Yarim o’tkazgichli materiallar asosidagi geterojuftliklar
Geterojuftliklarni tanlash asosan ikkita kristallografik parametrni hisobga olishga asoslanadi. Bular panjara doimiyligi va issiqlikdan kengayish koeffisiyentlaridir.
Panjaralar nomuvofiqligi agar bir necha foizni tashkil qilsa, u holda ajralish chegarasidagi yuza holatlar zichligi 1014 sm-2 va undan yuqori bo’lishi mumkin, natijada geteroo’tish xususiyatlari shu chegaraviy holatlarga bog’lik bo’lishi mumkin. Bunday holatlar juftlanmagan valentlari yoki «bebosh» bog’lanishlar hisobiga bo’ladi. Natijada ajralish chegarasida quyidagi hollar kelib chiqadi;
a) ajralish chegarasida energetik sohalarning qayrilishi,
b) ajralish chegarasida ortiqcha asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilarning kuchli rekombinasiyasi.
Agar ajralish chegarasidagi holatlar zichligi 1013 sm-2 va undan kamroq bo’lsa, aytish mumkinki, chegaraviy holatlar o’tish chegarasiga kam ta’sir qiladi va geteroo’tish xususiyatlari tashkil qiluvchi materiallar orasida hosil bo’lgan guteroo’tish xossalari bilan aniqlanadi. Shuning uchun asosan geterojuftliklar tanlashda panjaralar doimiyligining farqi 1 % va undan kamroq bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Quyidagi jadvalda ayrim geterojuftliklar va ularning parametrlari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |