15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja
Download 0.65 Mb.
|
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo’ldagi pul mablag’lari va o’tkazmalarini hisobi.
Pul ekvivalentlarini hisobi.
Korxona kassasida milliy va xorijiy naqd pul (valyuta)lar bilan birga pochta markalari, obligatsiyalar, chek kitobchalari, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar (pul ekvivalentlari) ham saqlanadi. Ularning saqlanishi va harakatinig sintetik hisobi nominal qiymatlarda balansga nisbatan aktiv bo’lgan 5610-«Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha)», nomli schyotda ularning alohida turlari (pochta markalari, obligatsiyalar) bo’yicha olib boriladi. Pul ekvivalentlari harakati bo’yicha sodir bo’ladigan xo’jalik muomalalari quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi: 1. Xarid qilingan pul ekvivalentlarining puli korxona kassasidan to’langanda yoki hisob-kitob schyotidan o’tkazib berilganda: Debet 5610-«Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha», Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari» Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti» 2. Hisobdorlik bo’naklari hisobidan pul ekvivalentlari xarid qilinganda: Debet 5610-«Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha)» Kredit 4210-«Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar» Kredit 4220-«Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar» Kredit 4230-«Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar» Kredit 4290-«Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar» 3. Turli shaxslardan pul ekvivalentlari sotib olinganda: Debet 5610-«Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha)» Kredit 6990-«Boshqa majburiyatlar» 4. Turli shaxslardan xarid qilingan pul ekvivalentlarining qiymati to’langanda: Debet 6990-«Boshqa majburiyatlar» Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari» Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti» Yo’ldagi pul mablag’lari va o’tkazmalarini hisobi. Yo’ldagi pul mablag’lariga oyning yoki hisobot davrining oxiriga saqlash joyidan chiqib ketgan, ammo mo’ljallangan joyiga yetib bormagan pul mablag’lari (inkassatorga berilgan sotishdan olingan tushumlar, bankning kechki kassasiga topshirilgan pullar va pochta aloqasi orqali jo’natilgan o’tkazmalari) kiradi. Ularning sintetik hisobi balansga nisbatan aktiv bo’lgani tranzit schyot 5710-«Yo’ldagi pul mablag’ (o’tkazma)lari» schyotida hisobga olinadi va pul mablag’larining harakati ustidan uzluksiz nazoratni o’rnatish vazifasini bajaradi. 5710-«Yo’ldagi pul mablag’ (o’tkazma)lari» schyotining debetida pulni inkassatorlarga, aloqa bo’limiga va bankning kechki kassasiga topshirish, kreditida esa pul mablag’larining pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlarga kirim qilinishi aks ettiriladi. Analitik hisobi ularning turlari bo’yicha yuritiladi. Yo’ldagi pul mablag’lari bo’yicha sodir bo’ladigan xo’jalik muomalalari quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi: 1. Kassadagi naqd pullar bankdagi hisob-kitob schyotiga o’tkazish uchun inkassatorga topshirilganda: Debet 5710-«Yo’ldagi pul mablag’ (o’tkazma)lari» Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari» 2. Xaridorlar bankning kechki kassasiga yoki aloqa bo’limiga qarzlarini o’tkazib berish uchun topshirganda: Debet 5710-«Yo’ldagi pul mablag’ (o’tkazma)lari» Kredit 4110-«Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar». 3. Bankka hali kelib tushmagan o’tkazib berilgan bo’naklar hisobga olinganda: Debet 5710-«Yo’ldagi pul mablag’ (o’tkazma)lari» Kredit 6310-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» Kredit 7310-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» 4. Turli debitorlardan pul o’tkazmalarini olinganda: Debet 5110-“Hisob-kitob schyoti” Kredit 4890-«Boshqa debitorlar qarzlari» 5. Ajratilgan bo’linmalardan pul o’tkazmalarini olinganda: Debet 5710-«Yo’ldagi pul mablag’ (o’tkazma)lari» Kredit 4110-«Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar» 6. Yo’ldagi pul mablag’lari kassaga kirim qilinganda yoki bankdagi hisob-kitob schyotiga kelib tushganda: Debet 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» Debet 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari» Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti» Kredit 5710-«Yo’ldagi pul mablag’ (o’tkazma)lari» Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling