15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Download 0.65 Mb.
bet72/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

1-jadval
Bank ko’chirmasi

Sana

Hujjat
raqami

Bankning o’zaro


bog’lanuvchi
hisob-varag’i

Muomala
kodi


Bank
belgisi


Korxona hisob-


kitob schyoti

Debet

Kredit

Qodiq

O’zaro bog’lanuvchi schyotlar

12.01

321

00000002


12

8







42534-00




























Oborotlar
















5110-«Hisob-kitob schyoti» schyotiga yozuvlar tekshirilgan bank ko’chirmalariga binoan «Bank operatsiyalarini aks ettirish jadvali» da amalga oshiriladi (2.2-jadval).



2-jadval
«Bank operatsiyalarini aks ettirish jadvali»

T/r

Hujjat

Xo’jalik muomalasining mazmuni


Schyotlar aloqasi


Summa

sana

raqam

debet

kredit



1

42

33

Mol yetkazib beruvchilarga
o’tkazib berildi

6010

5110

300000





























Hisob-kitob schyoti bo’yicha hisobot oyida sodir bo’lgan barcha xo’jalik operatsiyalari “Bank operatsiyalarini aks ettirish jadvali”ga xronologik ketma-ketlikda yozib chiqiladi va tegishli buxgalteriya o’tkazmalari tuziladi. Oyning oxirida “Bank operatsiyalarini aks ettirish jadvali”ning jami hisoblanadi va bir xil iqtisodiy mazmunga ega bo’lgan xo’jalik operatsiyalari umumlashtiriladi. Buning uchun guruhlovchi qaydnoma tuziladi. Guruhlovchi qaydnoma 5110-«Hisob-kitob schyoti» operatsiyalarini tegishli hisob registriga yozishga asos bo’ladi.



Hisob-kitob schyoti bilan aloqador bo’lgan xo’jalik muomalalari quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi:
1. Ijaraga berilgan asosiy vositalar uchun ijarachidan ijara to’lovlari hisob-kitob schyotiga kelib tushganda:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»,
Kredit 4810-«Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar-joriy qism»,
Kredit 4820-«Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar»,.
2. Alohidalangan bo’limlardan pullar hisob-kitob schyotiga kelib tushganda:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»,
Kredit 4110-«Alohidalangan bo’linmalardan olinadigan schyotlar»,
3. Kassadagi o’rnatilgan limitdan ortiqcha pul mablag’lari hisob-kitob schyotiga topshirilganda:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»,
Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»
4. Chet el valyutasini sotib olish uchun pul mablag’lari o’tkazilganda:
Debet 5530-«Boshqa maxsus schyotlar»,
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»
5. Qaytarilgan chek va akkreditivlar bo’yicha summalar hisob-kitob schyotiga o’tkazilganda:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»,
Kredet 5500-«Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar»
6. Qisqa muddatli investitsiya tartibida berilgan qarzlar qaytarilganda:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»,
Kredit 5830-«Qisqa muddatli berilgan qarzlar»
7. Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan bo’naklar qaytarilganda:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»,
Kredit 4300-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan bo’naklar hisobga olinadigan schyotlar»
8. Qondirilgan da’volar summasi hisob-kitob schyotiga kelib tushganda:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»,
Kredit 4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar»
9. Xaridorlardan oldindan to’lov uchun bo’nak olinganda:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»,
Kredit 6300-«Olingan bo’naklar hisobga oluvchi schyotlar»
10. Aktsiyaga obuna bo’lgan ta’sischilardan ulush summasi hisob-kitob schyotiga kelib tushganda:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»,
Kredit 4610-«Ustav kapitaliga qo’yilmalar bo’yicha ta’sischilarni qarz»
11. Nominal qiymatdan yuqori bahoda sotilgan aktsiyalardan emission daromad hisob-kitob schyotiga kelib tushganda:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»,
Kredit 8410-«Emission daromad»
12. Mehnat haqi, nafaqa, mukofot va boshqa maqsadlar uchun chek bilan kassaga hisob-kitob schyotidan pul olinganda:
Debet 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»,
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»
13. Naqdsiz hisoblashuvlar tartibida xususiy aktsiyalar sotib olinganda:
Debet 8610-«Sotib olingan oddiy aktsiyalar»,
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»
14. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga bo’lgan majburiyatlar hisob-kitob schyotidan o’tkazib berilganda:
Debet 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarning to’lanadigan schyotlari»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»
15. Mahsulot yetkazib beruvchi va pudratchilarga hisob-kitob schyotidan bo’nak berilganda:
Debet 4300-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan bo’naklar schyoti»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»
16. Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar hisob-kitob schyotidan qaytarilganda:
Debet 6300-«Olingan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar»
Debet 7310-«Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’naklar»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»
17. Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar hisob-kitob schyotidan o’tkazib berilganda:
Debet 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (alohida turlari bo’yicha)»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»
18. Sug’urta va maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha bo’lgan qarzlar hisob-kitob schyotidan o’tkazib berilganda:
Debet 6500-«Sug’urta qarzlari va davlat maqsadli to’lovlari hisobga olinadigan schyotlar»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»
19. Ta’sischilarga tegishli bo’lgan dividendlar hisob-kitob schyotidan o’tkazib berilganda
Debet 6610-«To’lovlar uchun dividendlar»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»
20. Sho’ba korxonalarga bo’lgan qarzdorlik hisob-kitob schyotidan o’tkazib berilganda:
Debet 6100-«Alohidalangan bo’linmalar va mustaqil xo’jalik bo’linmalari to’lovlarini hisobga oluvchi schyotlar»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»
21. Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlar hisob-kitob schyotidan qaytarib berilganda:
Debet 6800-«Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar hisobga olinadigan schyotlar»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»
22. Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlarning joriy qismi hisob-kitob schyotidan o’tkazib berilganda:
Debet 6950-«Uzoq muddatli majburiyatlar joriy qismi»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»
23. Hisoblangan foizlar bo’yicha qarzlarning o’tkazib berilishi:
Debet 6920-«Hisoblangan foizlar»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»
24. Ijara to’lovlari ijara beruvchiga hisob-kitob schyotidan o’tkazib berilganda:
Debet 6910-«To’lanadigan operativ ijara»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»
Hisob yuritishning jurnal-order shaklidan foydalanadigan korxonalarda hisob-kitob schyoti muomalalari 2-jurnal-orderda (2.3-jadval) va 2-qaydnomada (2.4-jadval) olib boriladi. Yozuvlar tekshirilgan va ishlov berilgan ko’chirmalar va ularga ilova qilingan hujjatlar asosida xronologik ketma-ketlikda amalga oshiriladi.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling