15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja
-jadval Kirim kassa orderlarini qayd qilish jurnali
Download 0.65 Mb.
|
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-jadval Chiqim kassa orderlarini qayd qilish jurnali
1-jadval
Kirim kassa orderlarini qayd qilish jurnali
Rasmiylashtirilgan kassa chiqim orderlarining hisobi 2.6-jadvalda keltirilgan «Kassa chiqim orderlarini qayd qilish jurnali»da hisobot yili davomida xronologik ketma-ketlikda qayd qilib boriladi.
Naqd pullar kassa chiqim orderi bo’yicha ishonchnoma asosida berilayotgan bo’lsa, kassa chiqim orderiga ishonchnomada ko’rsatilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi. Agar, naqd pullar, to’lov qaydnomasi bo’yicha ishonchnoma asosida berilayotgan bo’lsa, to’lov qaydnomasiga «Ishonchnoma asosida» deb yozib qo’yiladi va ishonchnoma kassa chiqim orderiga yoki to’lov qaydnomasiga ilova qilinadi. Ish haqi, moddiy yordamlar, mukofot, pensiya, stipendiya va mehnat qobiliyatini yo’qotgani uchun nafaqalar, kassadan, qaydnomalar bilan beriladi, har bir shaxsga alohida kassa chiqim orderi to’ldirilmaydi. Qaydnomaning titul varag’iga, pul berishga ruxsat etilganligi to’g’risidagi yozuv, pullarni tarqatish muddati va summasi qayd qilinib, titul varaq, tashkilot rahbari va bosh buxgalter tomonidan imzolanib, korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Xodimlar pulni olishlarida to’lov qaydnomasiga imzo chekadilar. Agar pullar ishonch qog’ozlari bilan berilayotgan bo’lsa, to’lov hujjatida pul oluvchining familiyasidan keyin, pulni olishga ishonch bildirilgan shaxsning ismi sharifi va familiyasi yozib qo’yiladi. Shuningdek kassir ishonch bildirilgan shaxsning imzosini oldiga «Ishonchnoma bilan» deb yozib qo’yadi. Ishonchnoma kassirda qoladi va to’lov hujjatiga ilova qilinadi. Ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiyalar, pensiya va mukofotlar uchun olingan naqd pullar tarqatilmay qolgan hollarda, kassirlar: qaydnomada pul olmagan har bir shaxsning familiyasi ro’parasiga «deponentga o’tkazilgan» deb yozib qo’yadi yoki shtamp bosadi; deponentga o’tkazilgan shaxslar bo’yicha reestr tuzib, reestrning jamiga bitta umumiy kassa chiqim orderi tuzadi; tarqatilmagan pullarni korxonaning hisob-kitob schyotiga o’tkazish uchun bankka topshiradi; to’lov qaydnomasining shu maqsad uchun ajratilgan rekvizitida, qaydnoma bo’yicha jami to’langan va deponentga olingan summani yozib o’z imzosi bilan tasdiqlaydi; qaydnoma bo’yicha amalda to’langan summalarga kassa chiqim orderi tuzadi va uning raqamini qaydnomaga yozib to’rtburchak shtamp bilan tasdiqlaydi. Bir nechta kassirlar xizmat ko’rsatadigan yirik korxonalarda, ish haqi, moddiy yordam, mukofot, pensiya, stipendiya va mehnat qobiliyatini yo’qotganligi uchun nafaqalar tarqatish uchun bo’lim, tsex, filial kassirlariga bergan pullarni, tarqatilmay qolgan pullarni qoldig’ini va hujjatlar bilan tasdiqlangan tarqatilgan pullarni hisobga olish uchun, bosh kassir kassirlar olgan va tarqatgan pullarni hisobga olish kitobi yurgizadi. Bu kitobda bo’lim, tsex va filial kassirlariga bergan, tarqatilmay qolgan pullar qoldig’i hamda hujjatlar bilan tasdiqlangan tarqatilgan pullar alohida kassirlar bo’yicha hisobga olinadi. Ish haqi, moddiy yordamlar, mukofot, pensiya, stipendiya va mehnat qobiliyatini yo’qotgani uchun nafaqa berish to’lov qaydnomalari bo’yicha kirim va chiqim kassa orderlari ular berilgandan keyin rasmiylashtiriladi. Deponentlashtirilgan pullar kassa chiqim orderi bilan bank muassasiga topshiriladi. Buxgalteriya xodimlari, kassir hisobotlarini qabul qilib olishda, to’lov qaydnomalari bo’yicha berilgan pullarni to’g’ri berilganligini, pul oluvchilarning imzolari bo’yicha tekshiradi, deponentga o’tkazilgan summalarning to’g’ri aks ettirilganligini nazorat qiladi, qaydnomani jamini qayta hisoblab chiqadi. Auditorlik tekshiruvlarida pul oluvchining imzosi bilan tasdiqlanmagan kassa chiqim orderi aniqlanganda kassadan berilgan bunday pullar kamomad hisoblanadi va kassirdan undirib olinadi yoki kassa kirim orderlari bilan tasdiqlanmagan naqd pullar kassadagi ortiqcha pul hisoblanadi va korxona daromadiga olinadi. Korxona kassasida xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan xo’jalik maqsadlari uchun, safar xarajatlariga beriladigan bo’naklar va boshqa unchalik katta bo’lmagan to’lovlar uchun, shuningdek, ish haqi, moddiy yordam, mukofot, pensiya, stipendiya va mehnat qobiliyatini yo’qotgani uchun nafaqalar berish davrida kassada uch kun muddatga limitdan ortiqcha pullarni saqlashga ruxsat beriladi. Kassadagi naqd pullar qoldig’ining limiti hisobot yilining har choragiga hisobot davrida kassaga kirim qilinadigan naqd pullarning miqdori va ularni bankka topshirish muddatlaridan kelib chiqib o’rnatiladi. Buni matematik modulini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: Bu yerda: L-kassadagi naqd pullar qoldig’ining limiti; V-hisobot davrida kassaga kirim qilinadigan naqd pullar massasi; P-hisobot davrining ish kunlari; N-naqd pullarni bankka topshirish muddati; Kassadagi limitdan ortiqcha naqd pullar korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidga quyidagi tartibda topshiriladi: 1. Korxonaga xizmat ko’rsatuvchi bankning kassasiga topshirish yo’li bilan; 2. Inkassatorlar orqali; 3. Aloqa korxonalari orqali; Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling