15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Download 0.65 Mb.
bet69/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

3-jadval
Kassa kitobi
Kassa 20___ yil «____» ________________ yil uchun


Hujjati


Kimdan olindi kimga berildi


Korresponden-tsiyalanuvchi schyot


Summasi (sum)


Kirim


Chiqim




Kun boshiga qoldiq:




250000-00


0001

Salimovdan

4790

12000



0002

№000125 chek bilan

5110

15851048



0001

Hojievga bo’nak

4790



245000

0002

Ishchi Olimovga


6710



450000

0003

№000126 chek bilan


5110

850000



0003

Bo’nak berildi

4230



400000

0004

Ish haqi berildi


6710



10000000






Kun bo’yicha jami:




16713048


11095000




Kun oxiriga qoldiq:




5868048-00


Agar tashkilotlarda har kuni umumiy summasi eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorigacha bo’lgan operatsiyalar amalga oshirilsa, kassir hisoboti 3-5 kunda bir marta tuziladi.



Kassa kitobiga o’chirib yozish va tuzatishlar kiritish taqiqlanadi. Kiritilgan tuzatishlar tashkilot kassiri hamda bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi.
Kassa kitobi birinchi varag’i bilan yil davomida kassirda saqlanadi. Hisobot yili tugagandan keyin, buxgalteriyaning boshqa hujjatlari bilan bir qotorda korxona arxiviga topshiriladi.
Kassa kitobining to’g’ri yuritilishini nazorat qilish bosh buxgalterga yoki moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa shaxs zimmasiga yuklanadi
Kassir hisoboti buxgalteriyada mantiqan va arifmetik jihatdan tekshirib chiqiladi va ishlov beriladi. Mantiqan tekshirganda uning barcha rekvizitlari to’liq to’ldirilganligiga, mutasadi shaxslarni imzolarini mavjudligiga, hisobotdagi yozuvlarning mantiqan to’g’riligiga alohida e’tibor berish kerak. Arifmetik tekshiruvda hisobotning kirim, chiqim ustunlarining jamini va hisobot davri oxiriga kassa bo’yicha topilgan qoldiqning to’g’ri topilganligi qayta hisoblab chiqiladi va tekshiruvchi shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi.
Tekshirilgan kassir hisobotlariga buxgaltercha ishlov beriladi, ya’ni kassa muomalalarini tegishli buxgalteriya schyotlariga yozish uchun buxgalteriya o’tkazmalar tuziladi. Aloqador schyotlar bo’yicha buxgalteriya o’tkazmalar tuzish uchun kassir hisobotida alohida, «schyotlar aloqasi» ustun nazarda tutilgan Buxgalter kassir hisobotiga ishlov berishda hisobotda keltirilgan har bir xo’jalik muomalasi qotorining «schyotlar aloqasi» ustunda shu xo’jalik muomalasiga tegishli bo’lgan debetlanuvchi yoki kreditlanuvchi schyot raqamini qo’yib chiqadi. Keyin, bir xil iqtisodiy mazmunli provodkalarni umumlashtirish maqsadida guruhlovchi qaydnoma tuzadi. Ishlov berilgan «Kassir hisoboti» va guruhlovchi qaydnoma kassa operatsiyalarini hisob registrlariga yozishga va buxgalteriya hisobini yurgizishga asos bo’ladi.
Kassada saqlanadigan pul mablag’lari balansga nisbatan aktiv bo’lgan 5000-“Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar” sintetik schyotida hisobga olib boriladi. Uning debetida kassaga pul mablag’larini kirim qilinishi, kreditida esa pul mablag’larining kassadan chiqib ketishi yoziladi. 5000-«Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar» quyidagi schyotlar turkumidan iborat:
1. 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»;
2. 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari».
Kassada saqlanadigan boshqa qiymatliklar hisobi, pochta markalari, aktsiyalar, bank sertifikatlari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlar 006-«Qa’tiy hisobda turuvchi blankalar» nomli balansdan tashqari schyotida hisobga olib boriladi.
Kassa muomalalari bo’yicha aloqador bo’lgan xo’jalik muomalalari quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi:
1. Savdo korxonalarida kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha foizlar naqd pulda olinganda:
Debet 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Debet 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»,
Kredit 4830-«Olinadigan foizlar»
2. Mahsulot, ish va xizmatlar naqd pulga sotilganda:
Debet 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Debet 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»,
Kredit 9030-«Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar»
3. Asosiy vositalar va boshqa aktivlar naqd pulga sotilganda
Debet 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Debet 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»,
Kredit 9210-«Asosiy vositalarni chiqib ketishi»
Kredit 9220-«Boshqa aktivlarni chiqib ketishi»
4. Bankdagi tegishli schyotlardan chek bilan kassaga pul olinganda
Debet 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Debet 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»,
Kredit 5510-«Akkreditivlar»
Kredit 5520-«Chek daftarchalari»
Kredit 5530-«Boshqa maxsus schyotlar»
5. Ta’sischilarning ulushlari hisobidan korxonaning ustav kapitaliga naqd pul olinganda
Debet 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»
Debet 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»,
Kredit 4610-«Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi»
6. Ijara haqi kassaga olinganda
Debet 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Debet 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»,
Kredit 4890-«Boshqa debitorlar qarzlari»
7. Komunal, aloqa va boshqa hizmatlar uchun to’lovlar kelib tushganda
Debet 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»
Debet 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»,
Kredit 4890-«Boshqa debitorlar qarzlari»
8. Ishchilarga uy-joy qurishga qarz berish uchun bankdan naqd pulda kredit olindi
Debet 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Debet 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»,
Kredit 6810-«Qisqa muddatli bank kreditlari»
Kredit 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari»
9. Kassadagi limitdan ortiqcha pullar bankdagi hisob-kitob schetiga topshirildi
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»
Debet 5530-«Boshqa maxsus schyotlar»
Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»
10. Aktsiyadorlarning aktsiyalari sotib olindi:
Debet 8610-«Sotib olingan xususiy aktsiyalar-oddiy»
Debet 8620-«Sotib olingan xususiy aktsiyalar-imtiyozli»
Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»
11. Qimmatli qog’ozlarni sotib olishdagi xarajatlar to’landi (brokerlar va maslahatchilarning xizmatlari):
Debet 0610-«Qimmatli qog’ozlar»,
Debet 5810-«Qimmatli qog’ozlar»
Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»
12. Kassadan mehnat haqi, mukofot va shu kabi boshqa to’lovlar berildi
Debet 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar»
Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»
Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»
13. Har-xil maqsadlar uchun hisobdorlik bo’naklari berildi
Debet 4210-«Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar»,
Debet 4220-«Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar»,
Debet 4230-«Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar»,
Debet 4290-«Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar»,
Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»
14. Xodimlarga qarz berildi:
Debet 4720-«Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi»
Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»
15. Xodimlarga bajarish varaqalari bo’yicha turli xil summalar berildi:
Debet 6990-«Boshqa majburiyatlar»
Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»
16. Korxona bo’linmalariga tegishli bo’lgan mablag’lar naqd berildi:
Debet 4110-«Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar»
Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»
17. Tabiiy ofatlar bilan bog’liq bo’lgan turli xil xarajatlar to’landi:
Debet 9720-«Favquloddagi zararlar»
Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»
18. Inventarizatsiya natijasida kassada aniqlangan pul mablag’larining kamomadi kassir hisobiga olib borildi
Debet 4730-«Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi»
Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»
Kredit 5610-“Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha)”
19. Hisoblangan foizlar bo’yicha qarzlar qoplandi
Debet 6920-«Hisoblangan foizlar»
Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»
20. Ijara to’lovi naqd pul bilan to’landi
Debet 6910-«To’lanadigan operativ ijara»
Debet 6950-«Uzoq muddatli majburiyatlar-joriy qismi»
Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari»
Agar korxonada hisobchilikning jurnal order shaklidan foydalanilayotgan bo’lsa, kassa operatsiyalarining sintetik hisobi, 1-jurnal orderda (2.8-jadval) va 1-qaydnomada (2.9-jadval) olib boriladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling