15-ma’ruza. Linux operatsion tizimi. Linux distributivlari Reja: Linux operatsion tizimi haqida Linux va Windows ot lari qiyosiy tahlili


 Linux operatsion tizimining asosiy xususiyatlari


Download 436.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana15.08.2023
Hajmi436.29 Kb.
#1667250
1   2   3   4
Bog'liq
15-document

3. Linux operatsion tizimining asosiy xususiyatlari 
Linux manba kodi bepul va ommaga ochiq bo‘lganligi sababli, tizimni 
rivojlantirishga boshidanoq ko‘plab mustaqil ishlab chiquvchilar jalb qilingan. Shu 
tufayli Linux hozirda eng zamonaviy, barqaror va tez rivojlanayotgan tizim bo‘lib, 
deyarli bir zumda eng so‘nggi texnologik yangiliklarni o‘z ichiga oladi. UNIX kabi 
zamonaviy to‘liq ishlaydigan operatsion tizimlarga xos bo‘lgan barcha 
xususiyatlarga ega.
Operatsion tizim sifatida linux quyidagi xususiyatlarga ega: 

ko‘p vazifalilik: bir vaqtning o‘zida ko‘plab dasturlarning ishlatilishi; 

ko‘p foydalanuvchi rejimi: ko‘p foydalanuvchilarning bir vaqtning o‘zida 
bitta mashinada ishlay olishi; 

protsessorning himoyalangan rejimi (386 protected mode); 



jarayon xotirasini himoyalash; ishlab turgan dasturning ishdan chiqishi 
tizimning ishlashiga salbiy tasir etmaydi; 

tejamkor yuklash: Linux diskdan faqat dasturning amalda bajarilishi uchun 
foydalaniladigan qismlarini o‘qiydi; 

ma’lumotlar sahifalarini bajarilayotgan dastur nusxalari o‘rtasida 
taqsimlanishi. Bu dasturlarning jarayon-nusxalari bajarilish vaqtida bitta 
xotiradan foydalanishlari mumkinligini anglatadi. Bunday jarayon xotiraga 
yozmoqchi bo‘lganda, yozilayotgan 4KBaytli sahifa bo‘sh joyga 
nusxalanadi.Bu xususiyat tezkorlikni oshiradi va xotirani tejaydi; 

sahifali tuzilishga ega virtual xotira (ya’ni diskga xotiradan butun aktiv 
bo‘lmagan jarayon emas, balki faqat zaruriy sahifa ajratiladi); har bir mustaqil 
disk bo‘limlari va/yoki fayl tizimi fayllari uchun virtual xotira; 2 GBaytgacha 
virtual xotira xajmi; dasturlar bajarilish vaqtida virtual xotira xajmining 
o‘zgarishi; 

dasturlar va disk keshi uchun umumiy xotira:xotiradagi barcha bo‘sh joy disk 
bilan almashish buferizatsiyasi ucun ishlatiladi;

dinamik yuklanadigan taqsimlanadigan kutubxonalar; 

post-mortem tahlili uchun dasturning dampi: otladchikga nafaqat 
bajarilayotgan, balki avariya holatida tugagan dasturni ham tahlil qilish 
imkoniyatini beradi; 

POSIX.1 standarti bo‘yicha sertifikatsiya, System V va BSD standartlariga
dastur matnlari darajasida mutanosiblik

Barcha dasturlar kodlarining mavjudligi va ochiqligi, shu jumladan tizim 
yadrosi, drayverlar, dastur ishlab chiqish vositalari va ilovalar kodlari xam. 
Bu kodlar erkin tarqatiladi.Xozirda ayrim firmalar Linux uchun ayrim tijorat 
dasturlarini ochiq kodlarsiz taqdim etmoqdalar, lekin oldin ochiq bo‘lgan 
kodlar xaligacha ochiqligicha qolmoqda; 

vazifalarni POSIX standartida boshqarish; 

soprotsessorning emulyatsiyasi yadroda, shuning uchun ilova soprotsess 
emulyatsiyasi haqida qayg‘urmasligi mumkin. Albatta, agar soprotsessor 
mavjud bo‘lsa, u ishlatiladi. 

milliy alifbolar va til bo‘yicha kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan 
rus tili uchun; yangisini qo‘shish qobiliyati mavjud; 

bir nechta virtual konsollar: bitta displeyda bir vaqtning o‘zida bir nechta 
mustaqil seanslar, xar bir seansga klaviaturadan o‘tish mumkin 

bir qator keng tarqalgan fayl tizimlarini qo‘llab-quvvatlash (MINIX, Xenix, 
System V fayl tizimlari); 4 terabaytgacha xajm va fayl nomlari 255 belgigacha 
bo‘lgan o‘zining ilg‘or fayl tizimining mavjudligi; 



DOS (yoki OS / 2 FAT) bo‘limlariga shaffof kirish: DOS bo‘limi Linux fayl 
tizimining bir qismi kabi ko‘rinadi; VFAT-ni qo‘llab-quvvatlash (WNT, 
Windows 95); 

Linuxni DOS fayl tizimiga o‘rnatish imkonini beruvchi maxsus UMSDOS 
fayl tizimi 

HPFS-2 OS / 2 2.1 fayl tizimiga kirish (faqat o‘qish); 

barcha standart CD ROM formatlarini qo‘llab-quvvatlash; 

TCP / IP tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan ftp, telnet, NFS va 
boshqalar. 

Download 436.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling