘llaridagi, tutashmalar va o‘tish joylaridagi doimiy yuzaga 
keluvchi kichik buzilishlarni bartaraf qilishdan, yo‘l konstruktiv elementlarini va 
sun’iy inshootlar qarovini amalga oshirish va ularni toshqinlar, muz ko‘chishlari va 
boshqa tabiiy ofatlardan saqlash bo‘yicha ehtiyot choralari hisobga olingan holda 
ishlarni amalga oshirishdan iborat.
Yo‘l to‘shamasi va qoplamalarni joriy ta’mirlashda quyidagi ishlar 
bajariladi:
 sementbeton qoplamalardagi bo‘ylama va ko‘ndalang choklarni to‘ldirish;
 barcha turdagi qoplamalarda g‘ildirak izini, o‘ymalarni, yoriqlarni
chuqurlarni ta’mirlash, cho‘kkan joylarni, qoplama chetini, bordyurlarni 
to‘g‘rilash, qora qoplamalar yuzasidagi tishlashish qatlamini tiklash;
 chaqiq toshli va shag‘alli qoplamalarga, shuningdek bitum va qatron bilan 
ishlangan qoplamalarga mayda shag‘al va qum sepish;
 kalsiyli xlor, qatron, bitum va boshqa mahsulotlar bilan yo‘llarni 
changsizlashtirish;
 ayrim shag‘al va tuproqli yo‘llar nishabliklarini qo‘shimcha mahsulot 
ishlatmasdan to‘g‘rilash;
 yo‘l belgilari va inshootlarni bo‘yash, yo‘l yoqasidagi va yo‘l mintaqasidagi 
o‘tlarni o‘rish.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling