15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


To’lov qaydnomalarini qayd qilish jurnali


Download 0.65 Mb.
bet94/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

To’lov qaydnomalarini qayd qilish jurnali. Korxona buxgalteriyasida ishlatiladigan kitob shaklidagi jurnal bo’lib, xodimlarga berilgan to’lovlar qayd qilingan to’lov qaydnomalarini hisobga olish uchun foydalaniladi. Hisob-to’lov qaydnomasi, ish haqi hisoblash, to’lash va o’rtacha ish haqi miqdorini hisoblash vazifalarini va xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashuvlarni analitik hisobi vazifasini bajaradi.
Xodimlarning buxgalteriyadagi shaxsiy schyotlari. Xodimlarning buxgalteriyadagi shaxsiy schyotida ular haqidagi quyidagi axborotlar keltiriladi:
1. Shaxsiy schyot raqami;
2. Kasbi;
3. Malakasi;
4. Razryadi;
5. Okladi;
6. Ish staji;
7. Ishga kirgan vaqti;
8. Oilaviyligi;
9. Alohida turlari bo’yicha hisoblangan ish haqi;
10. Ish haqidan ushlanmalar, alohida turlari bo’yicha va boshqalar.
Xodimlarning buxgalteriyadagi shaxsiy schyotlariga barcha turdagi hisoblangan ish haqlari va ish haqidan ushlanmalar ularni asoslovchi dastlabki hujjatlardan (bajarilgan ishlar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, ushlangan soliqlar va ish haqi berish uchun asos bo’ladigan boshqa hujjatlar) olib yoziladi. Xodimlarning buxgalteriyadagi shaxsiy schyotlariga asosan hisob-to’lov qaydnomasi to’ldiriladi.
Xodimga mehnat ta’tili berish haqidagi hisob. Bu hujjat xodimga har yili beriladigan mehnat me’yori yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ta’tillar (homiladorlik, bola tug’ish, bolasini bir yarim yoshgacha boqish va boshqa ta’tillar) uchun beriladigan ish haqini va boshqa to’lovlarni hisoblash uchun belgilangan.
Mehnat shartnomasining harakati to’xta’tilganda tuziladigan hisob. Mehnat shartnomasi harakati to’xta’tilganda xodimlarga hisoblanadigan ish haqi va boshqa to’lovlarni hisoblash va hisobga olish uchun foydalaniladi. Xodimlar bo’limi tomonidan tuzilib xodimga tegishli ish haqi buxgalteriya xodimi tomonidan hisoblanadi.
Bankdan ish haqi va ish haqi yuzasidan bo’nak olish uchun «Buyurtma» beriladi. Buyurtmada olinadigan mablag’ning miqdori, qachon olinishi va qanday maqsadga olinayotganligi aniq yozilishi kerak. Bankdagi hisob-kitob schyotidan pul mablag’lari pul cheklari bilan olinadi. Ish haqidan ushlab qolingan daromad solig’i, sud ijro hujjatlari bilan ushlab qolinadigan summalar, pensiya fondi uchun ushlanmalar, 0.1foiz jamg’arib boriladigan pensiya fondi uchun ushlanma, ijtimoiy va majburiy tibbiy sug’urta uchun o’tkazmalar to’lov topshiriqnomalari bilan o’tkazib beriladi.
Buhgalteriya hisobini kompyuterlashtirish sharoitida ish haqi hisoblash bilan bog’liq bo’lgan barcha dastlabki hujjatlarga xodimlar haqidagi axborotlar doimiy fayl sifatida kiritib qo’yiladi. Ish haqi hisoblanganligi haqida har bir xodim bo’yicha qompg’yuterdan olinadigan tabulyagramma shaklidagi ma’lumotlar xodimning buxgalteriyadagi shaxsiy schyotiga tirkab qo’yiladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling