15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja
-jadval Lizing va ijara, ular o’rtasidagi farqlar
Download 0.65 Mb.
|
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baholash ko’rsatkichlari Munosabat turlari
- 1-rasm. Lizing sub’ektlari.
1-jadval
Lizing va ijara, ular o’rtasidagi farqlar
SHunday qilib, prokat ijara munosabatlarining eng oddiy turi bo’lib, bu ijaraga asosan maishiy xizmat ko’rsatish bilan bog’liq tovarlar (nikoh liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi. Bu ijara turning xususiyati shundaki, aksariyat hollarda muddati belgilanmaydi yoki ijara o’ta qisqa muddatli bo’ladi yoki iste’molchi undan xohlagancha foydalanishi mumkin. Lizing operatsiyalarining elementlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: – lizing ob’ekti; – lizing sub’ektlari; – lizing shartnomasining muddati; – lizing to’lovlari; – lizing bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlar. Lizing mohiyatini ochishda uning tarkibiy qismlari bo’lmish lizing ob’ekti va sub’ektlariga ham aniqlik kiritib o’tishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi lizing sub’ektlaridir. 1-rasm. Lizing sub’ektlari. Bunda: Lizing beruvchi – li zing shartnomasi bo’yicha lizing ob’ektini keyinchalik lizing oluvchiga berish maqsadida mulk qilib sotib oladigan bank yoki lizing kompaniyasi yoxud ularning shu’ba kompaniyalari (qonunchilik hujjatlari bo’yicha lizing beruvchi bo’lib nafaqat lizing kompaniyalari yoki banklar, balki har qanday yuridik va jismoniy shaxs ham lizing beruvchi bo’lib maydonga chiqishi mumkin). Lizing oluvchi – lizing shartnomasi bo’yicha lizing ob’ektiga vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun oladigan yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxslar. Sotuvchi – lizing beruvchiga lizing ob’ektini sotuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar. Lizing ob’ekti – iste’mol qilinmaydigan va qonunchilik bilan ta’qiqlanmagan tadbirkorlik faoliyatida qo’llaniladigan har qanday buyumlar, barcha mulk majmualari, shu jumladan, korxona, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko’char va ko’chmas mulk bo’lishi mumkin. Muomaladan olingan yoki muomala doirasi chegalangan yer uchastkalari va boshqa tabiat ob’ektlari bo’lishi mumkin emas. Mazkur ta’rifda lizing beruvchining lizing ob’ektini oluvchiga vaqtinchalik foydalanishga to’lash sharti yoki foyda olish maqsadida berishining belgilanishi lizingning tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liqlik jihatiga ham e’tibor qaratilgan yoki boshqacha qilib aytganda, lizing bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillaridan biri bo’lgan foyda olish istagining mahsuli sifatida qaralgan. SHu bilan birga, ushbu ta’rifda lizing ob’ektining lizing shartnomasi yakunlangandan so’ng, kimning mulkiy tasarrufiga o’tishi yoki lizing oluvchi mulkni o’ziga sotib olishi mumkinligi ko’rsatilmagan. Ushbu mezon lizing, ya’ni moliyaviy ijaraning muhim atributlaridan biri ekanligi bois, bizning fikrimizcha, bu mazkur ta’rifning sezilarli kamchiligidir. O’zbekiston Respublikasining lizing to’g’risidagi qonunida lizing shartnomasi hech bo’lmaganda quyidagi shartlardan biriga javob berishi lozimligi aks etgan: * lizing shartnomasining muddati tugashi bilan lizing ob’ekti lizing oluvchining mulkiga o’tadi; * lizing shartnomasi muddati lizing ob’ekti xizmat muddatining sakson foizidan oshadi yoki lizing ob’ektining qoldiq qiymati lizing shartnomasi tugaganida uning boshlang’ich qiymatining kamida yigirma foizini tashkil etadi; * lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing ob’ektini uning bozor qiymatidan past narxda evazini to’lab sotib olish huquqiga ega bo’ladi, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing ob’ekti qiymati asos bo’ladi; * lizing shartnomasi davrida uchun lizing to’lovlarining umumiy summasi lizing ob’ekti qiymatining to’qson foizidan oshadi22. SHu tariqa, agar, misol uchun, taraflar shartnomada ob’ektga mulk huquqi lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchiga o’tishini belgilagan bo’lsalar, - birinchi tasniflash alomatiga rioya qilinadi va bunday bitim lizing bitimi sifatida qaraladi. Tegishincha, qolgan to’rt alomatga rioya qilishga zarurat yo’q – ulardan istalgan biri kifoyadir. Biroq, yuqorida ko’rsatilgan alomatlardan birortasiga javob bermaydigan bitim lizing hisoblanmaydi. Barcha mamlakatlarning amaliyotda keng tarqalgan lizing turlari bu moliyaviy va joriy ijara turlaridir. Moliyaviy ijara – bu lizing, oddiy, ya’ni moliyaviy bo’lmagan ijara esa joriy lizing deyiladi. Bugungi kunda ham amaliyotda lizing bitimlari yo lizing (moliyaviy ijara) yoki joriy lizing (oddiy ijara) shakli tuzilmoqda. SHu sababli lizingdan joriy lizingni farqini ajratish amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. SHu sababli, ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda lizingning bu turlarini farqlash bo’yicha o’z ichki qonunchilik hujjatlariga tegishli me’yorlar kiritilgan va shu me’yorlar bo’yicha lizing shartnomalari moliyaviy yoki joriy lizing sifatida tasniflanadi. Lizingning asosiy funktsiyalarini quyidagi rasmda ko’rishimiz mumkin. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling