15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja
-jadval. Faktoring va kreditning farqli jihatlari
Download 0.65 Mb.
|
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org
1-jadval.
Faktoring va kreditning farqli jihatlari
Hozirgi vaqtda, xalqaro amaliyotda mijozlarga moliyaviy xizmat ko’rsatishining universal tizimi bo’lib «ochiq» shakldagi faktoring operatsiyasi hisoblanadi. Biz yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, faktoring operatsiyasining bu shaklida mijozga faqatgina ishlab chiqarish va mahsulotlarini o’z muddatida yetkazib berish vazifasi qoladi, qolgan barcha moliyaviy ishlarni faktor firmasi (bank) o’z zimmasiga oladi. Bu omil esa, mijozning faktor-firma (bank) bajarayotgan vazifalarni qayta bajaruvchi shaxsiy shtatni qisqartirishga, balki ulardan umuman voz kechishga imkon yaratadi. Bu imkoniyatdan keladigan iqtisodiy samara faktoring operatsiyasi xarajatlarini ma’lum qismini qoplashi mumkin. Jahon amaliyotida faktoring operatsiyalari bo’yicha chegaraviy summalarni belgilashning uch xil usuli mavjud: 1) Kreditlash limitini ajratish. Faktoring xizmati shartnomasida, agar qarzdorlik summasi belgilangan limitdan oshib ketsa, bank yetkazib beruvchiga barcha qo’shimcha qarz talablarini qaytarib berish huquqiga ega, to’lovchining to’lovga qobiliyatsizligida esa, barcha uning qarzdorlik to’lovlari bankning tovar yetkazib beruvchiga to’lagan summani undirgunga qadar bankka kelib tushadi. 2) Har oylik yuk jo’natish limitini aniqlash. Tovar yetkazib beruvchi mijoz qarzining miqdoridan qat’iy nazar, shubhali qarzlardan sug’urtalanadi. Limit hafta, oy, choraklarda belgilanishi mumkin. 3) Alohida shartnomalar bo’yicha sug’urta. Bu usul bir mijozga bir necha tovar yetkazib berish emas, balki alohida holatlarda, katta summalarda shartnomalar imzolanganda qo’llaniladi. Ma’lum holatlarda esa, bularning kombinatsiyasi ham qo’llanilishi mumkin. Faktoring xizmati to’g’risida bank tovar yetkazib beruvchi bilan shartnoma imzolashdan oldin tovar yetkazib beruvchi bankka to’lovchining nomi va manzili u bilan kelishuv shartlari, barcha qarzdorlik to’lovlari summasi, har bir qarzdorning summasi, u bilan orasidagi munosabat va boshqa turdagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Barcha ma’lumotlarni o’rganib chiqib, bank kelishuv shartlari to’g’risida, qaror qabul qiladi. Faktoring xizmatlari to’g’risidagi kelishuv, odatda, 1-4 yilga tuziladi. Konventsion faktoringda kelishuv xizmatlarni to’liq amalga oshirish, konfidentsial faktoringda esa kelishuv faqat hisob-fakturalar hisobini (diskontirovka) yuritishga tuziladi. Xalqaro bank amaliyotida faktoringning ikki turi bir vaqtning o’zida qo’llanilmoqda; konventsion va konfidentsial faktoring. Konventsion faktoring- bu mijozga moliyaviy xizmatlarning universal tizimini ko’rsatish bo’lib, buxgalteriya hisobi, mol yetkazib beruvchilar va sotib oluvchilar bilan hisoblashish, sug’urtali kreditlash va boshqa moliyaviy xizmatlarni o’z ichiga oladi. Bunda mijozga faqat ishlab chiqarish funktsiyasi qoladi. Konventsion faktoring mijoz korxonaga mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Konventsion faktoringda bank mijozga jo’natilgan tovarlar summasining 80 foizini birdan to’lab beradi, qolgan 20 foizini esa, debitordan pul kelib tushishidan qat’iy nazar, belgilangan muddatda to’lab beradi. Konfidentsial faktoringda ayrim operatsiyalarni amalga oshirish bilan cheklanib qolinadi, ya’ni pul mablag’larini olishga bo’lgan huquqni yon berish, qarz summasini to’lash kabi operatsiyalar. Konfidentsial faktoringda mol yetkazib beruvchi mijozga jo’natilgan tovarlar uchun, sotib oluvchi mijozga to’lov uchun faktoring krediti beriladi. Faktoring kreditini o’z vaqtida va to’liq qaytishi debitorni, ya’ni tovarlarni sotib oluvchining to’lov qobiliyatiga bog’liq. SHu sababli, xorijiy banklar sotib oluvchining to’lovga qobilligini baxolashga alohida e’tibor beradilar. Bunda asosiy e’tibor sotib oluvchining pul oqimini baholashga qaratildi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling